Qishlоq хo`jаligidа invеstitsiyalаr vа ulаrdаn fоydаlаnish sаmаrаdоrligi


Qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni jalb etish ko’lamini va samaradorligini oshirish yo’llari


Download 104.53 Kb.
bet4/9
Sana22.03.2023
Hajmi104.53 Kb.
#1285830
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ALIMOV

3.Qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni jalb etish ko’lamini va samaradorligini oshirish yo’llari.
Agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalar samaradorligini oshirish qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va aholi turmush farovonligini oshirish imkonini beradi. Buning uchun agrar sohaga jalb qilinadigan investitsiyalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi. Mamlakatimizdagi va chet ellik iqtisodchi olimlar tomonidan agrar sohani investitsiyalash samaradorligini oshirish masalalari tadqiq qilingan. Agrar sohadagi investitsiyalarni moliyalashtirish mexanizmining ayrim nazariy va amaliy jihatlari iqtisodchi olimlarimizdan A. Vahabov, D. G’ozibekov, S. Umarov,
E. Shodmonovlarning ilmiy izlanishlarida tadqiq qilingan. A. Vahobov ilmiy tadqiqotlariga asoslangan holda, agrar sohani investitsiyalash jarayoni davlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlanishi shart degan xulosaga kelgan. E. Shodmonov esa, qishloq xo’jaligi korxonalari moliyaviy holatining beqarorligi, investitsion xarajatlarni moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyatining
cheklanganligi sharoitida lizing asosida investitsiyalarni moliyalashtirish amaliyotini kuchaytirish maqsadga muvofiqligini asoslab bergan. Xorijlik iqtisodchi olimlardan A. Yemelyanov agrar sohaga sarflangan investitsiyalar samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida baholar o’rtasidagi nomutanosiblikni ko’rsatadi. Uning fikriga ko’ra, qishloq xo’jalik mahsulotlari baholarining o’sish sur’ati agrar soha ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan resurslar baholarining o’sish sur’atidan sezilarli orqada qolayotganligi investitsiyalash uchun zarur bo’lgan mablag’larni jamg’arish imkonini bermayapti.
Respublikamizdagi siyosiy-iqtisodiy barqarorlik qishloq xo’jaligiga investitsiyalar jalb etilishiga imkoniyat bermoqda. Uning rivojlanishini ta’minlash maqsadida investitsion siyosatning huquqiy asoslari ham barpo etilgan. Ularning mavjudligi so’nggi yillarda tarmoqqa ma’lum miqdorda investitsiyalar sarflanishini ta’minlamoqda.
So’nggi yillarda respublika iqtisodiyotiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 3-4 foizi qishloq xo’jaligiga sarflangan. Bu mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam. Shuning uchun kelajakda bu investitsion holatni qishloq xo’jaligi foydasiga o’zgartirish maqsadga muvofiqdir. Xuddi shunday holatni xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonida ham kuzatish mumkin. Chet el investitsiyalarini qishloq xo’jaligiga jalb etish bo’yicha ham holat talab darajasida emas. Bu boradagi ishlarni jonlantirish va shu orqali qishloq joylarda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar sonini ko’paytirish maqsadga muvofiqdir. Bu orqali nafaqat mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortadi, balki qishloq aholisini ish bilan ta’minlashga ham erishiladi.
Investitsiyalarni amalga oshirishda xo’jaliklarning o’zlari tomonidan sarflangan mablag’lar ham muhim ahamiyatga ega. 2019yilda ularning mablag’lari hisobidan qishloq xo’jaligiga sarflanayotgan investitsiyalarning 9,3 foizi amalga oshirilgan, vaholanki 2018-yilda ushbu ko’rsatkich 22,2 foizni tashkil etgan edi. Qishloq xo’jaligi tarmog’ida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini oshirish lozim.
Qishloq xo’jaligi tarmog’ida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning investitsion faolligiga salbiy ta’sir etayotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-oktabrdagi “Fermer xo’jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari miqdorini maqbullashtirish choralarini ko’rish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo’yicha maxsus komissiya tashkil etish to’g’risida”gi 3077-sonli farmoyishiga muvofiq fermer xo’jaliklarining ekin maydonlari qayta ko’rib chiqildi. Ushbu farmoyish asosida tashkil etilgan maxsus komissiyalar har bir fermer xo’jaligini individual o’rganib chiqib, yer uchastkalari miqdorini maqbullashtirish choralarini ko’rish yuzasidan takliflar ishlab chiqishi nazarda tutilgan edi. Ya’ni, fermer xo’jaligining mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda uning yer uchastkasini kengaytirish, o’zgarishsiz qoldirish yoki kamaytirish bo’yicha takliflar berishi lozim edi. Lekin, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan o’sha paytda fermer xo’jaliklarining yer uchastkalari miqdorini ko’paytirish ularning iqtisodiy salohiyatini oshiradi degan fikrlar ilgari surildi. Shu sababli ushbu farmoyish bo’yicha mamlakatimizdagi fermer xo’jaliklari asosan yiriklashtirildi. Buning natijasida ko’plab fermer xo’jaliklaridan yer uchastkalari qaytarib olindi. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2015-yil 15-dekabrda “Fermer xo’jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 362-sonli hamda 2019-yil 9-yanvardagi “Fermer xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xo’jaligi ekin yer maydonlaridan samarali foydalanishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 14-sonli qarorlari ham qabul qilindi. Ushbu hukumat qarorlarining ijrosini ta’minlash jarayonida ham joylardagi ayrim mutasaddi rahbarlarning yo’l qo’ygan xatolari tufayli fermer xo’jaliklaridan yer maydonlarining asossiz olib qo’yilishi holatlari kuzatildi. Buning natijasida fermer xo’jaliklari rahbarlarida o’zlariga uzoq muddatga ijaraga berilgan yer uchastkalarining shartnomada ko’rsatilgan muddat davomida daxlsiz bo’lishiga ishonch susaydi. Bu esa fermerlar tomonidan o’z faoliyatiga uzoq muddatli investitsiyalarni amalga oshirishga bo’lgan ishtiyoqning pasayishiga olib keldi. Bundan ko’rinadiki, bozor munosabatlarini yanada takomillashtirish qishloq xo’jaligi tarmog’ida investitisiyalar ko’lamining kengayishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Barcha yo’nalishlar bo’yicha qishloq xo’jaligiga sarflanayotgan investitsiyalarning maqsadga muvofiq yo’naltirilishi ta’minlanishi kerak. Hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligi tarmog’iga davlat budjetidan ham ko’plab mablag’lar yo’naltirilmoqda. Jumladan, qishloq xo’jaligining ayrim sohalarni rivojlantirish uchun subsidiyalar ajratilmoqda. Ushbu mablag’lardan foydalanish ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozim. Ulardan oqilona, samarali foydalanish natijasida qishloq xo’jaligining yalpi mahsuloti, yalpi va sof daromadi ortadi. Bu investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi yuksalishini ta’minlaydi.


Download 104.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling