Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishchanlik muhitini yaratish bo‘yicha o‘yinlar
- Kuzatish va eshitish" o‘yinlari
- Ishonchga asoslangan" o‘yinlar
"Ishonch paravozi" Barcha ishtirokchilar bir qatorga tizilishadi. Birinchi ishtirokchidan tashqari guruh a’zolarining hammasi ko‘zlarini yumishadi va bir- birlarining belidan ushlab olishadi. Birinchi ishtirokchining vazifasi — "paravoz"ni xona bo‘ylab to‘siqlar (yo‘llar) orasidan olib yurish, qolganlar esa oldindagi ishtirokchining harakatlariga mos ravishda to‘siqlar orasidan urinmay-surinmay o‘tishlari darkor. "Yana yomg‘ir" Ishtirokchilar aylana ko‘rinishida turib olishadi. Bunda jimlik hukm surishi kerak. Boshlovchi hozir siz yomg‘ir tovushini eshitasiz, lekin buning uchun mening harakatlarimni takrorlashingiz kerak", — deydi. Boshlovchi o‘rtada turib har bir ishtirokchining oldiga keladi va uning ko‘ziga qarab, muayyan harakatlarni bajarib ko‘rsatadi. Har bir ishtirokchi toki boshlovchi butun davrani aylanib kelib boshqa harakatni ko‘rsatmagunicha shu harakatni bajarib turishi zarur. Harakatlar: Kaftlarni bir-biriga ishqalash; Barmoqlarni qirsillatish; Tizzalarni shapatilash; Tovonda sakrash; Oyoqlarni do‘pillatish; Boshni o‘nga va chapga aylantirish; Boshni oldinga va orqaga harakatlantirish. 125 Ishchanlik muhitini yaratish bo‘yicha o‘yinlar Bu xildagi o‘yinlar guruh ishtirokchilariga ma’lum bir muhitda o‘zini qulay his qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. Bu o‘yinlarda ishtirokchilar bino (xona, maydoncha) bo‘ylab yurishlari, hatto yugurishlari, sakrashlari mumkin. Bundan ko‘zlangan maqsad — ularga o‘yin o‘tkazilayotgan joyning har bir burchagida o‘zini dadil, ishonchli sezishi uchun sharoit yaratib berishdir. Ayni holatda "Arqon tortish" o‘yinini o‘tkazish tavsiya etiladi. "Kuzatish va eshitish" o‘yinlari Bu xil o‘yinlar ishtirokchilardan boshqa ishtirokchilarning ko‘rinishi, ularning nimalarni gapirayotgani, nimani his qilayotganligiga (masalan, qaerda yashashi, qachon tug‘ilganligi kabilarga) e’tibor berish talab qilinadi. Ya’ni, bu o‘yinlarning qatnashchilari norasmiy sharoitda, norasmiy holatda bir-birlari haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladilar. "Ishonchga asoslangan" o‘yinlar Bunday o‘yinlarning asosiy maqsadi ularning nomlanishidayoq namoyon bo‘ladi. Ular yordamida guruhda o‘zaro ishonchli munosabatlarni shakllantirish mumkin. Bu o‘yinlarni guruh bilan ish boshlagan dastlabki paytda emas, balki boshlovchi va guruh a’zolarida guruhga nisbatan qandaydir ishonch hissi paydo bo‘lishi uchun keyinroq o‘tkazish ma’qulroq. Bu o‘yinlarda guruh ishtirokchilari o‘rtasida taktil aloqalar bo‘lishi natijasida ular orasida o‘zaro ishonch, ahillik paydo bo‘ladi. Shuningdek, bunday o‘yinlarni o‘tkazish. jarayonida ishtirokchilarning bir-birlariga nisbatan o‘zaro mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishi ham namoyon bo‘ladi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling