Qidir Sharob Sharob yoki vino
Download 113.24 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqSharob - Vikipediya
Qidir Sharob Sharob yoki vino fermentlangan meva suvidan tayyorlanadigan alkogolli ichimlikdir . Meva suvi achishi natijasida undagi xamirturush fruktozani spirtga aylantiradi. Sharob koʻpincha uzumdan , baʼzida olma , marjonmeva yoki boshqa mevalardan tayyorlanadi. Vino ( lotincha : winum — aylanuvchi, oʻraluvchi) — uzum va mevalar sharbati yoki turpini achitqilar ishtirokida spirtli bijgʻitish yoʻli bilan tayyorlanadigan ichimlik. Qadimda Sharq xalqlari V.ni sharob, may, musallas deb yuritishgan. Hoz. davrda V. jahondagi 45 mamlakatda ishlab chiqariladi va deyarli barcha mamlakatlarda isteʼmol etiladi. Jahon mamlakatlari oʻrtasida Fransiya va Qadahlarda qizil va oq sharob. Italiyada eng koʻp uzum vinosi ishlab chiqariladi (aholi jon boshiga oʻrtacha 83—86 l uzum vinosi isteʼmol qilinadi). Ayrim turdagi markali V.lar uzumning faqat bir navidan tayyorlanadi. Oʻzbekistonda V., asosan, uzumdan tayyorlanadi. Yetilgan uzum V.si tarkibida 75—85% suv, 9— 20% spirt, vino va olma kislotalari, kam miqdorda limon, sut, kahrabo kislotalari, glyukoza va fruktozadan iborat qand, mikroelementlar, fermentlar, vitaminlar va b. moddalar boʻladi. V.ni oq (faqat sharbatni bijgʻitish yoʻli bilan), qizil (sharbat va turpini birga bijgʻitish yoʻli bilan) va kaxetin (sharbat, turp va gʻujum boshlarini birga bijgʻitish yoʻli bilan) usullarda tayyorlash mumkin. Quvvatlantirilgan V.ning sof V.dan farqi tarkibidagi spirt (1 litrida 200 g gacha) va qandning (220 g gacha) yuqori miqdorda boʻlishidadir. V. rangi (oqish, pushti, qizil), mazasi, xushboʻyligi, kuchliligi hamda tayyorlash texnologiyasi bilan ham farqlanadi. V.ning musallas (tabiiy), kuchli, desert (shirin), gazli va xushboʻy xillari bor. Musallas uzum sharbatini bijgʻitib olinadi; tarkibida 9— 12% spirt boʻladi. Bunday V. sof (toʻla bijgʻigan, tarkibida deyarli qand qolmagan) va yarim shirin (tarkibida 3— 8% qand boʻlgan) xillarga boʻlinadi. Oq V. konyak ishlab chiqarishda xom ashyo hisoblanadi. Quvvatlantirilgan V. (madera, portveyn, xeres va boshqalar) sof (tarkibida 17— 20% spirt, 3% gacha qand) va yarim shirin (17 —20% spirt, 10% gacha kand boʻlgan) xillarga boʻlinadi.D yesert V. tarkibida 12—17% spirt boʻladi; qand miqdoriga koʻra yarim shirin (5—10% qand), shirin (10—20% qand) va likyor (20% dan koʻp qand) xillarga boʻlinadi. Shampan V. musallaslarni ikkinchi marta bijgʻitib va qand qoʻshib tayyorlanadi. Tarkibida 10,0— 13,5% spirt boʻladi; qand tarkibiga qarab, sof (2,5% qand), nim shirin (4,5%), yarim shirin (6,5%) va shirin (8,5%) xillarga boʻlinadi. Gazlangan V. musallaslarni karbonat angidrid gaziga toʻyintirib tayyorlanadi. Tarkibida 10—12% spirt va 5% qand boʻladi. Xush boʻy V. (vermut, muskat)ning kuchli (18% spirt va 10% qand) va desert (16% spirt va 16% kand) xillari boʻladi. Yoqimli taʼm berishi uchun ularga xushboʻy oʻtlar, ildizlar, barg va b.ning damlamasi qoʻshiladi. Boʻgʻzi tor shisha idish (butilka)larga quyilgan V.ni salqin va quruq (8— 16°) binolarda saqpash lozim. Spirti darajasi past va shampan V.lari butilkani yotqizilgan holda saqlanganda sifati buzilmaydi. Oq musallas va shampan V.lari 3—5, kizil V.lar 5— 10, desert V.lar 18—20 yil, likyor va kuchli V.lar 100 yil sifatini yoʻqotmay saqlanishi mumkin. Oʻzbekistonda V.ning 60 dan ortiq navlari: "Bayan shirey", "Rkatsitelli", "Bihishti", "Farhod", "Vassargʻa", "Oq musallas", "Oʻzbekiston", "Qizil musallas", "Sijjak", "Qora goʻzal", "Kaberne", "Pino" va b. ishlab chiqariladi. [1] Sharob qadimiy ichimlikdir. Birinchi maʼlum sharob 8 ming yil muqaddam hozirgi Gurjiston hududida tayyorlangan. [2][3] Ishlab chiqarish 2009-yili sharob tayyorlash boʻyicha Italiya dunyoda birinchi, undan keyin Fransiya , Ispaniya , AQSh va Argentina edi. Download 113.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling