Qayta tiklash


Download 48 Kb.

bet1/22
Sana16.02.2018
Hajmi48 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
26886

0 ‘ZBEKIST0N  RESPUBLIKASI OLIY VA 
0 ‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIG1
B.X.RAHIMOV,  S.T.QOSIMOVA,  SH.SHADJAULOV, 
OABADER
BINO УА INJENERLIK ITZIMINI 
QAYTA TIKLASH
Oliy va  о \rta maxsus ta Tim  vazjrligi tomonidan  Oliy о ‘quv yuiilarining 
5580300 «Shahar qurilishi va xojaligi» yo ‘nalishi,  5140900 kasbiy ta lim 
va  5810900 servis (uy-joy va  kommunal,  maishiy xizrnat)  bakalavrlar 
va  5A  58 0 3 0 2   va  5A  3 4 0102  yo 'n a lish la ri  talabalari  uchun 
darslik sifatida  tavsiya  etilgan
«0‘ZBEKIST0N FAYLASU FLARI 
MILLIY JAMIYATI» NASHRIYOTI 
TOSHKENT — 2011

UDK:  69(075)
37.708
P29
Rahimov,  B.X.
Bino  va  injen erlik   tizim ini  qayta  tiklash:  d a rslik /  В.  X.  R ahim ov, 
S.T.Q osim ova,  Sh.  Shadjalilov,  O.A.  Bader;  O 'zbekiston  Respublikasi  Oliy  va 
0
‘rta-m axsus  ta ’lim  vazirligi;  —  Т.:  « 0 ‘zbekiston  faylasuflari  milliy  jam iyati» 
nashriyoti,  2011.  —  264  b.
I.  Qosimova,  S.T.  II.  Shadjalilov,  Sh. 
III.  Bader,  O.A.
Bino  va  injenerlik  tizimini  qayta  tiklash.  Oliy  o'quv  yurtlarining  5580300  «Shahar 
qurilishi  va  xo‘jaligi»  yocnalishi,  5140900  kasbiy  ta ’lim  va  5810900  servis  (uy-joy  va 
kommunal,  maishiy xizmat)  bakalavrlar va  5A 580302  va  5A 340102  mutaxassisliklar va 
boshqa qurilish  mutaxassislari  uchun darslik.
UDK:  69(075) 
BBK  37.709 
P29
ISBN  978-9943-391-14-7
Taqrizchilar:
t.f.d .,  prof.  X.A.  Akramov  (TA Q I  o ‘quv  ishlari prorektori),
t.f.n .,  dots.  M .V .  R o‘ziyeva  ( « 0 ‘zog‘irsanoatloyiha»  OAJ  bo Tun  mudiri).
M azkur  darslikda  bino  va  injenerlik  tizim ini  qayta  tiklashning  loyihalash 
masalalari  majm uiy  yoritilgan.  U nda  bino  konstruksiyalarini  tekshirish,  ularning 
holatini  va  rekonstruksiya  qilishning  iqtisodiy  m aqsadga  muvofiqligini  baholash 
usul  va  vositalari  ko‘rilgan.  K onstruksiyalarni  kuchaytirish  va  b inolam i  qayta 
tuzishni  loyihalash  b o ‘yicha  tavsiyalar  berilgan.
D arslik  5580300  «Shahar  qurilishi  va  xo‘jaligi»,  5140900  kasbiy  ta ’lim  va 
5810900  servis  (uy-joy  va  kom m unal,  maishiy  xizm at)  yo‘nalishlari  b o ‘yicha 
ta ’lim  olayotgan  bakalavrlar,  5A  580302  «Binolar,  shahar  hududlarini  kompleks 
qayta  qurish,  tiklash  va  ulardan  foydalanish»  va  5A  340102  «Shahar  qurilishi 
va  xo‘jaligi  iqtisodiyoti»  mutaxassisliklari 
b o ‘y f c h a  
tayyorlanadigan  m agistrlar 
ham da  loyiha,  qurilish  va  ekspluatatsiya  qilish  tashkilotlarining  injener-texnik 
va  ilm iy  xodim lari  uchun  m o ‘ljallangan.  Shu  bilan  birga  m azkur  darslikdan 
binolam i  rekonstruksiya,  m odem izatsiya  va  ekspluatatsiya  qilish  b o ‘yicha  m u- 
taxassislar  tayyorlovchi  oliy  o ‘quv  yurtlari  va  kollej  talabalari  ham   foydalanishi 
m um kin.
ISBN  978-9943-391-14-7
© «0‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2011.

SO‘ZBOSHI
Jamiyatimizning barcha jabhalarida  ro‘y berayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlar  Vatanimizni  taraqqiy  ettirishga,  uni  rivojlangan  davlatlar  qa- 
toridan  o‘rin  olishiga,  xalqimizning  turmush  sharoitini  yaxshilashga  qara- 
tilgan.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  Oliy  Majlisning 
9-sessiyasida  kadrlar tayyorlash  milliy  dasturi  va butun  ta’lim  tizimining 
islohoti  haqida  «...hayotimizni  hal  etuvchi  muhim  masalalar  qatorida 
ta’lim-tarbiya  tizimini  tubdan  o‘zgartirish,  uni  yangi  zamon  talabi  dara- 
jasiga  ko‘tarish,  barkamol  avlodimiz  kelajagiga  dahldor  qonun  loyihalari 
ham  bor»,  —  degan  edi.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  turar joy  uylari jamg‘armasi  nihoyatda 
katta moddiy qiymatni  tashkil  etadi.  Uni  saqlash  esa muhim davlat  ahami- 
yatiga  molik  masaladir.  Bu  masalaning  yechimi  binolarni  texnik  eksplua- 
tatsiyasini  to‘g£ri  tashkillashtirish,  kapital  va joriy ta’mirlash  ishlarini  o‘z 
vaqtida  o‘tkazish,  hamda  binolarning  zamonaviy  rejalashtirish  va  sani- 
tar-gigiyenik  talablar  asosida  rekonstruksiyalash  orqali  ta’minlanadi.
Rekonstruksiyalash  va  kapital  ta’mirlash  ishlari  hajmi  so‘nggi  yillarda 
sezilarii  o‘sib bormoqda.  Xususan,  kollej  va litseylar,  umumiy ocrta taiim  
maktablari,  sport  inshootlari,  turli-tuman jamoat  va  ma’muriy binolar bu 
borada  asosiy  o‘rinni  egallab  turibdi.  Unda  shaharsozlik,  me’morchilik 
va  qurilish  ishlarini  tashkillashtirish bo‘yicha turli  murakkab  masalalami 
yechishga to ‘g‘ri  keladi.
Ko‘p  hollarda bino  qavatlari  sonini  oshirish,  ayrim  konstruksiyalarni 
yalpi  yoki  tanlov  bilan  almashtirish,  konstruktiv  unsurlarni,  shu jumla­
dan,  asos va poydevorlarni  kuchaytirish  ehtiyoji  tug‘iladi.  Shuni  ta’kidiash 
lozimki,  bunday ishlami,  odatda,  tor hovlilarda va ko‘chalaming tor qism- 
larida,  transport  harakati  va binolarda risoladagi  yashash  sharoitini  buz- 
magan  holda  bajarishga tocg‘ri  keladi.
Ta’mirlash-qurilish  ishlari  qurilishning  o‘ziga hos sohasini  ifoda eta­
di.  Binobarin  ish  olib borish texnologiyasi yangi  bino barpo  etish bo‘yicha
3

q ilin a d ig a n   ish lar  m a jm u id a n   farq  qiladi.  Y angi  q u rilish g a   xos  b o lm a g a n  
m ax su s  ishlarni  (k o n stru k siy a   va  in je n e rlik   q u rilm a la rin i  d e m o n ta j  q ilish , 
k o n s tr u k s iy a la m i  t a ’m irla s h   va  k u c h a y tiris h   va  h o k a z o la r)   b a ja ris h   lo - 
zim   b o l i b   q o lad i.  B u n d a n   ta s h q a ri,  p o y d e v o r,  d ev o r,  o ra y o p m a   va  to m -  
larni  saqlash  ta lab   etiladi.  T a ’m irlash  ob y ek tlarig a  h ajm iy -re ja v iy   va  k o n s ­
tru k tiv   y e c h im la rn in g   tu rli-tu m a n lig i,  q o 'lla n ila d ig a n   k o n stru k siy a   v a  d e ­
ta il a r n in g   o l c h a m   tu r la r in in g   k o ‘p lig i,  ish  h a jm la r in in g   ta rq o q lig i  v a 
ay rim   h o lla rd a   oz  m iq d o rlig i,  h a m d a   t a ’m irla sh   ish larin i  o lib   b o rish   s h a - 
r o itin in g   n ih o y a td a   m u ra k k a b lig i,  ish  f ro n tin in g   o zligi,  o b y ek t  oldi  m a y - 
d o n c h a la r in i n g   y e ta rli  e m a s lig i,  is h la r n i  e k s p lu a ta ts iy a   q ilin a y o tg a n  
b in o la r d a   o lib   b o r ilis h i,  t a ’m ir la n u v c h i  r e k o n s tr u k s iy a   q ilin a y o tg a n  
o b y e k tn in g   tr a n s p o r t  h a r a k a ti  k u c h li  b o 4lg a n   s h a h a r   m a g is tr a lla r i  j o y ­
la s h g a n   h o lla r   x o sd ir.
B u la rn in g   b a rc h a s i  q a to r   ta s h k ilo tla rd a   o lib   b o rilg a n   ilm iy   ta d q iq o t-  
lar,  te k sh iru v lar  olib  b orish  m avzusi  b o ‘lib  qoldi.  B u  ish larn in g   k a tta   h ajm i 
« O 'z L IT T I »   Y A J,  « T o s h tu ra r  jo y lo y ih a »   O T A J,  « T o s h b o s h re ja L IT I»   v a  
s h u   k ab i  b o s h q a   ta s h k ilo tla r d a   b a ja rild i.
D a rslik   o liy   t a ’lim   tiz im id a   b u g u n g i  k u n d a g i  d o lz a r b   m a s a la   —  z a -  
m o n   ta lab id ag i  o ‘q u v   q o lla n m a la r i  y ara tish   m a sa la sin i  y e c h ish g a   b o i g a n  
s a ’y - h a r a k a t  m a h su li  d e y ish   m u m k in .
«Bino va  inshootlar  rekonstrutsiyasi»  kursi  majmuiy tavsifga ega bolib, 
bino  va  inshootlar  me’morchiligi,  toshli  konstruksiyalar va  boshqa qator 
soha  fanlariga  asoslanadi.  Mazkur  kursning  vazifasiga  talabalarga  turar 
joy, jamoat  va  sanoat  bino  va  inshootlarida  yangi,  zamonaviy  material- 
lar,  konstruksiyalar va  texnologiyalar  qollagan  holda  rekonstruksiyalash 
bo‘yicha  loyihalash  sohasida  bilim  va  malaka  berish  kiradi.  Kurs  asosiy 
4  bolimdan  iborat:
1.  Rekonstruksiyalashning  lozimligini  asoslash.
2.  Obyektlarni  ko‘rikdan  o'tkazish,  texnik  holatini  baholash  va  loyi­
halash  uchun  ma’lumot  olish.
3.  Konstruktiv yechimlar va  obyektlarni  rekonstruksiyalash  loyihalari.
4.  Rekonstruksiyalash  texnologiyasi,  iqtisodi,  boshqaruvi  va  tashkil- 
lashtirish.
Bino va  inshootlami  rekonstruksiyalash  ularga belgilangan vazifalami 
tubdan  yoki  qisman  o‘zgartirish,  bino  hududini  yaxshilash,  zamonaviy
4

m e ’yoriy  talablarga  m o slash tirish   m a q sad id a  am alg a  o sh irilg an   ta d b irla rd a n  
ib o r a t.  B in o   va  in s h o o tia r n i  re k o n s tr u k s iy a la s h   ta d b ir i  k o r x o n a la rn i 
te x n ik av iy   q a y ta   q u ro lla n is h id a   h a m   am a lg a   o s h irila d i,  a m m o   b u n d a y  
h o lla rd a   q u r ilis h - m o n ta j  is h la rig a   q ilin a d ig a n   s a rfla r  u m u m iy   k a p ita l 
ja m g ‘a rm a   m iq d o rin in g   10  fo izid an   o sh m aslig i  lo z im .
Qayta  o‘zgartirish  binoning  ichini  qayta  rejalash,  xonalar balandligini 
oshirish,  konstruksiyalarini  qisman  olib  tashlash  va  almashtirish,  hamda 
bino fasadini  yaxshilash  va unga ustqurma  qurish  ishlarini  o‘z  ichiga  oladi. 
Rekonstruksiya  majmuiy  tavsifga  ega  bo‘lib,  korxona joylashgan  shahar 
va  tumanning  uzoq  istiqbolini  hisobga  olishi  kerak.  Bino  va  inshootiar­
ni  rekonstruksiyalash  yangi  qurilishga  nisbatan  olingan  mehnat  sarflilik 
25—30%,  ayrim  uchastkalar  bo'yicha  esa  50—80%  gacha  oshishi  bilan 
ajralib  turadi.
Mazkur  darslikda  yoritilgan  rekonstruksiya  loyihalari  bo‘yicha  mate- 
riallarni  sidqidildan  taqdim  etgan  «UzLITTI»  YAJ,  «Og'irsanoatloyiha» 
OAJ,  «Toshshaharloyiha»  OAJ,  «ZPLITI»  YAJ,  « 0 £zshaharsozlik»  LITI 
OAJ  va  boshqa  qator  loyiha,  ilmiy-tadqiqot  tashkilotlari  xodimlariga, 
shuningdek,  darslikni  chuqur tahlil  etib,  ocz  qimmatli  fikr-mulohazalarini 
berganliklari  uchun  Toshkent  Arxitektura-qurilish  instituti  o‘quv  ishlari 
bo'yicha prorektori,  texnika fanlari  doktori,  professor X.A.Akramovga va 
« 0 ‘zog‘irsanoatloyiha»  YAJ  bo‘lim  mudiri,  texnika  fanlari  nomzodi 
M.V.  Ro‘ziyevaga  minnatdorchilik bildiramiz.
M u a ttifla r
5

KIRISH
Bino  va  inshootlarni  funksional  vazifasini  qisman  yoki  butun- 
lay  o ‘zgartirish,  yangi  samarali  muhandislik  qurilmalari  o ‘rnatish, 
bino  hududini  obodonlashtirish,  uni  zam onning  yuksak  m e’yoriy 
talablariga  moslashtirish  maqsadida  qilingan  tadbirlar  rekonstruk­
siya  deb  ataladi.  U  ishlab  chiqarish  korxonasi,  shahar  rayoni,  turar 
joy  massivlari,  ijtimoiy-maishiy,  madaniyat  muassasalari  majmui- 
ning  bir  qismi  bo'lib  qoladi.
Qayta  joylashtirish  qayta  rejalashtiruvni,  xonalar  balandligini 
oshirish,  konstruksiyalarini  qisman  ajratish  va  almashtirish  ham da 
balandlashtirish,  yondosh  qurilm alarni  amalga  oshirish  va  bino 
fasadini  afzallashtirishni  o ‘z  ichiga  oladi.
Rekonstruksiyaga  ajratilayotgan  kapital  mablag‘lar hajmini  sezi- 
larli  oshishi  O 'zbekiston  Respublikasi  mustaqillikni  q o ig a   kiritga- 
nidan  so‘ng  Vazirlar  Mahkamasining,  Prezidentimiz  I.A.Karimov- 
ning  qator  farm onlari  va  olib  borilayotgan  ijtim oiy-investitsion 
siyosatning  natijasidir.  Bu,  birinchi  navbatda,  kasb-hunar  o ‘quv 
yurtlari,  o ‘rta  u m u m taiim   maktablari,  sport  inshootlari,  qishloq 
tibbiyot  markazlari  va  bozor  inshootlariga  taalluqli.  Sanoat  kor- 
xonalarini  rekonstruksiyalash  va  texnik  qayta  qurollantirish  ham  
bug un gi  k u n n in g   d o lz arb   m asalasiga  ay lan d i.  Z ero   ish lab  
chiqarishning  jadallashuvi,  yangi  texnologiyalami  o ‘zlashtirish  va 
mahsulotning  yangi  turlarini  ishlab  chiqarishni  amalga  oshirmay 
turib jam iyatda  keskin  iqtisodiy burilish  qilishni  tasaw u r  ham   etib 
boim aydi.
Rekonstruksiyalash  va  texnik  qayta  qurollantirish  amalga  oshi- 
rilg an d a  yangi  qu rilish g a  n isb atan   sezilarli  rav ish d a  k a p ita l
6

m a b lag la r  kam  sarflanib,  qilingan  xarajatlar  2—2,5  barobar  tez- 
roq  qoplanadi.
M ustaqillik  yillarida  bino  va  inshootlarni  rekonstruksiya  q i­
lish  sohasida  misli  k o 'rilm ag an   ulkan  ishlar  qilindi.  X ususan, 
T oshkent  shahridagi  Bosh  universal  m agazini  —  Chorsu  savdo 
markazi,  Alpomish  sport  saroyi  —  K o‘rgazma  zali,  Qurilish  texni- 
kumi  —  Kimyo  texnologiya  instituti,  Bolalar  dunyosi  magazini, 
«T oshkent»  m eh m o n x o n asi,  « T u rkiston »   m eh m o n x o n asi  va 
boshqalar.
O 'zbekiston  Respublikasi  V azirlar  M ahkam asi  va  Respublika 
Prezidentining  qator  farm onlarini  hayotga joriy  eta  borib,  yuzlab 
mahobatli  litsey va  kollejlar,  minglab  o ‘rta  umumiy ta ’lim  maktab- 
lari  rekonstruksiya  qilinib,  zamon  talablariga javob  beradigan  dara- 
jaga  yetkazildi.  Ayniqsa,  bu  borada  bolalar  sportini  rivojlantirish 
borasida  ko ‘plab  sport  inshootlari  rekonstruksiya  qilindi  va  barpo 
etildi.
Shaharlarimizning  ko'rkini  yaxshilashda  va  ularga  betakror  qi- 
yofa  berishda  rekonstruksiyaning  o ‘m i  beqiyosdir.  Hususan,  mus­
taqillik  yillarida  shahrim iz  qiyofasining  tan ib   b o ‘lmas  darajada 
o ‘zgarishi  rekonstruksiya,  modernizatsiya  ishlarining  keng  miqyos- 
da  olib  borilishi  oqibatida  yuz  berdi.  Bu  borada  obodonlashtirish, 
ko‘kalamzorlashtirish  ishlari  ham   keng  k o clam da  bajarilayapti.
Rekonstruksiya  m ajmuiy  tavsifga  ega  b o ‘lib,  shahar,  tum an, 
korxona  taraqqiyotining  uzoq  istiqbolini  hisobga  olgan  holda 
amalga  oshirilishi  lozim.  Aks  holda  faqat  bugungi  kun  talabi  b i­
lan  bajarilgan  ishlar  kelgusida  qilinishi  kerak  bo'lgan  rekonstruk­
siya  eh tiy ojlarin i  bajarishda  q a to r  m u rakk ab liklar  tu g 'd irish i 
m u m k in .  Bu  m u ra k k a b lik   n a f a q a t  te x n ik a v iy   va  jo y n in g  
m e’m oriy  qiyofasi  nuqtayi  n azarid an ,  balki  iqtisodiy  tom ondan 
ham   katta  aham iyatga  ega.
O datda,  tu rar joy,  jam oat  va  sanoat  binolarining  rekonstruk­
siyasi  yuqori  darajada  siqiqlik  sharoitida  o'tkaziladi.  Bu  esa  qurilish
7

m ashina  va  m exanizm larining  t o i a   kom plektidan  foydalanish, 
m aterial  va  buyum larning  m e’yoriy  zaxirasini  hosil  qilish  uchun 
saqlash joylarini  tashkillashtirish  imkoniyatini  bermaydi.  K onstruk­
siyani  (ayniqsa,  yirik  hajmli)  olib  kelishda  ham   katta  qiyinchilik 
tugilishi  mumkin.  Yuk  ko‘taruvchi  mexanizmlarni  montaj  zonasiga 
qulay  holda  o ‘rnatish  uchun joy  belgilashda  ham  ko'pincha jiddiy 
murakkabliklar  yuzaga  keladi.  Konstruksiyalarni  olib  tashlash  yoki 
m ontaj  qilish  hollarida  b a ’zan  k ranlardan  foydalanish  um um an 
m um kin  b o im a y   qoladi  va  m u am m o n i  so d d aro q   k o n stru k tiv  
y echim in i  izlashga  to ‘g ‘ri  keladi.  B unday  h o la tlar  u ch u n   h am  
a n ’anaviy,  ham   yangi  yechim,  yuqori  mustahkam likka  ega  m ate­
riallardan  bo'lgan  konstruksiyalardan  foydalanishga  asoslangan  qator 
takliflar  ishlab  chiqarilyapti  va joriy  etilyapti.
Rekonstruksiya  bino  va  inshootlar  yuk  k oiaruvchi  ustunlarini 
ekspluatatsiyaviy  ko ‘rsatkichlarini  tiklash  va  kuchaytirish  bilan 
bogiiqdir.  Bu  ishlar  esa  har  bir  muayyan  vaziyatda,  yangi  quri- 
lishdan  farqli  alohida  yondashuvni  talab  etadi.
Shuni  ham   ta ’kidlash  lozimki,  bino  va  inshootlarning  texnik 
holatini  baholash,  ularni  ta ’mir  qilish  yoki  kuchaytirish  ehtiyoji- 
ning  mavjudligi,  ham da  ularning  bundan  keyingi  ekspluatatsiyaga 
yaroqliligi  haqida  xulosa  berish,  faqatgina  muayyan  obyektni  texnik 
ko‘rikdan  o'tkazish  asosidagina  amalga  oshiriladi.
M avjud  bino  va  inshoot  konstruksiyalarining  ekspluatatsiya 
davridagi  holatini  kuzatib  borish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Misol 
tariqasida  15  yildan  ko'proq  muddat  davomida  Moskva  teleradio- 
markazining  Ostankino  minorasida  o ‘tkazilgan  majmuiy tadqiqotni 
keltirish  mumkin.  Bu  tadqiqot  asos  grunti  deformatsiyasini,  m i­
nora  betoni  ishini,  tortilgan  sim  arqonlarni  kuzatishni,  konstruk­
siyaning  tebranish  param etrlarini  o'rganishni  o ‘z  ichiga  oladi.
Olma-ota  shahrida  qurilgan  radiotelevizion  minora tadqiqoti tajri- 
basi ham o ‘ziga  xos qiziqish uyg'otadi.  Bajarilgan  ish majmuiy tavsifga 
ega b o iib ,  uning  modelini tadqiq  etishdan  boshlandi.  Birinchi  m ar­

ta  yuqori  seysmiklikka  ega  b o ig a n   to g iik   rayonda  asosi  18,5  m, 
balandligi  372  m  bo igan  minorali  inshoot  barpo  etildi.  Bunda  ish- 
latilgan  metall  konstruksiyaning  massasi  5000  tonnaga  yaqin.
Hozirgi vaqtda respublikamizda  qurilish konstruksiyalarini tayyorlash 
va  montaj  qilish  sifatini  nazorat  qilish  xizmati  yetarli  darajada  tashkil 
etilmagan.  Xususan,  ekspluatatsiya qilinayotgan  noyob bino va inshootlar 
holatini  muntazam  tekshirib turish  ularda yuz berishi  mumkin  boigan 
salbiy hodisalaming  (notekis  cho‘kish,  turli  shikast  va  nuqsonlar hosil 
boiishi va boshqalar) oldini olish, yoki boshlanish davrida chora-tadbirlar 
qoilash, ularning ekspluatatsiya qilish muddatini uzaytirib,  kelgusi avlodga 
yaxshi holatda qoldirish imkonini beradi.  Shu  nuqtayi  nazardan tegishli 
vazirliklar,  mahalliy hokimliklar mavjud arxitektura yodgorliklarini,  no­
yob bino va  inshootlami  ro'yxatga  olib,  ularning  har bin uchun  texnik 
tavsiflari aks ettirilgan hujjat (pasport) joriy etib va vaqt mobaynida texnik 
holatlarini o‘iganib borish, ya’ni monitoring o‘tkazish uchun ixtisoslashgan 
ilmiy-tadqiqot,  loyiha  tashkilotlari  bilan  xo‘jalik  shartnomasi  tuzilsa 
maqsadga muvofiq b o iar edi.
Bu  tadbir tra n s p o rtin g   turli  xillari  va  miqdori  nihoyatda  osh- 
gan,  antropogen  omillarning  ta ’siri  kuchaygan  va  zilzila,  kuchli 
shamol  kabi  tabiiy  ofatlar  bilan  birgalikda  qaralsa,  nihoyatda  kat­
ta  ahamiyat  kasb  etishini  inkor  etib  b oim aydi.
Eski  binolarni  rekonstruksiya  va  modernizatsiya  qilish  borasi- 
da  respublikamizning  barcha  yirik  shaharlarida  katta  tajriba  ort- 
tirildi.  Ayniqsa,  poytaxt  Toshkent  shahrida  mustaqillik yillari  amalga 
oshirilgan  ishlar  beqiyos  katta  hajm da  b o iib ,  yirik  tadqiqotlar 
o ik a zish   uchun  yetarli  ilmiy-texnik  imkoniyatlar  beradi.  Shu  ji­
hatdan  m azkur  risolada  sizlarga  havola  etilayotgan  m ateriallar, 
asosan,  Toshkent  shahrida  bajarilgan  rekonstruksiya  ishlari  tajri- 
basini  aks  ettiradi.
9

I  bob.  BINOLARNI  REKONSTRUKSIYA 
QILISHDA  SHAHARSOZLIK VA 
IJTIM OIY-IQTISODIY  TALABLAR
1.1.  Shaharlami rekonstruksiyalash
Zam onaviy  shaharning  taraqqiyoti  —  urbanizatsiya,  bugungi 
kunda jamiyatda  sodir boiayotgan  barcha  turdagi  ijtimoiy jarayon- 
larning  jadallashuvi  bilan  belgilanadi.  Urbanizatsiya  jarayonining 
o‘ziga  xos  xususiyati  insonning  turli-tum an  faoliyatini  ta’minlovchi 
sun’iy  moddiy-fazoviy  muhit  sifatida  qaraluvchi  shaharga  bo‘lgan 
jamiyat  talablarini  o ‘zgarishiga  bog‘liq  bo‘lib  qoladi.
Shunday  qilib  shahar  turar joy  rayonlariga,  ishlab  chiqarish  va 
jamoat  komplekslariga,  dam  olish  zonalariga,  transport  va  inje­
nerlik  kommunikatsiyalariga  bo‘linadi.  Shaharning  hududiy  tashkil 
topishi  unda  faoliyatning  ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish 
sohalari,  aholining  m ehnat,  maishiy  va  dam   olish  jarayonlarini 
tashkillashtirishning  borishini  amalga  oshiruvchi  masalalar  bilan 
uzviy  bog‘langan.  Ijtimoiy jarayonlarning  to ‘planishi, jadallashishi 
va  murakkablashuvi  orqasida  shahar  muttasil  taraqqiy  etib  boradi. 
Bu  taraqqiyot  aholi  sonini,  o'zlashtirilgan  hududdan  foydalanishi- 
ning  shakli,  o ic h a m i  va  jadallashishning  o ‘zgarishida  nam oyon 
bo iad i.
Shahar taraqqiyotining  barcha  shakli  ishlab  chiqarishni,  inson 
faoliyatini  oqilona  tashkillashtirish,  tabiiy,  hududiy,  iqtisodiy  va 
ijtimoiy zaxiralardan  unumli  foydalanish  orqali  erishiladi.  Iqtisodiy, 
texnikaviy  va  axborot  omillarining  o ‘sishi,  aholining  harakatchan- 
ligining  va jam lanishining  oshishi  va  buning  oqibati  sifatida  sha-
10

harning  taraq q iy   etishi  uning  rejaviy  tizim id a  m iqdor  va  sifat 
o'zgarishlariga  olib  keladi.
Z a m on aviy  sha ha rni  insonning  tashkillashtirilgan  tiriklik 
о ‘tkazuvchi  muhiti  deb  qarabgina  qolmay,  zcimon  va  makonda  mut- 
tasil  taraqqiy  etib  boruvchi murakkab  dinamik  obyekt sifatida  tasav- 
vur etilishi  lozim.
Dinam iklik,  murakkablik,  nojinslik  va  m akonda  muttasillik 
shahaming  benazir xossalaridir va  bu  uning  m e’moriy  obyektlaming 
boshqa  turlaridan  m e’moriy  va  shaharsozlik  obyekti  sifatidagi  far- 
qidir.  Shunday  qilib  shaharsozlikning  murakkab  va  dolzarb  muam- 
molaridan  biri  zamonaviy  tarixan  shakllangan  shaharning  rejaviy 
tizimini  rivojlantirish  va  qayta  o^gartirishni  boshqarish  muammosi 
b o lib   qoladi.
«Shaharlarning  qiyofasini  o ‘zgartirish,  ularni  rivojlanishi  va 
rekonstruksiyasi  — bu  manbayi  va  yurituvchi  kuchi  doimiy  yuzaga 
keluvchi  ijtimoiy  va  iqtisodiy  talablar  orasidagi  nomuvofiqlikka  va 
aholi  yashash  joylari  moddiy,  rejaviy  tizim ining  shakllanishiga 
(tu rg 'u n ro q ,  asta-sekin  m ukam m allashuvchi)  xizm at  qiluvchi 
o ‘sishning  ichki  qarama-qarshiliklarini  aniqlashdir»  (V.  A.  Lavrov)
S h ah arlarn i  rekonstruksiyalash  bu  q a ra m a -q a rs h ilik la rn i 
yechishning  tarix  taqazosiga  ko‘ra  doim iy  harakatdagi  obyektiv 
jarayonidir.  Zero,  ijtimoiy-texnik  taraqqiyotning  talablariga  ko‘ra 
butun  moddiy  hayot  muhitining  birin-ketin  o ‘zgarishi  bilan bog'liq 
b o ig a n   shakllanish,  shahar tizimining  va  uni  tashkil  etuvchi  ayrim 
elementlaridagi  qarama-qarshiliklarni  ifodalaydi.  Bu jarayon  mavjud 
bunyod  etilgan  tizim   asosida,  yangi  jam iyatning  hozirgi  zam on- 
dagi  em as,  balki  istiqboldagi  talabini  ham   ta ’minlashga  qodir 
maqsadga  muvofiqroq  bir  ajoyib  tuzilma  sifatida  namoyon  b o iad i.
Z am onaviy  shaharsozlikda  «rekonstruksiya»  atam asi  ikki  xil 
m a’noga  ega.  Bir tarafdan,  bu jarayon  shaham ing,  xususan,  uning 
ayrim  unsurlarining  muttasil  rivojlanishi,  yangilanishi,  qiyofasining 
o 6zgarishi  va  fazoviy  rejaviy  tashkillanishining  m odernizatsiyasi
11

bo ‘lsa,  ikkinchi  tarafdan  rekonstruksiya  shaharning  rivojlanishini 
ta'm inlovchi  qurol  sifatida  ko‘rinadi.  Shahar  rivojlanishining  har 
bir  m uayyan  vaqti  uning  tugallangan  funksional  va  obyektning 
fazoviy-rejaviy  nuqtayi  nazarini  ifoda  etishi  lozim.  Masalaning  ikka- 
la  tarafi  ham  rekonstruksiyaning  maqsad  va  vazifalarini,  yo ‘l  va 
usullarini  belgilab  beradi.
Zamonaviy shaharsozlikda  rekonstruksiyaning  ikki  asosiy turi:  butun 
shaharni  rejaviy  tizimini  rekonstruksiyalash  va  uning  ayrim  tarixan 
shakllangan  rayonlari,  hududlari,  unsurlarini  rekonstruksiyalashga 
ajratiladi.
S hahar  —  barcha  unsurlari  bir-biri  bilan  uzviy  bo g 'langan 
murakkab  tizim  b o ‘lib,  uning  biror  nuqtasida  qilingan  o ‘zgarish 
qolgan  barch a  y erlarda  va  u m u m an  tizim d a  o 'zg arish   hosil 
bo ‘lishiga  olib  keladi.  Shu  sababdan  shaharning  ayrim  unsurlarini 
bir-biridan  ayrim  holda  qaramay,  balki  ularni  shahar  hosil  qilish- 
dagi  o'rnidan  kelib  chiqib,  bir-biri  bilan  yaqin  o ‘zaro  aloqada  va 
m unosabatda  b o ‘lishini  hisobga  olgan  holda,  ya’ni  shaharning 
um um iy  tizimiy-funksional  tashkillashtiruvchi  unsuri  sifatida  qa- 
rash  lozim  b o ‘ladi.
Shaharning  rivojlanishi  qator  shartlar:  sanoat  ishlab  chiqarish­
ning  o ‘sishi,  yangi  sanoat  korxonalarining joylashtirilishi,  m a’muriy 
va  madaniy  markazlar tashkillashtirilishi  bilan  belgilanadi.  Eng  ko‘p 
ravnaqqa  o ‘rtacha  shaharlar,  ayniqsa,  kichik  shaharlar  erishadi. 
Ularda  sanoat  korxonalari joylashtirilganligidan  aholining  soni  tez 
o'sib  boradi,  bu  esa  turar joy  qurilishini  tez  o'sishiga  olib  keladi. 
Shaharlarni  rekonstruksiyalash  ularning  keyingi  ravnaqining  asosiy 
shartlaridan  biridir.  Uning  bir  necha  yo'llari:
— bo4sh  hududlarda  yangi  turar joy dahalari va  shahardagi bo ‘sh 
joylarda  y olgiz  binolar  qurish;
—  eski  puturdan  ketgan  uylarni  buzib,  ularning  o'rniga  yangi- 
larini  qurish  va  tayyor  binolarni  rekonstruksiyalash  ham da  butun 
dahalarni  ko‘rinishini  o'zgartirib,  ular  asosida  yangi  obodonlash-
12

tirilgan  tu rar joy  tum anlari  va  mavzelarini  tashkillashtirish  bilan 
amalga  oshiriladi.
Shahar  uy-joy jam g‘armasining  o ‘sishi  shahar xo‘jaligining  qolgan 
barcha sohalarini  (transport,  yoilar,  ko‘kalamzorlashtirish)  hamda kerakli 
barcha  muhandislik tizimlarining  (suv tarmoqlari,  kanalizatsiya,  gaz va 
issiqlik ta ’minoti  va  aloqa)  o‘sishi  bilan  proportsional  b o iish i  lozim. 
Magistrallar,  ko‘cha  va  maydonlarning  rekonstruksiyasi  shaharning 
um um iy  rekonstruksiyasining  tarkibiy  qism iga  kiradi.  S hahar 
magistrallarining  rekonstruksiyasiga bo‘lgan  ehtiyoj  shahar tran sp o rtin g  
ravnaqi bilan belgilanadi.
Magistrallar  rekonstruksiyasini  bajariladigan  tavsifiga  ko‘ra  3 
turga  ajratish  mumkin:
—  magistrallardagi  eski  uylarni  buzib,  o'rniga  yangi  uylar  qu­
rish;
—  m agistrallardagi  mavjud  binolarning  katta  qism ini  saqlab 
qolgan  holda  rekonstruksiyalash;
—  mavjud  kvartallar  orasidan  yangi  y o ila r  o ‘tkazish.
M avjud  b in o la rn i,  k v a rta lla rn i  re k o n stru k siy a la sh   b ila n
bogiam asdan  kapital  ta ’m ir  qilish,  ayrim  kapital  ta ’m ir  qilingan 
binolarni  mavjud  qurilish  olib  borilayotgan  rayonlarda  yangi  quri- 
lishni joylashtirilish  uchun  buzib  tashlashga  olib  keladi.
Shaharlam i  yalpi  rekonstruksiyalashning  m uhim   masalalaridan 
biri  shaharning  barcha  funksional  hududini  (seliteb  hudud,  sanoat 
va  m aishiy-om borxona  rayonlari,  shahar  atro f  zonalari)  egallab 
oluvchi  ko‘kalamzorlarning  yaxlit  tizim ini  yaratishdan  iborat.
Bundan  b o ia d ig an   asosiy  maqsad:
— shahar  hududini  sanitar-gigiyenik  holatini  yaxshilash  va  sha- 
ham ing  havo  havzasini  sogiom lashtirish,  ishlab  chiqarish,  trans­
port  va  maishiy  shovqin  bilan  kurashish;
—  shahar  hududida  respublikaning  tabiiy-iqlim   sharoitiga  xos 
b o ig a n   yoqimli  m ikro-iqlim   sharoitini  yaratish;
13

— shahar hududining  funksional  tashkillashuvini  yaxshilash,  ayrim 
funksional  mintaqalarni  chegaralash,  hamda  yashil  massivlar va shahar 
yashil  kamari  o'simliklari  orasidagi  aloqani  o‘matish;
—  xoh  shahar  mahallalari,  mavze  dahalari,  kvartallari  hududi- 
da,  xoh  shahar atrof zonasida  aholining  tabiat  qo'ynida  dam  olishi- 
ning  turli  xillari  uchun  oqilona  sharoit  yaratish;
—  shaharning  m e’moriy  landshaftini  boyitishdir.
Yirik  shahar hududining  rejaviy tizimi javob berishi  kerak bo'lgan 
muhim  talablardan  biri  yashil  massivlarni  (parklar,  bog‘lar,  xiyobon- 
lar)  bir  tekisda joylashuvi  hisoblanadi.  Shu  bilan  bir  vaqtda  shahar 
va  rayon  parklari,  bog‘larini,  turar joy  rayonlari  va  mikrorayonlari 
orasida bulvarlar,  xiyobon  tizimlarini,  ko4kalamzorlashtirilgan  piyoda 
yo'laklari  va  daryo  qirg‘oqbo‘yilarini  birlashtirish  yo‘li  bilan  shahar­
ning  barcha  funksional  zonalarida  ko‘kalamzorlarning  uzluksiz  tizi- 
mini  yaratish  lozim  bo‘ladi.  Suv  havzalari,  daryolar,  suv  omborlari 
va  ularning  qirg'oqlari  katta  ahamiyat  kasb  etadi.
Ishlab  chiqarish,  turar joy  va jam oat  binolarining  turli  massh- 
tabga  xos  bo'lishi  ularning  m e’moriy-rejaviy  va  hajmiy  fazoviy 
nuqtayi  nazardan  birligini  ta ’minlash  masalasini  yechish  har  bir 
holatda  talab  etiladi.  Bunda  tegishli  kompozitsion  yechim  tanlash, 
m ahalliy  tabiiy  sharoitdan  foydalanish,  xususan,  bin o lar  yoki 
obyektlar  guruhi  orasida  funksional  va  estetik  tartib  unsurlari  si­
fatida  qurilish  kompozitsiyasiga  yashil  o'sim liklar  kiritish  uchun 
ajrimlar  qo'yish  muhim  ahamiyatga  ega.  Bunday  уоЧ  bilan  bino 
shakli  masshtabining  turlicha  bo ‘lishi  biroz  yumshatiladi  ham da 
shaharning  tashqi  qiyofasi  boyitiladi.
Yirik  shaharlarni  yalpi  rekonstruksiyalash  va  rivojlantirish 
m uhim   xalq  xo‘jaligi  ahamiyatiga  ega,  zero  ular jam o at-m a’muriy 
va  in d u strial  m ark azlar  hisoblanib,  ah o lin in g   k atta  m iq d o ri 
to ‘plangan  joydir.  Shaharning  bosh  rejalari  loyihalarida  k o ‘zda 
tutilgan  rejaviy tizimlami  tubdan  o'zgartirish  um um shahar  markaz- 
lari  rejalashtirishini  va  qurilishini  yaxshilaydi.
14


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling