Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

 
Kutishlarni aniqlash bosqichi. 
Trening mashg‘ulotiga kelayotgan har bir ishtirokchi o‘z 
muammolarining hal bo‘lishini kutib kelishi sir emas. Lekin guruh 
a’zolarining har biridan treningdan nimalar kutayotganligini so‘rash 
tavsiya etiladi. Trener ularning kutishlarini bilib shunga qarab o‘zining 
dasturiga o‘zgartirishlar kiritishi va ishlarini rejalashtirishi mumkin.
Kutishlarni aniqlash bosqichida guruh a’zolari aylana bo‘ylab 
o‘tirganlari holda o‘zlarining treningdan nima kutayotganligini, o‘zini 
xavotirga solayotgan holatlar yoki ularga yoqmayotgan jihatlar yuzasidan 
e’tirozlarini aytib chiqishlari so‘raladi. Trener barcha ishtirokchilarning 
fikrlarini, ularga baho bermasdan, muhokama qilmasdan, hayron 
bo‘lmasdan, hayrixohlik bilan eshitishi va har bir ishtirokchiga o‘z 
kutuvini boshqalar bilan baham ko‘rgani uchun minnatdorchilik bildirishi 
lozim.


67 
Mana shu jarayonlar to‘liq bajarib bo‘linganidan so‘nggina guruh 
ishlash uchun tayyor hisoblanadi va trener asosiy mashg‘ulotlarni 
boshlashi mumkin. Ya’ni ishni olib borish bosqichiga o‘tish mumkin 
buladi. 
Ishni olib borish bosqichi. 
Ishni olib borish bosqichi – bu trening jarayonini va 
mashg‘ulotlarning qanday olib borilishi, ularning turlari, trening jarayonida 
qo‘llaniladigan usullardan iboratdir.  
Trening jarayonida trener sportchi shaxsilararo munosabatlarni 
yaxshilash uchun mo‘ljallangan o‘yin va mashqlar, baxs-munozaralarni 
taklif etishi uchun aynan muloqot haqida, shuningdek bu boradagi 
psixologik bilimlarga ega bo‘lishi talab etiladi. Sportchi shaxsilararo 
munosabatlar psixologiyaning eng murakkab va asosiy yo‘nalishi bo‘lib, 
buni bilmasdan turib trening jarayonini tashkil etish va uning samarasini 
ta’minlash mumkin emas.
Odatda o‘zaro munosabatda bo‘layotgan odamlar — muloqot 
ishtirokchilari turli xil pozitsiyalardan kelib chiqqan holda o‘zaro 
munosabatlarda bo‘ladilar. Bu pozitsiyalar ko‘p jihatdan muloqot 
ishtirokchilarining o‘zaro holatiga, muloqot natijasiga ta’sir etadi va 
keyingi munosabatlar mazmunini ham belgilab beradi. Demak, aytish 
mumkinki, birgalikdagi faoliyat va hayotga, ya’ni muloqotga halaqit 
beruvchi to‘siq hamda noxushliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishga intilish 
kerak. Buning uchun eng yaxshi usul — unutishdir. Unutish vazifasini esa 
vaqt bajarishi mumkin, ya’ni vaqt o‘tishi bilan biz nizoli vaziyatlarni, kim 
bilandir o‘rtamizda paydo bo‘lgan noxush vaziyatlarni unuta boshlaymiz. 
Lekin hozirgi jadal taraqqiyot davrida vaqtga ishongandan ko‘ra, faol 
harakat qilib nizoli vaziyatlar natijasi bo‘lgan noxushliklarni ixtiyoriy 
ravishda bartaraf etish samaraliroq natijalar berishi mumkin. Buning uchun 
esa shu maqsadda tashkil etiladigan treninglar yaxshi natija beradi.
Sportchi shaxslararo muloqotlilik ko‘nikmalarini hosil qilish uchun 
tashkil etishga mo‘ljallangan trening davomida quyidagi mashq albatta 
o‘tkazilishi kerak. 
Har bir ishtirokchi “Qarshimdagi odam kim?” degan savolga javob 
oladigan savollarni bilishi lozim. Umuman sportchi shaxsi o‘z qarshisidagi 
odam, ya’ni suhbatdoshi haqida imkon darajasida ko‘proq ma’lumotga ega 
bo‘lishi lozim. Psixologik adabiyotlarda ta’kidlanishicha, hech 
bo‘lmaganda muloqotga kirishayotgan odam haqida 7 ta ma’lumotga ega 
bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Bu ma’lumotlar suhbatdoshning: 



68 
– ismi; 
– mutaxassiligi; 
– oilaviy ahvoli; 
– sog‘lig‘i haqida ma’lumotlar; 
– kasbining o‘ziga yoqadigan va yoqmaydigan tomonlari; 
– u qadrlaydigan insoniy sifatlar; 
– qiziqishi yoki xobbisi.
Bu ma’lumotlar qatori qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi, chunki 
suhbatdoshi haqida ma’lumotlarning ko‘pligi samarali muloqot o‘rnatish 
kafoloti hisoblanadi. 
Demak, har qanday odam muvaffaqiyatli muloqotga kirishish uchun 
suhbatdoshi haqida ko‘proq ma’lumot bilishi talab etiladi. 
Samarali muloqotni tashkil qilishda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan 
yana bir holat shundan iboratki, bunda trening ishtirokchilari "Qarshimdagi 
odam qanday holatda?" degan savolga javob berishlari talab etiladi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling