Qishlоq хo`jаligidа invеstitsiyalаr vа ulаrdаn fоydаlаnish sаmаrаdоrligi


Download 104.53 Kb.
bet5/9
Sana22.03.2023
Hajmi104.53 Kb.
#1285830
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ALIMOV

XULOSA VA TAKLIFLAR
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish fondlari uchun sarflangan mablag’lar investitsiya deyiladi. Ma’lum belgilariga qarab investitsiyalar turlarga ajratiladi.
Qishloq xo’jaligini ishlab chiqarish resurslari bilan talab darajasida ta’minlash, ularni takror ishlab chiqarish uchun investitsiyalar jalb etilmoqda.
Investitsiyalar tufayli tarmoqda fan-texnika taraqqiyoti jadallashmoqda, uning yutuqlaridan foydalanish jarayoni rivojlantirilib, ilg’or texnologiyalar joriy etilmoqda. Investitsiyalar korxonalarning o’z mablag’lari hamda chetdan jalb etilayotgan mablag’lar evaziga amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligiga jalb etilayotgan mablag’lar summasi ortib bormoqda.
Investitsiyalardan foydalanishning mutlaq hamda qiyosiy samaradorligini tarmoq, korxona va yo’nalishlar bo’yicha aniqlash maqsadida muayyan ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish lozim.
Qishloq xo’jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalar miqdori, iqtisodiy samaradorligi mavjud imkoniyatlar darajasida emas. Kelajakda investitsiyalarni talab darajasida jalb etish va ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun investitsiyalar manbalarini kengaytirishga erishish, investitsiyalar jalb etishda zarur infratuzilmani rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, investitsiyalardan maqsadga muvofiq, samarali foydalanishga erishish kerak.

QISHLОQ ХO`JАLIGIDА MЕHNАT MОTIVАTSIYASI VА ХОDIMLАRNI MОDDIY RАG`BАTLАNTIRISH.
Reja:

KIRISH

1. Mehnat resurslarining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari.


2. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini

tavsiflovchi ko’rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi.

3. Qishloq xo’jaligida mehnat motivatsiyasi va xodimlarni moddiy rag'batlantirish



KIRISH
Mamlakatimizning qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan barcha talablarini qondirishda mehnat resurslarining ahamiyati katta. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun moddiy, mehnat va moliyaviy resurslari mavjud bo’lishi shart. Ushbu resurslar ichida mehnat faol resurs bo’lib, qolgan ikkita resursni bir-biri bilan bog’laydi va uning darajasi ishlab chiqarish jarayonining natijalariga ta’sir ko’rsatadi.
Mehnat - bu insonning ongli, maqsadga yo’naltirilgan faoliyatidir. Ishlab chiqarish jarayoni inson mehnati, mehnat predmetlari va vositalari, tabiiy sharoitlarning samarali uyg’unlashishini talab etadi. Inson shu ishlab chiqarish vositalarini ma’lum hududda, davrda ishga solib, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiradi. Jumladan, ekinlar ekiladigan yerlarni shudgorlash, ekishga tayyorlash, ekish, suv berish, ishlov berish, hosilni terib olish va boshqalar. Ishlab chiqarish jarayonining samarasi, avvalo, mehnat resursining bilimiga, malakasiga, mehnatga munosabatiga, qolaversa, fan-texnika taraqqiyotiga, ishlab chiqarish vositalarining sifatiga, holatiga va nihoyat, tabiiy sharoitga bog’liq. Demak, inson o’z faoliyatini ularning barchasini oqilona, uddaburonlik bilan samarali ishga solishga qaratishi kerak. Shunday mehnat iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Uning tabiati ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Demak, talabni qondira olish qobiliyatiga ega bo’lgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, xizmatlarni bajarish insonning ongli faoliyati, ya’ni mehnatiga bevosita bog’liqdir.
Qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholining turmush farovonligi mazkur tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlarning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligiga bevosita bog’liq. Qishloq xo’jaligi tarmog’i qanchalik rivojlansa, qishloq joylarda istiqomat qiluvchi aholining bandligini ta’minlash, ularning daromadlarini oshirish imkoniyatlari shunchalik ortadi.
Qishloq xo’jaligida mehnat resurslari tarkibiga mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar hamda o’z xohishiga ko’ra mehnat faoliyati bilan shug’ullanayotgan o’smirlar va nafaqaxo’rlar kiradi. Qishloq xo’jaligida o’smirlar asosan mavsumiy ishlarga jalb etilishi mumkin.
Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatimizda 2019-yilda mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi soni 19837,2 ming kishini tashkil etgan bo’lib, 2018-yilda ushbu ko’rsatkich 19791,7 ming kishini tashkil etgan. 2019-yilda 2018-yilga nisbatan mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi soni 45,5 ming kishiga yoki 0,2 foizga oshgan.


Download 104.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling