Qishlоq хo`jаligidа invеstitsiyalаr vа ulаrdаn fоydаlаnish sаmаrаdоrligi


-yil 1-yanvar holatiga hududlar bo’yicha shahar va qishloq aholisi soni, ming kishi


Download 104.53 Kb.
bet7/9
Sana22.03.2023
Hajmi104.53 Kb.
#1285830
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ALIMOV

2020-yil 1-yanvar holatiga hududlar bo’yicha shahar va qishloq aholisi soni, ming kishi




Jami aholi soni

shu jumladan:

shahar aholisi

qishloq aholisi

O’zbekiston Respublikasi

33905,2

17144,1

16761,1

Qoraqalpog’iston Respublikasi

1898,3

930,5

967,8

Andijon

3127,7

1633,9

1493,8

Buxoro

1923,9

709,5

1214,4

Jizzax

1382,1

648

734,1

Qashqadaryo

3280,4

1410,4

1870

Navoiy

997,1

487,7

509,4

Namangan

2810,8

1815,1

995,7

Samarqand

3877,4

1438,3

2439,1

Surxondaryo

2629,1

954

1675,1

Sirdaryo

846,3

361,3

485

Toshkent

2941,9

1446,7

1495,2

Farg’ona

3752,0

2117,7

1634,3

Xorazm

1866,5

619,3

1247,2

Toshkent sh.

2571,7

2571,7

0

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2020-yil 1-yanvar holatiga mamlakatimiz aholisining 49,4 foizi yoki 16761,1 ming nafari qishloq joylarda istiqomat qiladi.
Mamlakatimizda urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-martdagi 68-sonli “O’zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi 965 ta aholi punktlari shahar posyolkalari toifasiga kiritilib, ularni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishni yanada kuchaytirish borasida chora-tadbirlar belgilandi. Shu kabi chora-tadbirlar natijasida mamlakatimiz jami aholisi tarkibida qishloq aholisining ulushi sezilarli darajada pasaydi. 2009yilgacha bo’lgan davrda mamlakatimizda jami aholi tarkibida qishloq aholisining ulushi 63,0 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2020-yil 1-yanvar holatiga kelib ushbu ko’rsatkich 49,4 foizni tashkil etmoqda. Respublikamiz hukumati tomonidan urbanizatsiya darajasini yanada rivojlantirish bo’yicha islohotlar izchil amalga oshirilmoqda va buning natijasida kelajakda jami aholi tarkibida qishloq aholisining ulushi yanada pasayishi tabiiy jarayondir.
Mamlakatimizda mehnat resurslari va uning tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.

Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2019-yil holatiga mamlakatimizda mehnat resurslari soni 18949,0 ming kishini tashkil etgan bo’lib, jami aholiga nisbatan 55,9 foizni tashkil etgan. 2019-yilda jami mehnat resurslarining 8896,3 ming nafari yoki 46,9 foizi qishloq joylardagi mehnat resurslari tashkil etgan.


2019-yilda O’zbekiston Respublikasi hududlari bo’yicha iqtisodiy faol aholi, bandlar va ishsizlar soni 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadval 2019-yilda O’zbekiston Respublikasi hududlari bo’yicha iqtisodiy faol aholi, bandlar va ishsizlar soni




Iqtisodiy faol aholi
soni jami, ming kishi

ulardan:

Aholining iqtisodiy faollik
darajasi2), foizda

Aholining bandlik
darajasi3), foizda

Ishsizlik darajasi, foizda

iqtiso-
diyotda bandlar

ishsiz-
lar1)

O’zbekiston Respublikasi

14876,4

13541,1

1335,3

75,0

68,3

9,0

Qoraqalpog’iston Respublikasi

782,2

711,3

70,9

69,2

63,0

9,1

Andijon

1413,9

1284,5

129,4

77,2

70,2

9,2

Buxoro

875,4

797,1

78,3

76,2

69,3

8,9

Jizzax

590,3

536,2

54,1

74,0

67,2

9,2

Qashqadaryo

1345,3

1220

125,3

70,7

64,1

9,3

Navoiy

450,9

412,7

38,2

75,9

69,5

8,5

Namangan

1214,7

1104,6

110,1

73,2

66,5

9,1

Samarqand

1604,2

1455,8

148,4

72,1

65,4

9,3

Surxondaryo

1128,8

1024,2

104,6

74,0

67,2

9,3

Sirdaryo

385,9

350,1

35,8

76,1

69,0

9,3

Toshkent

1353,5

1232,9

120,6

78,5

71,5

8,9

Farg’ona

1644,8

1492,6

152,2

74,5

67,6

9,3

Xorazm

810

736,5

73,5

72,8

66,2

9,1

Toshkent sh.

1276,5

1182,6

93,9

86,9

80,5

7,4

  1. ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo’lmagan aholi

  2. Iqtisodiy faol aholi sonini mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soniga nisbati

  3. Band aholi sonini mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soniga nisbati

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2019-yilda mamlakatimizda aholining iqtisodiy faollik darajasi 75 foizni, bandlik darajasi 68,3 foizni, ishsizlik darajasi esa 9,0 foizni tashkil etgan. 2019-yilda iqtisodiyotda band bo’lganlar soni 13541,1 ming kishini tashkil etgan bo’lib, 2018-yilda ushbu ko’rsatkich 13273,1 ming kishini tashkil etgan. 2019-yilda 2018-yilga nisbatan iqtisodiyotda band bo’lganlar soni 268,0 ming kishiga yoki 2,0 foizga oshgan.
2. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi.
Mehnat resurslari qishloq xo’jaligini rivojlantirishda faol ishlab chiqarish resursi sifatida katta ahamiyatga ega. Chunki ular boshqa ishlab chiqarish omillarini bir-biri bilan bog’laydi. Ishlab chiqarishning pirovard natijasi mehnat resursiga bevosita bog’liqdir. Shunday ekan, ulardan yil davomida to’liq, samarali foydalanishga erishish lozim. Buning uchun mehnat resurslaridan foydalanishning holati va samaradorligini aniqlash va unga ko’ra tegishli choralar ko’rib borilishi kerak.
Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanish holati va samaradorligiga baho berishda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:

  1. mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi. Ushbu ko’rsatkichni aniqlash uchun xo’jalikda mavjud bo’lgan mehnat resurslari soni qishloq xo’jalik yerlari miqdoriga bo’linadi. Uni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:


Bunda: MRus – mehnat resurslari umumiy soni, kishi; QXY – qishloq xo’jalik yerlari, ga.
Ushbu ko’rsatkich qishloq xo’jalik korxonasi ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan me’yorlar darajasiga imkon qadar yaqin bo’lishi kerak.

  1. mavjud mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti. Ushbu

ko’rsatkichni aniqlash uchun mehnat resurslarining o’rtacha yillik soni mehnat resurslarining umumiy soniga bo’linadi. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Bunda: MRo’ys – mehnat resurslarining o’rtacha yillik soni, kishi; MRus – mehnat resurslarining umumiy soni, kishi.
Bu ko’rsatkichning darajasi birga yaqin bo’lgani maqsadga muvofiqdir. Shunda mavjud mehnat resurslaridan foydalanish darajasi yuqori bo’lganligidan dalolat beradi.

  1. mehnat resurslarining xo’jalik faoliyatida qatnashishi. Ushbu ko’rsatkich xo’jalik faoliyatida jami sarflangan vaqtni mehnat resurslarining umumiy soniga taqsimlash orqali aniqlanadi, bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:


Bunda: MRsv – mehnat resurslarining jami sarflagan vaqti, kishikuni, kishi-soat.
Bu ko’rsatkichning mutlaq miqdori aniqlanayotgan davrdagi (oyda, yilda) bir kishining ish vaqti fondidan yuqori bo’lmaydi. Mehnat resurslarining har bir guruhi uchun amaldagi qonunlarda yillik yoki oylik ish vaqti fondi belgilanadi. Uning miqdorini bir yildagi kalendar kunlar miqdoridan barcha turdagi bayram (agar u qonun bo’yicha dam olish kuni hisoblansa), dam olish hamda ta’til kunlarini ayirish orqali aniqlanadi. Respublikamizda bir xodimning yillik o’rtacha ish vaqti fondi 285 kun miqdorida belgilangan. Bu iqtisodiy faol mehnat resurslarining yillik ish vaqti fondi hisoblanadi. O’smirlar uchun bu fond ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilgan holda belgilangan. Xuddi shunday imtiyozlar inson salomatligi uchun zararli ishlarni bajaruvchilar uchun ham o’rnatilgan. Mehnat resurslarining xo’jalik faoliyatida qatnashishi ko’rsatkichi imkon qadar ushbu me’yorga yaqin bo’lishi kerak.

  1. belgilangan ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti. U bir ishchi yoki xizmatchining ishlab chiqarishda haqiqatda ishlagan vaqtini (kishi-kuni, kishi-soat) qonunda belgilangan miqdorda ishlashi lozim bo’lgan vaqtga taqsimlash natijasida aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:


Bunda: Ih – mehnat resurslarining bir yilda haqiqatda ishlagan vaqti, kishi-kuni, kishi-soat;
Im – mehnat resurslarining qonunda belgilangan me’yor bo’yicha ishlashi lozim bo’lgan vaqti, kishi-kuni, kishi-soat.
Bu koeffitsiyentning miqdori birga yaqin bo’lishi kerak. Agar uning darajasi qanchalik past bo’lsa, bu mehnat resurslari foydali mehnat jarayonida kam qatnashganligidan dalolat beradi.

  1. mehnatning mavsumiylik koeffitsiyenti. Ushbu ko’rsatkichni aniqlash uchun ma’lum davr (bir yil, bir oy) mobaynida eng ko’p sarflangan kunlik mehnat sarfi shu davrdagi eng kam sarflangan kunlik mehnat sarfiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:

Mmk =
Bunda: Imax – ma’lum davrdagi eng ko’p sarflangan kunlik
mehnat sarfi, kishi-kuni, kishi-soat;
Imin – ma’lum davrdagi eng kam sarflangan kunlik mehnat sarfi, kishi-kuni, kishi-soat;.
Ushbu koeffitsiyentning miqdori 1-1,2 ga teng bo’lgani maqsadga muvofiqdir. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz qishloq xo’jaligida uning miqdori belgilangan me’yordan yuqoriroq bo’lmoqda. Bu mehnat resurslarining ishlab chiqarish jarayonida bir me’yorda qatnashmayotganligidan dalolat beradi. Bu holni yumshatish zarur, buning uchun kam mehnat sarflanadigan oylarda ishlab chiqarishning boshqa sohalarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bu masalani har bir korxona o’zining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hal etishi mumkin.
g) mehnat unumdorligi darajasi. Ushbu ko’rsatkichni aniqlash
uchun haqiqatda sarflangan jami mehnat sarfi miqdorini shu davrda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga yoki qiymatiga taqsimlash zarur:

Bunda: MS – ma’lum davrda sarflangan mehnat, kishi-kuni, kishisoat;
YM – ushbu davr mobaynida yetishtirilgan mahsulot miqdori yoki qiymati.
Bu ko’rsatkich yetishtirilgan bir birlik (sentner, tonna, so’m) mahsulot uchun qancha mehnat sarflanganligini ifodalaydi. Ushbu ko’rsatkich mehnat sig’imi ham deyiladi va mehnatni tejash iqtisodiy qonunining talabidir.

Download 104.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling