QIMMATLI QOG‘OZLARNING DOIMIY DAROMADLARINI BAHOLASH (4 soat)
MAVZUSI BO’YICHA
AMALIY MASHG’ULOT ISHLANMASI
1-topshiriq.
IBM kompaniyasining muomala muddati 100 yilga teng boʻlgan obligatsiyasi 92,50 birlik kurs boʻyicha sotib olingan. Kupon stavkasi 7,72 foizga teng va har yarim yilda bir marta toʻlanadi. Operatsiya daromadliligini aniqlang.
2-topshiriq
Qoplash muddati uch yil, 1000 birlik nominalga ega kuponsiz obligatsiya 878,80 birlik baho boʻyicha sotib olingan. Obligatsiyaning qoplashgacha daromadliligini aniqlang.
3-topshiriq
Qoplash muddati uch yil, nominali 100 ming birlikka teng boʻlgan qoplash vaqtida foiz toʻlanadigan obligatsiya 90 ming birlikka, ya’ni nominalining 90 foiziga sotib olingan. Yillik foiz stavkasi 20 foiz. Investitsiya daromadliligini aniqlang.
4-topshiriq
Faraz qilaylik, A kompaniya aksiyalari boʻyicha keyingi ikki davr mobaynida dividend toʻlovlarining 25 foizlik oʻsishi kutilmoqda. Undan soʻng dividend toʻlovlari yillik oʻsish 5 foiz darajasida barqarorlashadi. Talab qilinadigan daromadlilik stavkasi 12 foiz. A kompaniya aksiyasi qiymatini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |