Qishlоq хo`jаligidа invеstitsiyalаr vа ulаrdаn fоydаlаnish sаmаrаdоrligi


Qishloq xo’jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati


Download 77.78 Kb.
bet2/10
Sana12.03.2023
Hajmi77.78 Kb.
#1263355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Valijonova

1. Qishloq xo’jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati.


Barcha omillarni e’tiborga olgan holda sarflanadigan investitsiyalar qishloq xo’jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini barpo etadi, qishloq xo’jaligi zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, bino-inshootlar bilan ta’minlanadi, bog’lar, uzumzorlar barpo etiladi, chorva hayvonlarining mahsuldor zotlari yaratiladi va hokazo. Ular yangi ish o’rinlari barpo etilishini ham ta’minlaydi, qishloq xo’jaligida band bo’lgan tadbirkorlarning bilimlarini, malakalarini yuksaltiradi, bozor munosabatlarini shakllantiradi. Ularning uyg’unlashishi natijasida tarmoqda yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko’payib, raqobatbardoshligi oshadi. Bu, o’z navbatida, aholi va qayta ishlash tarmoqlarining talabi qondirilishini ta’minlaydi, fuqarolarning turmush darajasini yuksaltiradi. Bularning hammasi investitsiyalarning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati katta ekanligidan dalolat beradi.


Investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyoti va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati ulkan.
Birinchidan, investitsiyalar jami xarajatlarning asosiy qismi hisoblanadi. Investitsiyalardagi o’zgarishlar jami talabga yetarlicha ta’sir ko’rsatadi, shuningdek aholining bandligi va yalpi milliy daromad hajmining ham o’zgarishini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, investitsiyalar korxonaning asosiy fondlari jamg’arilishiga, ya’ni ko’payishiga olib keladi. Bunda ishlab chiqarish kuchlarini kengaytirishga sarf qilingan pul mablag’lari boshlang’ich bosqichda korxona faoliyati natijalariga ta’sir etmasligi mumkin, lekin kelajakda iqtisodiy o’sish uchun zarur bazani yaratadi.
Uchinchidan, investitsiyalarning noratsional sarf qilinishi ishlab chiqarish resurslari, xarajatlar o’sishiga olib keladi, natijada yalpi milliy daromad qisqaradi. Misol uchun, tugallanmagan qurilishning ko’payishi, moddiy resurslar sarfi oshishi, to’lanadigan ish haqining ko’payishi hamda ishlab chiqarishning qisqarishi shular jumlasidandir. Ular sarflanayotgan investitsiyalarning qiymati o’sishiga hamda samaradorligi pasayishiga ta’sir etadi.
Investitsiyalarning miqdori, dinamikasi va samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq:

  • investitsiya amalga oshirilayotgan loyihaga;

  • mamlakatdagi va korxona faoliyatidagi iqtisodiy o’zgarishlarga;

  • davlatning soliq siyosati va banklarning foiz stavkasiga;

  • tashqi savdo bo’yicha yuritilayotgan siyosatga;

  • valyuta kursi o’zgarishiga;

  • mamlakatning siyosiy hayotidagi barqarorlikka.

Investitsiyalar qishloq xo’jaligining har tomonlama rivojlanishiga ko’maklashadi, chunki ularning evaziga tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi. Ulardan to’liq va samarali foydalanish natijasida jonli mehnat xarajatlari qisqarib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ko’payadi, sifati yaxshilanadi. Bu hol qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan talab yanada yaxshiroq qondirilishini ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda sof foyda summasi ko’payadi. Natijada qishloq xo’jaligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida rivojlantirish imkoniyati paydo bo’ladi, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yanada yuksaladi. Bular investitsiyalarning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi mavjudligidan dalolat beradi.

Download 77.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling