Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

Kuzatish metodi. Sportchining har kungi mashg‘ulot, musobaqa va 
musobaqadan so‘nggi holatini kuzatish, tahlil qilishdan iborat jarayondir. 


39 
Sportchining psixologik o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar 
amalga oshiriladi: 
a) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 
b) kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; 
v) sinaluvchining yoshi, jinsi haqida ma’lumotlar to‘planadi; 
g) tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi; 
d) kuzatish qancha davom etishi belgilanadi; 
ye) kuzatish sportchining qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat, 
sportda), amalga oshirilishi tavsiya etiladi; 
yo) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa) tayinlanadi; 
j) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik suhbat 
daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon va boshqalar) taxt 
qilinadi. 
Sportchini kuzatish orqali undagi emotsional o‘zgarishlarni aniqlashdan 
tashqari, sportchining musobaqadagi xavfli vaziyatlarda aql-zakovatining 
ichki mexanizmlari vujudga kelishi va kechishi yuzasidan ma’lumotlar 
olindi. Natijada sportchining musobaqaga jismoniy va psixologik 
tayyorgarlik holati qay tarzda, qay tezlikda, qay shaklda ro‘y berishi 
kuzatiladi. Tajribalarimizning ko‘rsatishicha, kuzatish yordamida sport 
bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchining chaqqonligi, chidamliligi
tashabbuskorligi, sport musobaqasi jarayonida fikrning bir ob’ektga 
yo‘naltirilganligi, tashqi ta’sirga berilmasligi, yuz alomatlaridagi tashvish 
va iztirob, o‘z-o‘zicha ichki nutqning paydo bo‘lishi, o‘z raqibiga 
tomoshabin va hakamlarga sinchkovlik bilan qarashi, g‘azab va xursandlik 
kabi ruhiy kechinmalarni kuzatish orqali ilmiy-uslubiy ma’lumotlarni 
to‘plash mumkin.
Eksperiment metodi. Sportchilarni mashg‘ulotlar jarayonlarida maxsus 
texnika va texnologiyalarni qo‘llash orqali biror-bir natijaga erishish bo‘lib, 
sportchining jismoniy sifatlari, texnika va taktikasi, psixologik tayyorlash 
va rivojlantirishda Sun’iy hosil qilingan sharoitda namoyon
bo‘luvchi faoliyatni tahlil qilishdan iboratdir.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling