Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahliliy-sintetik o‘rganish tamoyili.
Komplekslik tamoyili. Bunda turli usullar kompleksini qo‘llash yoki
alohida jarayonlar va holatlar o‘rtasidagi aloqadorlikni aniqlash imkoniyatini beruvchi turli sharoitlarda tajribaviy ko‘rsatkichlarni takrorlash tushuniladi. Dinamiklik tamoyili. Har qanday psixik voqea-hodisa uning nafaqat ayni paytdagi holati, xususiyatlari bo‘yicha, balki uning istiqboldagi rivojlanishini ham nazarda tutgan holda, ob’ektiv rivojlanish jarayonida o‘rganilishi kerak. Tahliliy-sintetik o‘rganish tamoyili. Ushbu tamoyil shunday o‘ziga xos bir uslubiy yondoshuvni talab qiladiki, unda bir tomondan psixikaning alohida unsurlari ajratib 37 ko‘rsatilsa, ikkinchi tomondan esa sportchi shaxsining yoki muayyan psixik xolatning yaxlit tavsifi beriladi. Diagnostikaning yuqorida tilga olingan barcha tamoyillari uslublarni tanlashga va diagnostikani tashkil etishga nisbatan o‘zining aniq talablariga egadir. Tanlangan uslublar validligi, ishonchliligiga ega bo‘lishi kerak, hamda prognostik qiymati va differensiyalovchi kuchi bilan ajralib turmog‘i lozim. Validlik – bir tomondan psixologik tajriba natijalarining, ikkinchi tomondan esa sinovga jalb etilgan sportchi shaxsining xatti-harakatlari va faoliyati turlari, shakllari o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatadi. U psixologik tajribaning qanchalar haqqoniy ekanligini o‘zida ifodalaydi. Ishonchlilik – o‘rganilayotgan guruh ichida sinovga jalb etilgan sportchi shaxsining doimiy joyini (uning tabaqasini) belgilab beradi. Testning ishonchliligini sinovga jalb etilgan sportchi shaxsining ikkita ko‘rsatkichini, juft va toq topshiriqlarni qiyoslash orqali aniqlash yoki ikkita tajribani, yo bo‘lmasa bir necha tajriba variantlarini o‘zaro qiyoslash orqali aniqlash mumkin. Bunda 0.8 – 0.9 tartibidagi korrelyatsiya koeffitsientlari testning ishonchli ekanligini tasdiqlaydi. Testning prognostik qiymati muvaffaqiyatga erishish darajasini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatlarini ifodalaydi. Prognostik baholar kishilarni bir-biriga taqqoslash, masalan, muayyan bir sport turi bo‘yicha “ideal” sportchini maxsus sinovlar ma’lumotlariga nisbatan taqqoslash orqali ham olinishi mumkin. Prognostik baholarni sinovga jalb etilgan sportchi shaxsining xususiy jihatlaridan yaxshi xabardor bo‘lgan kishidan so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan ham olish mumkin. Agar yuqori malakali basketbolchi – mergan, ko‘zo‘lchov testlar jarayonida o‘ta aniq mo‘ljalga olish natijasini ko‘rsatsa, bu ham qo‘llanilayotgan testning prognostik qiymati haqida fikr bildirish imkoniyatini beradi. Umuman olganda psixodiagnostikaning vazifasi sportchining imkoniyatlarini aniqlashdan iboratdir. a) Sport bilan shug‘ullanish chog‘ida (sportdagi tanlash muammosi); b) muayyan tayyorgarlik mashqlari siklida yoki alohida mashg‘ulotlarda; v) musobaqalarda yoki muayyan musobaqada. Sportdagi tanlash muammosi – o‘ta dolzarb va ayni paytda ilmiy bilish o‘ta qiyin bo‘lgan muammodir. Ushbu muammo asosan sport murabbiylarining ko‘p yillik tajribasi evaziga hal etiladi. 38 Sportdagi tanlash bo‘yicha psixodiagnostikaga oid tadqiqotlar hozircha juda kam. Mashg‘ulot jarayonida sportchining imkoniyatlarini aniqlash psixodiagnostikaning eng muhim qismidir. Sportchilar organiz- mi dosh berayotgan yuklamalarning psixologik ko‘rsatkichlari, unga moslashuvchanligi darajalari tadqiq etishga molikdir. Buning uchun musobaqalarda organizm tomonidan olinadigan yuklamalar ta’siri ostida yuz beradigan bioximik o‘zgarishlar va ularning psixofiziologik hamda psixologik ko‘rinishlari orasidagi aniq aloqalarni aniqlashga bioximik ko‘rsatkichlardan foydalanish kengayib bormoqda. Musobaqalarda sportchilarning imkoniyatlarini aniqlash va belgilab olish. Bu ham psixodiagnostikaning eng zaruriy bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Sportchining start oldidagi psixik holatiga asoslangan holda musobaqadan oldingi prognozlarga ayrim o‘zgartirishlar kiritiladi. Musobaqalardan oldingi diagnostika birinchi navbatda boshqaruv vositalarini yoki startoldi emotsional holatlarini o‘z-o‘zini tartibga solish vositalarini zamonaviy tarzda qo‘llay bilish uchun zarurdir. Psixodiagnostika maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi uchun u albatta sport murabbiyiga va sportchiga bag‘ishlangan ayrim sport turlari bo‘yicha yoki musobaqalar jarayonida qo‘llanish uchun tavsiya etilgan psixologik- pedagogik tavsiyalarga muvofiq kelishi kerak. Sportchining holati va xatti-harakatlarni boshqarish quyidagi tarzda namoyon bo‘ladi: 1. Muayyan motivlarni tanlashda (sportchini izchil ravishda o‘tkaziladigan sport mashg‘ulotlariga ko‘niktira bilish.). 2. Muloqotning o‘ziga hosligida (tayyorgarlik mashg‘ulotlari va musobaqalar chog‘ida yuz beradigan turli vaziyatlarda sportchiga nimani va qanday aytishni bilish). 3. Musobaqalar oldidan va bevosita start oldidan sportchi o‘zini hayajonini qo‘lga ushlay olishida. 4. Startoldi holatlarida sportchining o‘z holatini boshqarish va o‘z- o‘zini tartibga solishiga yo‘naltirilgan hamda mashg‘ulotlar yoki musobaqalardagi kuchli zo‘riqishlardan so‘ng o‘zini qayta tiklab olishga yo‘naltirilgan maxsus psixologik tadbirlardan foydalana bilishda. Mazkur sportchilarning holati va xatti-harakatlarni aniqlashda quyidagi metodlar muhim sanaladi: Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling