Qidir Lazer spektroskopiya


Download 66.18 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.02.2023
Hajmi66.18 Kb.
#1226455
Bog'liq
Lazer spektroskopiya - Vikipediya



Qidir
Lazer
spektroskopiya
Lazer spektroskopiya - optik spektroskopiya sohasi; gazsimon, suyuq va kristall holatdagi
moddalarning atomlari va molekulalari spektrlarini lazer nurlari yordamida tadqiq qiladi. Lazer
spektroskopiya kvant elektronika va optik spektroskopiya chegarasida vujudga kelgan.
Lazerlar yaratilgandan soʻng Lazer spektroskopiyasi jadal rivojlana boshladi. Lazer nurining
oʻziga xos xususiyatlari odsiy (kogerent boʻlmagan) yorugʻlikni qoʻllaganda kuzatish mumkin
boʻlmagan jarayonlarni kuzatishga imkon beradi. Lazer spektroskopiyaning keng spektral
diapozonda nur chastotasini uzluksiz oʻzgartirishga imkon berish, nanosekund, pikosekund
va femtosekund davomatli yorugʻlik impulslarini olish uslublarini yaratish, nurni toʻlqin
uzunligiga teng oʻlchamli joyga fokuslashga imkon berish xossalari quyidagi masalalarni
yechishga imkon berdi: 1) yorugʻlikning muhitlarda yuz beradigan kombinatsion va
Mandelshtam — Brillyuen sochilishi spektral chiziqlarining tarkibi va shaklini oʻrganish; 2)
atom va molekulalarning selektiv ravishda uygʻongan holatlarga oʻtkazish va ularning shu
holatlardagi yashash vaqtini topish hamda pastki holatlarga relaksatsiya qilish va kimyoviy
reaksiyalarga turtki berish qonuniyatlarini tek-shirish; 3) atom va molekulalarda, suyuk, va
qattiq jismlarda koʻp fotonli oʻtishni (bir nechta fotonning bir paytda birgalikda yutilishini)
kuzatish hamda jismlarning katta kuvvatli lazer nuri ostida yemirilish jarayonining tabiatini
oʻrganish; 4) lazer nuri taʼsirida yuz beradigan fluoressensiya yordamida atom va
molekulalarning toʻqnashuvi natijasida spektral chiziqlarning kengayishi va surilishini
aniklash, toʻqnashuvlar chastotasini oʻlchash va toʻqnashuvlarlarda energiyaning bir zarradan
ikkinchisiga uzatilishini tadqiq qilish; 5) atomli va ionli gazlarni sovitib, ularning
temperaturasini 1K dan ham pastga tushirish qonuniyatlarini aniklash; 6) izotoplarni lazer nuri
taʼsiri ostida selektiv ajratib olish; 7) atmosferani zaharlovchi har xil gazlarni masofadan turib


tekshirish va ularning tarkibini aniklash; 8.) biomolekulalar va hujayralarda yuz beruvchi tez va
oʻta tez jarayonlarni oʻrganish va alohida tanlangan yolgʻiz hujayraga lazer nurini fokuslab, uni
selektiv ravishda uygotish.
Fizika, kimyo, biol., metrologiya va boshqafan sohalarining nazariy va amaliy masalalarini
yechishda Lazer spektroskopiyadan keng foydalanilmoqda. Ad.: Lazernaya spektroskopiya
atomov i molekul [per. s angl.], M., 1979. Maruf Krsimjonov.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Lazer_s
pektroskopiya&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 3 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
title=Lazer_spektroskopiya&oldid
=2846525
" dan olindi 

Download 66.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling