Qishlоq хo`jаligidа ijtimоiy infrаtuzilmаni rivоjlаntirishning zаruriyati vа аhаmiyati


-rasm. Qishloq xo’jaligida ijtimoiy infratuzilmaning tarkibi


Download 70.23 Kb.
bet5/6
Sana21.06.2023
Hajmi70.23 Kb.
#1638568
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QISHLОQ ХO`JАLIGIDА IJTIMОIY INFRАTUZILMАNI RIVОJLАNTIRISHNING ZАRURIYATI VА АHАMIYATI.

3-rasm. Qishloq xo’jaligida ijtimoiy infratuzilmaning tarkibi.
Qishloq xo’jaligida ijtimoiy infratuzilma obyektlariga kommunal uy xo’jaliklari, tibbiyot muassasalari, ta’lim va maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari, sport-sog’lomlashtirish tashkilotlari, o’quv markazlari, mehnat muhofazasi bo’yicha xizmat sohalari, aholiga transport hamda aloqa xizmati ko’rsatuvchilar va boshqa shu kabilar kiradi.
Ijtimoiy infratuzilma ishchilarning mehnat jarayonida samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan sohalar majmuidir. Ijtimoiy infratuzilmaning asosiy vazifasi qishloq aholisining madaniy-maishiy sharoitlarini yaxshilash hisoblanadi. Ijtimoiy infratuzilma sohalari yakuniy mahsulot yaratishda bevosita ishtirok etmaydi, lekin ular ishlab chiqarish jarayonining normal davom etishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydilar. Bu o’rinda xalqimizning “Yaxshi dam - mehnatga hamdam” maqolini misol keltirish mumkin. Qishloq xo’jaligi mehnatkashlarining yashash sharoiti, madaniy dam olishi, ularga ko’rsatiladigan maishiy xizmatlar qanchalik yaxshi bo’lsa, ularning mehnat unumdorligi ham shunga yarasha bo’ladi.
Ijtimoiy infratuzilma bo’limlari nafaqat korxona ishchilari, balki ularning oila a’zolari kommunal-maishiy talablarini qondirish uchun ham shart-sharoitlarni yaratishda qatnashadi.
Mamlakatimizda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llabquvvatlash uchun qilingan xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlar 1jadvalda keltirilgan.
1-jadval Mamlakatimizda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llabquvvatlash uchun qilingan xarajatlar


2018

2019

mlrd. so’m

xarajatlarga nisbatan foizda

mlrd. so’m

xarajatlarga nisbatan foizda

Xarajatlar (maqsadli jamg’armalarsiz) - jami

79736,1

100,0

118008,6

148,0

shundan:





Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari

39026,9

48,9

63542,3

79,7

shundan:





ta’lim

20631,9

25,9

33536,1

28,4

sog’liqni saqlash

9585,9

12,0

14977,4

12,7

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari 2019yilda 2018-yilga nisbatan keskin oshgan. 2018-yilda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari jami xarajatlar tarkibida 48,9 foizni tashkil etgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 2019-yilda 79,7 foizni tashkil etgan.
Ijtimoiy infratuzilma qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining xususiyatlarini aks ettiradigan o’ziga xos jihatlarga ega. Ijtimoiy infratuzilma obyektlari qishloq xo’jaligi korxonalarining moliyaviy resurslari va tadbirkorlarning pul mablag’lari hisobiga yoki davlat investitsiyalarini qishloqlarda turar-joylar, bolalar bog’chalari, maktablar, poliklinikalar, aloqa tarmoqlari va boshqalar qurilishiga samarali sarflash orqali barpo etiladi. Qishloq joylardagi ijtimoiy infratuzilma sohalari nafaqat qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band ishchilarga, balki qishloq xo’jaligi korxonasi hududida yashovchi aholining boshqa qismiga ham xizmat ko’rsatadi.
Ijtimoiy infratuzilma obyektlarining tashkil etilishi va maqsadga muvofiq ishlab turishi ular joylashgan qishloq xo’jaligi korxonasining iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Xo’jaliklar ijtimoiy infratuzilma bo’limlarini shakllantirishga zarur moddiy-pul va mehnat resurslarini ajratadilar. Qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda xizmat ko’rsatish tarmoqlari asosan shahar va tuman markazlarida ko’proq joylashgan bo’lsa, endi uni shahar atrofidagi aholi punktlari, qishloqlarda tashkil etish zarurati ortmoqda. Xizmat ko’rsatish sohalarining rivojlanganlik darajasi mamlakatning taraqqiy etganligi, jamiyatning rivojlanganligi va aholining turmush farovonligini ko’rsatuvchi muhim mezondir.

Download 70.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling