Qishlоq хo`jаligidа invеstitsiyalаr vа ulаrdаn fоydаlаnish sаmаrаdоrligi
Download 104.53 Kb.
|
ALIMOV
1. Mehnat resurslarining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati va o’ziga
xos xususiyatlari.Qishloq xo’jaligida mehnat resurslarining tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi o’ziga xos xususiyatlari mavjud: - mehnat va uning samarasi tabiiy sharoit bilan bog’liq; mehnat resursidan foydalanishga qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining mavsumiyligi katta ta’sir ko’rsatadi; qishloq xo’jaligidagi mehnat jarayoni tirik organizmlar bilan uzviy bog’langan; qishloq xo’jaligida mehnat jarayonining mexanizatsiyalashganlik va avtomatlashganlik darajasi past; tarmoqda mehnat jarayoni tor doirada ixtisoslashmagan; qishloq xo’jaligida mehnat sharoitlari boshqa tarmoqlardagiga nisbatan past darajada bo’lib, quyosh radiatsiyasi, chang va boshqa omillar mehnat resurslarini o’ziga yuqori darajada jalb etmaydi; qishloq joylarida mehnat resurslari sonining o’sish sur’ati nisbatan yuqori va hokazo. Ta’kidlangan xususiyatlar tarmoqda sarflanadigan mehnatning miqdoriga, sifatiga va samarasiga bevosita ta’sir etadi. Tabiiy sharoitlar, ya’ni iqlim va yerning holati mehnat resursining samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi. Qish oylarida mehnat resursiga bo’lgan talab keskin kamayib, bahorda va hosilni yig’ib olishda esa unga bo’lgan talab ortadi. Shu davrda mavsumiy ishchilarni shartnoma asosida jalb qilish talab etiladi. Dehqonchilik va chorvachilikda mehnat qilayotgan xodimlar o’simliklarning hamda chorva mollarining xususiyatlarini bilishlari lozim. Tarmoqning yangi, unumli texnikalar bilan talab darajasida ta’minlanmaganligi ayrim ish jarayonlarini (sug’orish, yagonalash, hosilni yig’ib olish, chorva hayvonlarini oziqlantirish, sog’ish va boshqalar) to’liq mexanizatsiyalashtirish imkonini bermaydi, natijada jonli mehnat xarajatlari yuqori bo’ladi. Qishloq xo’jaligida mehnat jarayonini amalga oshirishda uning samarali bo’lishini ta’minlash uchun barcha xususiyatlarni e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir. 2020-yil 1-yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 33905,8 ming kishini tashkil etgan bo’lib, 2019-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 650,3 ming kishiga yoki 1,9 foizga oshgan. 2020-yil 1-yanvar holatiga hududlar bo’yicha shahar va qishloq aholisi soni to’g’risidagi ma’lumotlar 1-jadvalda keltirlgan. 1-jadval Download 104.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling