132
Kayfiyat – birorta emotsiyaning barqaror kechishi.
Mashq – o‘zlashtirish maqsadida qayta-qayta bajaridigan harakatlar.
Mashq qilish – ma’lum ko‘nikma
va malakalarni hosil qilishga,
takomillashtirishga qaratilgan jarayon.
Mashq qilish usuli – zarur ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga,
takomillashtirishga qaratilgan jarayonning samaradorligini oshirish usuli.
Mimika – noverbal muloqot vositasi bo‘lib, o‘z fikr-mulohazalarini yuz ifodasi
orqali ifodalash.
Muammoli vaziyat – bilish ehtiyojini qondirishda
tafakkur qilish sharti
bo‘lgan psixologik vaziyat.
Muloqot – ikki yoki undan ortiq odamlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi,
axborot almashishi.
Muloqatchanlik – kishilarning boshqalar bilan muloqotga tez kirishuvchanlik
qobiliyati.
Nizo – o‘zaro ta’sir ko‘rsatayotgan kishilarning qarama-qarshi qizishishi.
Nizoli vaziyat – o‘zaro ta’sir ko‘rsatayotgan
kishilarning qarama-qarshi
fikrlarini to‘qnashuv vaziyati.
Prognoz qilish – treningdan kelib chiqqan holda
uning samarasini oldindan
ko‘ra bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: