Qdpi 06 23 guruh talabasi Abdukaarimova Zahroxonning tarbiya fanidan qilgan taqdimoti


Download 1.58 Mb.
Sana02.12.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1779618
Bog'liq
QDPI 06 23 guru-WPS Office


QDPI 06_23 guruh talabasi Abdukaarimova Zahroxonning TARBIYA fanidan qilgan taqdimoti.
MAVZU :Kichik maktabga yoshidagi oquvchilarni axloqiy tarbiyalash va bola tarbiyasida oila, maktab va mahalla hamkorligi.
REJA :
1.Kichik maktab yoshidagi oquvchilarning tarbiyasi.
2.Bola tarbiyasining dolzarbligi.
3.Bolaning tarbiyasida asosiy omillar:oila, maktab mahallada.
Kichik maktab davri 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi, Bu davrda bola maktab o‘quvchilariga qo’yiladigan turli talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayorlanadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi,; o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligiga, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkuryning yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanad”. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va shaxsining shakllanishidagi o’rni nihoyatda katta. Bola o’quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida inson ongining turli asosiy shakllarining mazmunini egallaydi va insoniy an’analar asosida harakat qilishni urganadi
Eng muhimi, aynan bu davr axloqiy normalarni anglashning, tushunish, axloqiy qadryatlarni o’zlashtirish va ma’naviy tasavvurning shakllanishi uchun o’ta sezgir va qulay hisoblanadi. Shuning uchun ham kattalarni e’zozlash kichiklarga hurmat, ota-onaga ehtirom ko’rsatish, vatanni sevish, shaxsiy va ijtimoiy mulkka to’g’ri munosabat xislari tarbiyalanadi. Bola jazo va rag’batlantirish o’rtasidagi farqni ajrata oladi va nima qilib bo’lsa ham jazolanishdan qochib, ko’pchilikning nazaridan qolmaslikka harakat qiladi. Shu bois ham oilada va ta’lim maskanlarida bolaning axloqiy va ma’naviy tarbiyasi uchun yaratilgan yaxshi shart-sharoit ayni bu davrda o’zining samarali natijasini beradi
Bu davrning ahamiyatli tomoni shundaki, bolaning bog’cha yoshi davrida to’plagan shaxsiy tajribasi, tilboyligi, bilish imkoniyatlari endi tartibga tusha boshlaydi, u ham intellectual, ham axloqan, ham ijtimoiy tomondan rivojlanib, ulg’aya boshlaydi. Jenevalik psixolog Jan Piaje ma’lumotlariga qaraganda, 6-7 yoshli bolaning intellektual salohiyatida keskin burulishlar ro’y beradi. Uning xotirasi ancha yaxshi bo’lib malum tizimga, tartibga tushadi, endi u ko’proq o’zi xohlagan narsalarni esda saqlab qolishga harakat qiladi
Vaholanki, o’quvchi o’qish ijtimoiy zaruriyat ekanligini anglab yetmasligi barchaga ayondir, biroq kattalarning ko’rsatmalariga amal qilgan holda tirishqoqlik bilan mashg’ulotlarga kirishib ketishlik hollari ko’p uchraydi.
Ta’lim jarayonida o’qituvchi obro’sidan oqilona foydalanib, o’quvchida mehnatsevarlik, uyushqoqlik, o’qishga nisbatan ijobiy munosabat, diqqatni boshqarish, xulqni idora qilish, o’z-o’zini qo’lga olish, o’z- o’ziga tasalli berish, faollik tuyg’ularini vujudga keltirish ta’lim jarayonida yuqori samara beradi. Pedagogik odob nazorat nuqtai nazaridan o’qtuvchi obro’sini o’quvchilar oldida to’kish, shaxsiyatiga tegish va mazah qilish mumkin emas
Oilada doimo tinchlik bo'lishi, bo'sh vaqtini faol tashkil etish, madaniyat, san'at maskanlariga oilaviy sayohatlar uyushtirish - oila barkamolligini ta'minlashga xizmat qiladi. Oilada bolaning to'g'ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyada hamjihatlikdir. Ta'lim tarbiya masalasi murakkab bo'lib, bunday ulkan mas'uliyatli, sharafli ishni oila, mahalla, maktab va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish muhim o'rin egallaydi
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda
ishlab chiqilgan Oila, mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g’oyalariga
sadoqatli, ma’naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini
muvofiqlashtirish borasida muhim dasturilamal bo’ldi. Mamlakatimizda keying yillarda qabul
qilingan ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston
Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi bozor
iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni
tayyorlashda oila, mahalla va makatab nufuzini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishni taqazo
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, bolanitarbiyalashda, maktab, mahalla, oila
hamkorligi to’g’ri yo’lga qo’yilsa, ta’lim tarbiya sifati va samaradorligiga erishish va oldimizga
qo’ygan maqsadni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Qush uyasida ko’rganini
qiladi” deganidek bola ham oilasida qanday tarbiya ko’rsa jamiyatda ham mahallada ham
shuni ko’rsatadi. Ulug’ bir donishmandlardan biri “Agar sen bir yilni o’ylasang bug’doy ek,
hosini kuzning o’zidayoq olasan. O’n yildan keyinni o’ylasang, bog’ yarat, uch to’rt yil o’tib,
meva beradi. Agar sen kelajak tashvishing bilan yashasang farzandlaringga yaxshi tarbiya
ber”- degan ekan. Bu bilan nima demoqchi ya’ni kelajaging bolang qolida sen unga qanday
tarbiya bersang shuni o’zingga qaytaradi.
E'tiboringiz uchun Raxmat
Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling