Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


* Fikrni birinchi sportchi shaxsi tomonidan bayon etish


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

* Fikrni birinchi sportchi shaxsi tomonidan bayon etish. Bunda 
doimo mulohazalar "Menimcha...", "Mening fikrimcha...", "Mening 
o‘ylashimcha..." qabilida bayon etilishi maqsadga muvofiqligi uqtirilishi 
kerak. 
* "Yagona mikrofon". Biror ishtirokchi o‘z fikrini gapirayotganda, 
boshqalar unga diqqat bilan quloq solishi va uning gapini bo‘lmasligi, bir-
birining sportchi shaxsini hurmat qilishlari lozim. Kimdir gapirayotganida 
boshqa birovning unga quloq solmasligi so‘zlovchining sportchi 
shaxsiyatiga tegishi va u keyingi bahslarda o‘z munosabatini bildirishdan 
bosh tortishiga olib kelishi mumkin. Bu esa trening samarasiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatishi ehtimolini keltirib chiqaradi. 
* "Treningda boshidan oxirigacha qatnashish". Bu norma 
ishtirokchilarda mas’uliyatni vujudga keltirish uchun zarur bo‘lgan 
tamoyildir. Agar ishtirokchilardan kimdir biror kun, hatto biror soat 
mashg‘ulotni qoldiradigan bo‘lsa, bu nafaqat uning o‘zi, balki guruh uchun 
ham, trener uchun ham mashg‘ulot effektining pasayishiga olib keladi. 
Umuman ishtirokchilar bir-birlariga do‘stona munosabatda bo‘lishi, bir-
birlarining hissiyotlarini hurmat qilishlari kerak. Agarda ketishi kerak 
bo‘lib qolsa albatta boshlovchini ogohlantirishi kerak. 
* "Ixtiyoriylik". Seminarda o‘z mulohazalarini bayon qilish
munozaralarda, o‘yin va mashqlarda ishtirok etishda ixtiyoriylikni joriy 
qilish muhim ahamiyatga ega. Ya’ni jarayonlarda ishtirokchilar ixtiyoriy 
ishtirok etmasdan biri-biriga “mulozamat qilishi” vaqtning yo‘qotilishi va 
muhitning buzilishiga olib keladi.
* "Vaqtni tejash" yoki “Reglamentga rioya qilsh”. Guruh 
ishtirokchilari trening mashg‘uloti davomida gaplarini imkon qadar qisqa, 
lo‘nda ifodalashi, mavzu doirasidan chetga chiqib ketmasligi lozim. 
Chunki gapni aylantiraverish, gapni uzoqdan boshlab olib kelish, bir fikrni 
qayta-qayta takrorlayverish kabi hollar guruh ishtirokchilarining g‘ashiga 
tegishi bilan birga treningda eng qimmatli bo‘lgan vaqtni bekorga 
sarflanishiga olib keladi. Bu ham ishtirokchilarning noroziligiga va ular 
orasida do‘stona muhitning buzilishiga olib kelishi mumkin 


64 
* "Sportchi shaxsini baholamaslik". Har bir ishtirokchi o‘z fikr 
mulohazalarini, hissiyotlarini bayon qilishi mumkin, biroq bunda 
boshlovchi va qolgan ishtirokchilar hikoyadagi vaziyatnigina muhokama 
qilishlari va so‘zlovchining o‘sha paytdagi hulk-atvori, xatti-harakatini 
baholashdan qochishlari kerak. Masalan, "o‘sha paytda siz jahlga 
berilmasligingiz yoki bunday demasligingiz kerak edi" kabi jumlalarning 
qo‘llanilishi ishtirokchining e’tiroziga sabab bo‘lishi bilan birga qolgan 
ishtirokchilar o‘z fikrlarini va muammolarini bayon etishda ochiq 
gapirishdan tortinishlari mumkin. Shuning uchun, “bunaqa vaziyatda men 
bunday qilardim yoki deyardim” kabi variantlarda so‘zlashish yoki fikrini 
bildirish so‘raladi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling