Qaytib kelgan, biroq oz fursatdan soʻng Movarounnahr
Download 12.87 Kb.
|
752 yil boshida Abu Muslim Marvga qaytib kelgan, biroq oz fursatdan soʻng Movarounnahr noibi etib tayinlangan Ziyod isyon koʻtargan va Abu Muslimga yana Amudaryoni kechib oʻtishiga toʻgʻri kelgan. Abu Muslim qudratining oshib borayotgani abbosiylarni xavotirga solgan va ular uni yoʻqotish payiga tushishgan. 754 yil may-iyunda Abu Muslim hajga borish uchun Xurosonni tark etgan. Shu paytda as-Saffoh vafot etib, xalifalik taxtiga al-Mansur oʻtiradi. Mansur hokimiyatini amakisi, Vizantiyaga yurish qilgan qoʻshin koʻmondoni Abdulloh tan olmagan. Abu Muslim isyonchini tor-mor keltirgan (754 yil noyabr) va katta oʻljani qoʻlga tushirgan. Mansur oʻljani talab qiladi, bundan gʻazablangan Abu Muslim Xurosonga qaytgan. Biroq xalifa uni yoʻldan qoldirib Madoyin shahriga muzokaraga chaqirtirib keltirishga erishgan. Abu Muslim shu yerda 755 yil 12-fevral (yoxud 27-yanvar)da xalifa qabulida boʻlgan chogida oʻldirilgan. Sakkiz yillik faol diniy-siyosiy faoliyati davrida Abu Muslim "ashaddiy" shialar taʻlimotiga yoki imomatlikka yaqinlashmagan boʻlsa ham uning oʻlimi zamonaviy mazdakiylar, shialarning bir qancha qoʻzgʻolonlarini keltirib chiqargan. "Ashaddiy" shialarning ayrim firqalari uni imom deb eʻlon qilgan, abumuslimiya firqasi paydo boʻlgan. Bularning soʻnggi aks-sadosi Muqanna qoʻzgʻoloni hisoblanadi. Abu Muslim haqida Marvda udum boʻlgan rivoyat, afsonalar keyinchalik fors tilida (uning turkiycha varianti ham bor) yozilgan xalq romani - "Qissai Abu Muslim" (oʻzbekcha "Abu Muslim jangnomasi")ga asos boʻlgan. Download 12.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling