Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
So‘rovnoma 1. Men mashhur sportchi bo‘lishni xohlayman. 2. Dadam (onam, akam, ukam, opam) shu sport turi bilan shug‘ullangani uchun men ham shu seksiyaga keldim. 3. Sportchilar bilan muloqotda bo‘lish menga yoqqani uchun men sport bilan shug‘ullanaman. 4. Men ko‘p harakat qilishni yoqtiraman, shuning uchun seksiyaga keldim. 5. Mening maqsadim – qaddi-qomatim chiroyli bo‘lishi. 6. O‘z maktabim (shahar, davlat) sha’nini himoya qilish uchun musobaqalarda ishtirok etishni xohlar edim. 7. Men hayotga (harbiy xizmat) tayyor bo‘lish uchun sport bilan shug‘ullanaman. 8. Men kelajakda sportchi sifatida munosib ish haqqi olish uchun seksiyaga keldim. 9. Sport bilan shug‘ullanish – bugungi kunda keng tarqalgan. 10. Kelajakda yaxshi yashash imkoniyati bo‘lgan uchun sport bilan shug‘ullanaman. 11. Sport jamoasining a’zosi bo‘lish menga yoqqani uchun seksiyada shug‘ullanaman. 12. Men qat’iyatli va tirishqoq bo‘lishni xohlayman. 50 13. Mening rasmim g‘olib sifatida sport maktabida hurmat taxtasida bo‘lishini xohlayman. 14. Musobaqalarda g‘oliblik uchun sovg‘a va sovrinlar olish yoqadi. 15. Mening eng yaxshi do‘stim ham shu seksiyaga qatnaydi. 16. Mening maqsadim — kuchliroq, bardoshliroq bo‘lish. 17. Men barcha ishda peshqadam bo‘lishni hohlayman va shuning uchun sport bilan shug‘ullanaman. 18. Sport bilan shug‘ullanishimni ota-onam juda ham xohlaydilar. 19. Musobaqalarda ishtirok va g‘alaba uchun mukofot olganim uchun sport bilan shug‘ullanaman. 20. Do‘stlarim va muxlislarim ko‘p bo‘lishni xohlaganim uchun sport bilan shug‘ullanishga qaror qildim. 21. Mening maqsadim — iroda kuchimni mustahkamlash. 22. Mashhur sportchi bo‘lib yaxshi daromadga ega bo‘lish mening orzuim. 23. Sport seksiyalarida birga shug‘ullanadigan do‘stlarim bilan muloqotda bo‘lishni yoqtirganim uchun mashg‘ulotlarni qoldirmayman. 24. Sog‘lom bo‘lib vatanimga xizmat qilish uchun sport bilan shug‘ullanaman. 25. Sport bilan shug‘ullanishimni ota-onam doimo qo‘llab-quvvatlaydilar. 26. Men sport bilan shug‘ullanaman, chunki maktabdan keyin institutga o‘qishga kirishimga еngillik bo‘lishi uchun. 27. Jamoamiz ahil bo‘lgani uchun sport bilan chin dildan shug‘ullanaman. 28. Qiyinchiliklarni bardosh bilan еngish uchun sport bilan shug‘ullanaman. 29. Meni va fikrlarimni hurmat qilishlarini xohlayman va shuning uchun sport bilan shug‘ullanaman. 30. Sport bilan shug‘ullanganim uchun ota-onam meni rag‘batlantiradilar (sovg‘alar beradilar). 31. Qo‘rquvlarimni еngish uchun sport bilan shug‘ullanaman. 32. Bo‘sh vaqtlarimda ham sport seksiyadagi do‘stlarim bilan doim muloqotda bo‘lishni yoqtiraman. 33. Nimaga qodir ekanligimni ko‘rsatish uchun ham sport bilan shug‘ullanaman. 34. Tengdoshlarim bilan muloqotda men ularni hayratda qoldirishga harakat qilaman (o‘z kuchim, chaqqonligim, epchilligim va h.k.). 34. Ota-onam sport insonni hayotga tayyorlaydi, chiniqtiradi deb ko‘p uqtiradilar, shuning uchun sport bilan shug‘ullanaman. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling