Qidir Sement Sement


Download 95.91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.02.2023
Hajmi95.91 Kb.
#1200388
Bog'liq
Sement - Vikipediya



Qidir
Sement
Sement (
lotincha
caementum — shagʻal, chaqiq tosh) — sunʼiy noorganik kukunsimon
bogʻlovchi mineral. Suv qoʻshilsa, xamirsimon massa hosil boʻladi, vaqt oʻtishi bilan qotib,
toshsimon jismga aylanadi. Sement havoda ham, suvda ham qotish xususiyatiga ega.
Sement qurilishda juda keng qoʻllaniladigan betonning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Sementning romansement, portlandsement, glinozyomsement, kengayuvchan, gidravlik
qoʻshimchali kabi turlari mavjud. Romansement ohaktoshni 900° gacha kuydirish yoʻli bilan
olinadi, keyin maydalab kukun holiga keltiriladi. Xom ashyoning xiliga qarab,
romansementning qotish muddati 15 minutdan 24 soatgacha boʻlishi mumkin. Uning
mustahkamligi ancha past boʻlib, 25 dan 100 gacha markali boʻladi. Shuning uchun ham
uning oʻrnini 20-asr oʻrtalaridan boshlab portlandsement egallay boshladi. Glinozyomsement
glinozyom (alyuminiy oksidi)ga boy boʻlgan togʻ jinslari — boksit (alyuminiy rudasi), ohak yoki
ohaktosh aralashmasini kuydirish yoʻli bilan olinadi. Kimyoviy tarkibi 40% SaO; 40% A12O3; 6
— 8% SiO2 dan iborat. Tez qotishi, mustahkamligining yuqoriligi va minerallashgan suvlarga
turgʻunligi bilan ajralib turadi. Markasi 300; 400; 500. Narxi portlandsementga nisbatan 2,5—3
baravar baland. Glinozyomsement katta mustahkamlik talab etiladigan beton va temir-beton
konstruksiyalarda, dengiz va minerallashgan suvlar taʼsirida boʻladigan inshootlarda, tezkor
yoʻl va qurilish ishlarida, qish sharoitida betonlashda qoʻllaniladi. Kengayuvchan Sementning
tarkibida glinozyom sementdan tashqari ohak va gips ham boʻladi; tez qotadi; oʻta
mustahkam va suv oʻtkazmas material hisoblanadi. Kengayuvchan Sement gidroizolyatsiya
ishlarida, choklarni yopish va taʼmirlash ishlarida qoʻllaniladi. Gidravlik qoʻshimchali
portlandsement (baʼzan "putssolan portlandsement" deb ham yuritiladi) Sement klinkeri
(toshqoli) va nordon gidravlik qoʻshimchalar (trepel, diatomit, trass, pemza va boshqalar)ni
birgalikda maydalash (kukunlash) yoʻli bilan tayyorlanadi. Gidravlik qoʻshimchalar aralashma
miqdorining 20—40% ini tashkil etishi mumkin. Bu Sement portlandsementga nisbatan


arzonroq boʻlib, gidrotexnika, vodoprovod va kanalizatsiya inshootlarida qoʻllanadi. Agressiv
suvlar taʼsiriga chidamli. Sement sanoatda 19-asrdan boshlab ishlab chiqariladi.
Sement sanoati
Texnologiya vyajushix veshestv, M., 1965; Qosimov E.Q., Qurilish ashyolari, T., 2003. Botir
Hobilov.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Yana q.
Adabiyot


 
Soʻnggi tahrir 1 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sement
&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Sement&oldid=2857422
" dan 
olindi 

Download 95.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling