Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

Yo‘riqnoma: Tasdiqlarni o‘qing va rozi yoki noroziligingiz darajasini 
baholang. Bunda javoblar varaqasida tasdiq raqami yoniga o‘zingiz 
roziligingiz darajasiga mos keladigan sonni ( +3, +2, +1, 0, –1, –2, –3) 
qo‘ying. Uzoq o‘ylamang.
1. Agar ishim yurishmasa ko‘pincha menda shartta hammasini tashlab 
ketish istagi paydo bo‘ladi.
2. Agar ulfatlarim davrasi yoki ishimni tanlash kerak bo‘lsa, men o‘z 
ishlarim va rejalarimdan voz kechmayman. 
3. Zarur bo‘lganda g‘azabimni tiyishim qiyin bo‘ladi. 


52 
4. Odatda belgilangan vaqtda kech qolayotgan do‘stimni kutishda xotirjam 
bo‘lishga harakat qilaman.
5. Boshlagan ishimdan meni chalg‘itish oson emas.
6. Jismoniy dard meni bir maromdan chiqaradi.
7. Men doim e’tiroz bildirishga tayyor bo‘lsamda suhbatdoshimning gapini 
bo‘lmasdan sabr bilan eshitishga harakat qilaman.
8. Men doim o‘zimning fikrimni tasdiqlayman.
9. Agar kerak bo‘lsa men kechalari uxlamay (masalan ish, navbatchilik) va 
ertasiga ham o‘zimni yaxshi his qilishim mumkin.
10. Tashqi vaziyatlar sababli mening rejalarim ko‘p hollarda amalga 
oshmay qoladi.
11. O‘zimni sabrli inson deb hisoblayman.
12. To‘lqinlantiruvchi manzaralarni sovuqqonlik bilan kuzatishga meni 
majbur qilish qiyin. 
13. Omadsizliklardan keyin ishimni davom ettirishda o‘zimni majbur 
etishim ba’zida qiyin kechadi. 
14. Agar men kimgadir yomon munosabatda bo‘lsam buni yashirishim 
qiyin bo‘ladi.
15. Zarurat tug‘ilganda o‘z faoliyatim bilan noqulay mos kelmaydigan 
vaziyatlarda ham shug‘ullanishim mumkin.
16. Har qanday vaziyatda ham belgilangan muddatda vazifani bajarish 
kerakligi mening ishimni qiyinlashtiradi.
17.O‘zimni jur’atli inson deb hisoblayman. 
18. Jismoniy charchoqni boshqalarga nisbatan osonroq uddasidan 
chiqaman. 
19. Zinadan ko‘tarilgandan ko‘ra liftni kutib turish afzalroq.
20. Mening kayfiyatimni buzish unchalik oson emas.
21. Ba’zida qandaydir arzimas noxushlik menga tinchlik bermaydi va men 
undan qutilishim qiyin bo‘ladi.
22. Men biror topshiriq yoki vazifaga diqqatimni boshqalarga qaraganda 
qiyinroq jamlay olaman.
23. Meni bahsda еngish qiyin.
24. Men doim boshlagan ishimni oxiriga еtkazishga harakat qilaman.
25. Meni ishlarimdan chalg‘itish oson. 
26. Ba’zida real vaziyatlarga zid ravishda o‘z maqsadimga erishishga 
harakat qilayotganimni his etaman. 
27. Insonlar gohida mening sabrim va sinchkovligimga havas qiladilar.
28. Menga stress holatlarida xotirjamlikni saqlab turish qiyin bo‘ladi.


53 
29. Men o‘z faoliyatimda natijalar yomonlashishini bilsamda o‘z harakat 
usullarimni o‘zgartiraman.
30. Men odatda juda ham asabiylashaman, qachonki burnimni tagidan 
avtobus yoki liftning eshigi yopilsa.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling