51
Natijalarni qayta ishlash
Kalit bilan mos keladigan javob 1 ball bilan baholanadi.
O‘z-o‘zini rivojlantirish motivi (savollar tartib raqami): 4, 5, 12, 16, 21,
28, 31.
O‘z shaxsining ahamiyati motivi:1, 6, 13, 17, 29, 33, 34.
Ijtimoiy ko‘rsatmalar motivi: 2, 7, 9, 18, 24, 25, 35.
Moddiy ehtiyojlarni qondirish motivi: 8, 10, 14, 19, 22, 26, 30.
Muloqot motivi: 3, 11, 15, 20, 23, 27, 32.
1. O‘z-o‘zini rivojlantirishga intilish (salomatlikni mustahkamlash, qaddi-
qomatni tuzatish, jismoniy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish).
2. Shaxsning o‘z mavqeini o‘rnatishga intilishi (boshqalardan kam
bo‘lmaslikni, mashhur sportchiga o‘xshashni, e’tirof etilishini xohlash,
jamoa, shahar, davlat sha’nini
himoya qilish, qarama-qarshi jins uchun
jozibali bo‘lish).
3. Ijtimoiy ustanovkalar (sport bilan shug‘ullanishning
urf bo‘lganligi,
oilaviy sport an’analarini davom ettirishga intilish,
mehnatga va harbiy
xizmatga tayyorlik).
4. Moddiy ehtiyojlarning qondirilishi (moddiy manfaatdorlik).
5. Muloqot qilishga intilish (do‘stlar bilan muloqot qilish, sport jamoasida
muloqot qilishga intilish).
O‘zini nazorat qilishning irodaviy xususiyatlari so‘rovnomasi
(L.G.Zverkov, Ye.V.Eydman)
So‘rovnomaning maqsadi: Irodani boshqarishning individual
rivojlanishi
, o‘zining
xatti-harakatlari, holatlari va istaklarini ongli
ravishda boshqarish darajasini aniqlash. Mazkur so‘rovnoma 30 ta
savoldan, irodaviy o‘zini boshqarish, qat’iyatlilik va dadillik shkalalardan
iborat. Sinaluvchi uchun ikkita “ha” yoki “yo‘q”
javob varianti taklif
etiladi. Har bir punkt 7 ballik (-3 dan + 3 gacha) shkala bo‘yicha ijobiy
yoki salbiy javoblar chegarasi darajasida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: