Qaytatayyorlash va ularning malakasini oshirish hududuiy markazi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Gulnoza
Innovatsion texnologiya- ta`lim samaradorligini oshiruvchi omillardan
foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo`llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullaridir. Uning asosiy maqsadi ta`lim jarayonida o`qituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik, o`zgartirishlar kiritish bo`lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg`ulotga aylanadi. Interfaol usullar qo`llanilganda mustaqil ishlash ko`nikma va malakasi rivojlanadi. Ma`lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo`lib, ularning aksariyati tajriba–sinovdan o`tib, yaxshi natija bergan. Ta`lim texnologiyalarini o`quv jarayoniga tadbiq etishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat: - darsni o`qitish jarayonida har bir o`quvchining bilimlarni o`zlashtirishda erkin muloqatga kirishishini rivojlantirish; - ta’lim jarayonida asosiy e`tiborni bilim oluvchining faolligini oshirishga va dars jarayonida ham faollikni oshiruvchi metod va zamonaviy ta`lim vositalaridan foydalanish. Pedagogik texnologiya asosida o`tkazilgan mashg`ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muoammolarga o`z munosabatlarini bildirishga intilishlarini tarbiyalab, ularni fikrlashga, o`z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va o`quvchi faoliyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi. Interfaol darslarda o`qituvchi o`quvchilarning faoliyatini dars maqsadiga yo`naltiradi. Bu usullarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o`quvchilarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayon o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, Gulnoza Nuriddinovna
16
izlanishga jalb etilishi, ta`lim jarayonida fanga bo`lgan qiziqishlari doimiyligi ta`minlanishi, o`qituvchi va o`quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatining doimiy ravishda tashkil etilishini ta`minlaydi. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizini o`qituvchi va o`quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishi tashkil etiladi. Har bir dars, mavzu, o`quv predmetining o`ziga xos texnologiyasi bor. O`quv jarayonidagi pedagogik texnologiya bu aniq ketma- ketlikdagi yaxlit jarayon bo`lib, u o`quvchining ehtiyoji, qiziqishidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo`naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan bo`ladi. Pedagogik texnologiya, umuman olganda, reproduktiv (nusxa olish) dars berishga asoslangan bo’lib,undagi o’quv jarayoni o’quvchilarga tipik holatlardagi harakatlarni egallashgayo’naltirilgan. Pedagogik texnologiyaning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o’quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o’quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv eng avvalo
tasvirlash emas,
balki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko’rsatmali tuzilmada o’z ifodasini topadi.
Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling