Qidiruv ishlari natijasida yo’l ga yuk oqimlari kelishi mumkin bolgan joy
Download 24.74 Kb.
|
Qidiruv ishlari natijasida yo
Qidiruv ishlari natijasida yo’l ga yuk oqimlari kelishi mumkin bolgan joy mintaqasi (tortilish mintaqasi) aniqlanadi. Ishonchli bo’lishi uchun katta mintaqa (qidiruvlar mintaqasi) qamrab olinadi. Odatda qidiruvlar mintaqasiga yirik tabiiy hududlar yoki qidirilayotgan joyga qaraganda aynan shu toifadagi yoxud yuqori toifali yaqindagi yo’llar bilan chegaralangan yo’l ga yondosh hududlar kiradi. Sanoat korxonalarida avtomobillar bilan olib ketiladigan mahsulot miqdori va u yetkazib beriladigan punktlar, shuningdek, xomashyo olinadigan joylar va uning hajmi to'g'risidagi ma’lumotlar to'planadi. Qishloq xo'jalik mahsuloti (dalachilik, chorvachilik mahsulotlari, tashib keltiriladigan ta'minot yuklari va ishlab Chiq arishni ta’minlash (o'g'it, yonilg'i va b.)) nuqtayi nazaridan jamoa xo'jaliklari bo'yicha alohida hisobga olinadi. Yer fondi, turli qishloq xo'jalik ekinlari bo'yicha ekiladigan maydonlar, hosildorlik va uning o'sish istiqbollari hisobga olinadi. Mahsulotni tashib keltirish va materiallar olish punktlari hamda yuk tashish muddatlari belgilanadi. Yo'lning xalq xo'jaligi nuqtayi nazaridan samaradorligini asoslash uchun zarur bo'lgan yuk tashish tannarxi to'g'risidagi malumotlar olinishi kerak. To'plangan malumotlar asosida transport aloqalari va yuk tashishlar vedomosti tuziladi, ulardan yo’l tarmog'i konturini rejalashtirishda foydalaniladi. Avtomobillar harakatining haqiqiy ko’lami haqidagi ma’lumotlar yo'l- foydalanish organlarida va loyihalash tashkilotlari kuchi bilan harakatlanishning nazorat hisobini o'tkazish yo’li bilan olinadi. Uni maksimal yuk tashishlar davrida haftaning ish kunlarida 8. . . 12 soat davomida o'tkaziladi. Mavsumiy va haftadagi o’zgarib turishlarni hisobga olish uchun yilning turli davrlari qamrab olinadi. Tranzit avtomobillar soni ularning nomerlari bo'yicha hisobga olinadi. Yo'llarning mo'ljallanadigan tarmoqlari yoki loyihalanadigan marshrut uchun alohida peregonlar bo'yicha yillik o'rtacha sutkalik tig'izlik aniqlanadi. Qishloq xo'jalik ravonlarida vuklarni tashish uchun traktor tirkamalaridan keng foydalanilganligi sababli yuk tashishning bu turi ham hisobga olinishi kerak. Yuk tashishlar mavsumiy xususiyati keskin namoyon bo'lgan hollarda harakatlamsh jadalligini hisoblash tig'iz davr uchun hisob- langandek bajariladi. Temir yo'llarga parallel o'tadigan magistral yo’llar uchun ularga yaqin oraga boradigan yuklarni berish imkoniyati hisobga olinadi. Istiqboldagi yuk oqimlarini aniqlash murakkabligi shundan iboratki mavjud va rejadagi yuk tashishlarni tahlil etish qurilgan yo'lning faollashtiruvchi rolini hisobga ololmaydi, bu yo'l yuk tashishlar imkoniyatini vujudga keltirgan holda, intilish zonasidagi xalq xo’jaligining, oldin ko’zda tutilmagan rivojlanishiga sabab bo'ladi va tranzit yuk oqimlarini jalb etadi. Magistral avtomobil yo’llari qurish amaliyotida ko'pgina shunday hollar ham yuz beradiki, bunda qurilgan yo’llardagi loyihaviy harakatlanish jadalligi (20 yillik istiqbol uchun aniqlangan) bir necha yildan keyinoq bir necha marta ortib ketgan. Shu sababdan yo’l qurilishining «transportga aloqasi bo’lmagan» samarasi ta'sirini hisobga olish uchun istiqboldagi jadallikni hisoblash natijasida tuzatma koeffitsiyent kiritishga to'g‘ri keladi, uning qiymati o'xshash sharoitlarda shunga o‘xshash vollardan fovdalanish tajribasi bo'yicha belgilanadi. Download 24.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling