Qidiruv tizimi Internetda qidiruv tizimlari


Download 111.81 Kb.
bet5/5
Sana23.12.2022
Hajmi111.81 Kb.
#1048942
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qidiruv tizimlari bilan ishlash

Yettinchi qadam. “Dalee” tugmasini bosing:

Sakkizinchi qadam. Chiqib kelgan oynachani pastga tushurib “Prinimayu” degan tugmaga bosamiz:

To‘qizinchi qadam. Pochta yaratildi, endi ishlatishni boshlashingiz mumkin!

Websayt (boshqa variantlari: veb-saytveb saytwebsiteweb site yoki shunchaki sayt; inglizcha: web – “toʻr” va site – “joy”) deb komputer tarmogʻidagi bir elektron manzilda joylashgan elektron hujjatlar majmuiga aytiladi. Elektron manzil domen yoki IP shaklida boʻladi. Vebsaytni veb sahifadan farqlash lozim: veb sahifa vebsaytdagi sahifalardan biri, xolos.
WWW ya’ni World Wide Web internetning bir qismi bo`lib, butunjahon o`rgimchak to`ri ma’nosini anglatadi. WWW da axborot maxsus sahifalarda, ya’ni veb-sahifalarda joylashadi. Veb-sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko`rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko`ra o`zaro bog`langan bir nechta Veb-sahifalar majmui Veb-saytdeyiladi. Veb-saytni kitobga, Veb-sahifani esa kitobning sahifasiga o`xshatish mumkin. Veb-saytdagi Veb-sahifalar o`zaro gipermatn yordamida bog`lanadi. Gipermatn Veb-sahifaning biror qismiga yoki boshqa Veb- sahifaga bog`liqligini ko`rsatuvchi bo`lib, u so`z yoki rasm ko`rinishida bo`lishi mumkin. Gipermatn yordamida Veb-sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Veb-sahifaga tez va oson o`tiladi, bu hol kerakli qism yoki Veb-sahifaga gipermurojaat deb ataladi. Veb-saytlar ham, Veb-sahifalar ham Veb-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o`z manziliga ega bo`ladi.
1960-yillarning oxirida Ted Nelson ismli olim gipermatn tushunchasini yaratdi. Bu kontseptsiya butun olam to`rining asosini tashkil etadi. Unda xujjatlar va sahifalar orasida bog`lanishlar ko`zda tutilganligini alohida ta'kidlab o`tish kerak. Nelson axborotni o`rganishning yangi usulini taklif qildi. U o`quvchiga ma'lumotlarni kitobdagi kabi ketma-ket joylashgan tarzda emas, balki o`quvchiga qulay bo`lgan va zarurat tug`ilganda turli joylarda joylashgan sahifalarga ham o`ta olish imkoniyatiga ega bo`lgan tarzda tasvirlashni hoxlagan edi. Bu usulda kitobni boshidan oxirigacha o`qish va axborotni ketma-ket o`zlashtirish o`rniga o`quvchi o`zi tushunmagan biror so`zni ajratib olishi va bu so`z haqida ko`proq ma'lumotga ega bo`lishi mumkin.
Download 111.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling