Qidir Merkantilizm


Download 26.82 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.12.2022
Hajmi26.82 Kb.
#1038888
Bog'liq
Merkantilizm - Vikipediya



Qidir
Merkantilizm
Merkantilizm (
fransuzcha
mercantilisme
italyancha
mercante — savdogar) — 1) iqtisodiy
tafakkur tarixida mu-him yoʻnalishlardan biri, hukmron hokimiyat va savdogarlar mafkurasini
nazariy asoslashga xizmat qilgan;2) kapitalning dastlabki jamgʻarilishi davrida davlatning xoʻjalik
hayotiga faol aralashuvini yoqlovchi iqtisodiy siyosat. M.ning vujudga kelishi va rivojlanishi Buyuk
geografik kashfiyotlar va mustamlakachilik tizimining paydo boʻlishi bilan bogʻliq. M. dastlab
qonuniy yoʻl bilan pulni koʻpaytirishga qaratilgan siyosatni targʻib qilgan. Xorijdan kelgan
savdogarlarning pulni oʻz mamlakatiga olib ketishini taqiqlagan, savdodan tushgan pulga
mahalliy sanoat mahsulotlarini harid qilish zarur boʻlgan. M. davlatning iqtisodi-yotga faol
aralashishini talab etadi. M. taʼlimotiga koʻra, boylik ishlab chiqarishda emas, balki muomala
sohasida yuzaga keladi va u aynan mamlakatdagi oltin, kumush va boshqa javohirlarda oʻz aksini
topadi. M. 15-asrning 2-yarmidan rivojlana boshlab, 17-asrda ravnaq topdi, 18-asrning 1-yarmiga
qadar nufuzini saqgsab keldi. Uning asosiy nazariyotchilari — T. Men (Angliya), A. Serra (Italiya),
A. Monkretyen (Fransiya) faol savdoni targʻib qildi, yaʼni mamlakatdan tayyor sanoat
mahsulotlarini boshqa joylarga olib borib sotish, bir mamlakatdan arzon bahoda tovar sotib olib,
boshqa davlatga qimmat narxda sotish tamoyilini ilgari surdi. M. mo-hiyatan oʻtkinchi taʼlimot
boʻlishiga qaramasdan, uning gʻoyalari tovar-pul, moliya-kredit, savdo rivojiga muhim hissa
qoʻshdi.
Kapitalizmning paydo boʻlishi bilan M.ning asosiy qoidalari yangi iqtisodiy sharoitga mos kelmay
qoddi. M.oʻrniga erkin iqtisodiy (proteksionizmga qarshi) faoliyatni nazariy asoslagan klassik
siye’siy iktisod maktablari vujudga keldi.
Abduxalil Razzoqov.
[1]
Manbalar

Download 26.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling