Qipchoq lahjasining fonetikasi
Download 25.05 Kb.
|
5 mustaqil ta\'lim
Morfologik xususiyatlari: a) Qaratqich va tushum kelishiklari
affiksida —n//d//t tovushlarining almashinishi: -ning/ning ,-ding//ding, -ting/ting, -ni//ni, -di//di, -ti//ti. b) shaxs olmoshlarining jo ‘nalish kelishigi shakli mag‘an, sag‘an, ug‘an; v) hozirgi zamon davom fe'lining -jatir bilan yasalishi: bаrаjatir; g) kelasi zamon sifatdoshining -tig‘an bilan yasalishi: kelatig‘an qozoq til). Qipchoq lahjasida otlarda ko'plik shakli - la r /-l a r, -nar /-nar qo'shimchalari bilan hosil qilinadi: kishilar, qoylar, adamnar, kiyimnar. O'zbek adabiy tilida -lar. Qipchoq lahjasida sen ikkinchi shaxs birlik, siz ikkinchi shaxs birlik hurmat, silar ko'plik, oddiy munosabat, sizlar ko'plik hurmat ma'nolarida qo'llaniladi. O'zbek adabiy tilidan farqli ravishda qipchoq lahjasida 1-shaxs ko'pliklar qo'shimchasini olmaydi va bizlar shaklida ishlatilmaydi. -lar ko'plik qo'shimchasi qipchoq lahjasida adabiy tildan va shahar guruh shevalardan farqli ravishda hurmat ma'nosida kelmaydi (atamnar emas, atam) va fe'llarga qo'shilmaydi (bardilar emas bardi). Fe'lning ko'plik shakli qipchoq lahjasida adabiy tildan farqi ravishda ba'zan shahs-son qo'shimchalaridan oldin kyelishi mumkin bardilaringiz, keldileriniz kabi. Qipchoq lahjasidagi egalik ko'rsatkichi adabiy til bilan o'zining ko'p shakldaligi bilan farqlanadi. Download 25.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling