Qidir Baxtsiz hodisa


Download 21.97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.12.2022
Hajmi21.97 Kb.
#1064988
Bog'liq
Baxtsiz hodisa - Vikipediya



Qidir
Baxtsiz hodisa
Baxtsiz hodisa - turli tabiiy ofat, avariya va boshqa koʻngilsiz hodisalar oqibatida badanga
shikast yetish, mayib boʻlish yoki 
oʻlish
 hollari. 
Oʻzbekiston Respublikasi
qonunlarida korxonalar,
qurilish, transport, konlar va bosh joylarda xavfsizlik qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻyib, Baxtsiz
hodisalarga sababchi boʻlgan shaxslarga nisbatan tegishli jazo choralari belgilangan. Jumladan,
radioaktiv materiallar va yadro qurilmalaridan foydapanish qoidalarini buzish, shu materiallarni
konunga xilof tarzda ishlatish, tadqiqot ishlarini bajarishda, togʻ kon, qurilish yoki portlatish
ishlarida xavfsizlik, mehnatni muhofaza etish, yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish hollari,
transport harakati va vositalaridan foydalanish xavfsizligiga zid ravishda jinoyatlar sodir etilgani
uchun 
Oʻzbekiston Respublikasi
JKda tegishli jazo choralari koʻzda tutilgan. Jumladan,
xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishga oid boshqa
qoidalarning ular ijrosi uchun masʼul shaxslar tomonidan buzylishi oʻrtacha ogʻir yoki tan jarohati
yetkazilishiga sabab boʻlsa, eng kam ish haqining 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda
jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, oʻsha qilmish odam oʻlishiga va boshqa ogʻir
oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, muayyan huquqdan va 5 yilgacha ozodlikdan mahrum
kilish bilan jazolanadi (257-modda). Transport vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxsning
Mast holatda yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-idrokka taʼsir
koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan shaxsning transport vositasini
boshqarishiga yoʻl qoʻyishi badanga ogʻir shikast yetkazilishiga yoxud odam oʻlishiga sabab
boʻlsa, oʻsha masʼul shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima toʻlaydi
yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan va 3 yilgacha ozodlikdan mahrum
qilinadi (261-modda). Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi
koidalarining transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan buzilishi badanga oʻrtacha yoki
ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda
jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan, oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa,

Download 21.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling