Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
* “Faollik”. Ya’ni guruhning har bir a’zosi bajaradigan
mashg‘ulotlarda o‘z faolligini namoyon etishi lozim. Bulardan tashqari trener tomonidan guruh ishtirokchilariga nisbatan bilib olishi uchun quyidagilar alohida ta’kidlab o‘tilishi shart: Birovning fikrini umuman noto‘g‘ri deb hisoblagan yoki unga qo‘shilmagan taqdirda ham uni to‘xtatib qo‘yish yoki uning ustidan kulishga hech kimning haqqi yo‘q. Ishtirokchilar bir-birini masxaralashi yoki g‘ururiga tegadigan gaplar aytishi mumkin emas. Ishtirokchilar ham, boshlovchi ham, agar savol uning sportchi shaxsiy hayotiga tegishli bo‘lsa, javob bermaslik huquqiga ega. Boshlovchiga savollar va fikrlar anonim tarzda berilish imkoniyati yaratilishi shart. Lekin bu haddan tashqari chegaradan chiqish imkonini bermasligi, ya’ni boshlovchining sportchi shaxsiyatiga tegish kabilarga yo‘l qo‘yilmasligi ta’minlanishi kerak. Normalarni mashg‘ulot o‘tkazishdan avvalroq katta qog‘ozga yozib, xonaga osib qo‘yish yoki guruh a’zolari bilan birgalikda "Aqliy hujum" usuli orqali aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq. Bu trener va ishtirokchilar orasidagi birinchi guruhiy kelishuv hisoblanadi. Bunda shu narsa muhimki, har bir kishining fikrini albatta eshitish, nima uchun bu tamoyilga hayrixohligi yoki noroziligini izohlashini so‘rash lozim. Tamoyillarni tasdiqlashni ovozga qo‘yish kerakmas. Chunki agar kimdir guruhning fikriga norozi bo‘ladigan bo‘lsa, uni ko‘ndirishga harakat qilish yoki guruh boshqa qarorga kelishi lozim bo‘ladi. Uning fikrini inobatga olmaslik esa guruhdagi pisixologik iqlimga salbiy ta’sir etishi aniq. Ya’ni fikri inobatga olinmagan ishtirokchida norozilik holati paydo bo‘ladi va bu uning treningdagi butun ishtiroki davomida noroziligini namoyon qilib, qolganlarga halaqit berishi mumkin. 65 Bundan tashqari agar bu sportchi shaxsi o‘zini past baholovchi sportchi shaxsi bo‘lsa, unda ruhiy tushkunlik, o‘z-o‘zini baholashning pasayishi va h.k.lar ham paydo bo‘lish ehtimolini tug‘diradi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling