Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biografik (tarjimai hol) metodi
Anketa metodi. Sportchilar psixikasini ommaviy so‘roq asosida
o‘rganish demakdir. Bu metod yordamida turli sport sohadagi va yoshdagi sportchilarning psixologik xususiyatlari, munosabatlari o‘rganiladi. Suhbat metodi. Sportchilar va murabbiylar o‘rtasida hamkorlikning bir ko‘rinishi bo‘lib, jamoada suhbat, individual suhbatga asoslanadi. 40 Test metodi. Test – inglizcha, «tekshirish» degan ma’noni anglatadi, Sportchi shaxsiga, aqliy o‘sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa standart masala, misol yoki jumboqlar test deb ataladi. Testlar mazmunan ikki turga bo‘lib o‘rganiladi, jumladan: 1. Bilim doirasini aniqlashga qaratilgan test (fanlar kesimida o‘zlashtirganlik darajalarini aniqlash maqsadida). 2. Psixologik testlar (intelekt) bo‘lib ikki turga bo‘linadi: Verbal testlar (so‘zlar, ma’nolar) Noverbal testlar (shakllar) Psixologik testlar orqali sportchilarning temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor kabi individual psixologik xususiyatlari, sezgi, idrok, xotira, tafakkur, diqqat, xayol kabi bilish jarayonlari, his-hayajon, stress, depressiya, effekt kabi psixik holatlar o‘rganiladi va psixokorreksiya ishlari amalga oshiriladi. Jumladan, quyidagi psixologik testlarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz: Biografik (tarjimai hol) metodi. Sportchi psixikasi tadqiq qilish uchun o‘zining faoliyati, natijalari to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma ma’lumotlar biografik metod orqali o‘rganiladi. Sotsiometriya metodi. Bu metod kichik guruh a’zolari o‘rtasida bevosita emotsional munosabatlarni o‘rganish va ularning darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi. Ushbu usul juda tez fursatlarda va texnik jihatdan juda oddiy tarzda guruhlarning ichki tarkibiga kirib borish va ulardagi sportchi shaxsilararo muloqotlarning asosiy xususiyatlariga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari, sotsiometriya sportchi shaxsini muayyan guruhning bir qismi, ya’ni elementi sifatida o‘rganishga ham xizmat qiladi. Sotsiometriya usuli jamoa so‘rov shakllardan biridir. Uning o‘ziga hos jihati shundaki, sport jamoasi boshqa a’zolarining xatti-harakatlariga sub’ektiv baho berish yoki ularni qandaydir bir faoliyati uchun tanlab olish yordamida jamoa a’zolari har birining alohida sportchining shaxsiy qiyofasi, shuningdek, jamoaning umumiy qiyofasi keltirib chiqariladi. Sport amaliyotida sotsiometriya usulining asosan ikkita varianti keng tarqalgandir: 1) Baholash usuli. Bunda har bir sportchi o‘z jamoasining boshqa barcha a’zolarini ro‘yxatdagi ayrim standart sifatlariga ko‘ra baholaydi yoki tavsiflaydi. Masalan, xokkeychilar jamoasida quyidagi sifatlarga baho berilishi mumkin: kuchli yakkama-yakka kurashda g‘olib chiqish 41 qobiliyati; to‘pni uzatishdagi aniqlik; kam miqdordagi o‘yinchilar bilan samarali o‘yin ko‘rsatish qobiliyati va hokazolar. 2) Tanlash usuli. Bunda har bir sportchi o‘z jamoasi a’zolari ichidan u yoki bu faoliyatni birga bajarish uchun, o‘zining sub’ektiv xohishiga asosan bir necha kishilarni ajratib oladi. Masalan, alpinistlar guruhini tashkil etish jarayonida quyidagi savollar berilishi mumkin: “Siz yo‘nalishda birinchi bo‘lib yurishga kimni qo‘yar edingiz?”, “O‘zingizning ehtiyot choralaringiz uchun kimni tanlaysiz?”, “Qutqaruvchi guruh tarkibida kimlarni ko‘rishni xohlar edingiz?”. Yuqorida qayd etilgan har ikki variant ham guruhda hukmron bo‘lgan norasmiy tarkibni hamda undagi psixologik muhitni tadqiq etish, ya’ni: jamoaning uyushganlik darajasini aniqlash, undagi kichik guruhlarni ajratish, har bir jamoa a’zosining obro‘ darajasini baholash, jamoa muhitiga g‘ayirlik, janjal va dushmanlik ruhini olib kiruvchi sportchilarni aniqlash imkonini beradi. Kichik guruh tarkibini sotsiometriya natijalari bo‘yicha tavsiflash uchun jadvallar nazariyasining matematik usullari qo‘llaniladi. Bunda jamoadagi munosabatlarning mazmuni jadval tarzida ifodalanadi, unda sportchilar ushbu jadvalning cho‘qqilari, ular o‘rtasidagi munosabatlar esa yon qovurg‘alar ko‘rinishida ifodalanadi. Barcha qovurg‘alari ko‘rsatkich chiziqlardan iborat bo‘lgan, ya’ni unga xos munosabatlarni ko‘rsatib turuvchi jadval (masalan A sportchining B sportchiga nisbatan munosabatini) “yo‘naltirilgan jadval” deb ataladi. Ko‘pgina hollarda munosabatlarning nafaqat yo‘nalishi, balki mazmuni ham ko‘rsatiladi (masalan, ijobiy yoki salbiy). Bunday hollarda jadvaldagi qovurg‘alarga“+” yoki “-” belgilari qo‘yiladi. Bunday jadvallar “belgili jadvallar” deb ataladi. Bu esa sport jamoasining tarkibini yo‘naltirilgan belgili jadval yordamida ochiq-oydin ifodalash mumkinligini anglatadi. Sportchilarni psixologik tayyorlashda psixologik tashxis metodikalarni ahamiyati muhim bo‘lib sportchi shaxsini mantiqiy fikrlash jarayonini, o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarishga bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga to‘rtki bo‘ladi. Biz shu o‘rinda sportchilarni psixologik-pedagogik tashxis metodikalaridan namunalar keltirmoqchimiz: Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling