Qishloq Qurilish Bank
Download 0.58 Mb.
|
Mundarija
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Internet banking
"Internet banking" xizmati mijozlarga online-to’lov shaklida bank hizmatlari uchun, soliq, davlat bojlari uchun hamda boshq to’lovlarni bank binosiga kelmagan holda, masofadan turib amalga oshirish imkonini beradi. Bizning bank Sizga zamonaviy bank xizmati turlaridan biri hisoblangan «Internet-banking» elektron to‘lov tizimi bilan tanishishni va undan foydalanishni taklif etadi.
Bizning bank Siz bilan hamkorlik qilishni istaydi va Sizga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: • Jahon andozalariga mos bank xizmat turlaridan foydalanish;
«Internet-banking» dasturiy tizimi Sizga quyidagi qulayliklarni yaratadi: • Ofisdan chiqmasdan to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati evaziga vaqtingizni va mablag‘ingizni tejash;
Tadbirkorlik sub’ektlar masofadan xizmat ko’rsatish “Internet-banking” tizimidan foydalanish bo’yicha bosqichma-bosqich harakatlar 1. “Internet-banking” tizimiga boglanish uchun mijozda quyidagi minimal texnik-dasturiy vositalar bo’lishi talab e’tiladi: - personal kompyuter “Pentium”; - “windows XP” operatsion tizim; - “Internet” aloqasi. 2."Internet-banking" tizimi ulanish uchun mijoz bank filialiga murojaat qiladi. 3. Mijozlarga "Internet-banking" tizimini o’rnatish uchun ikki tomonlama shartnoma rasmiylashtiriladi. 4. o’z navbatida bank filiali tomonidan mijozning identifikatlari asosida tayyorlangan elektron raqamli imzo kaliti mijozga belgilangan tartib asosida beriladi. 5. Mazkur dasturni ishga tushirish uchun zarur bo’ladigan uskunalar (komp'yuter, modem va boshqalar), aloqa kanali va xarajatlar mijoz hisobidan amalga oshiriladi. 6. Tizimni o’rnatish va ishga tushirish bank xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 7. "Internet-banking" tizimidan foydalanadigan mijozdan aloqa kanali orqali olingan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan elektron to'lov topshiriqnomasi dasturiy nazoratdan o’tkazadi va bank amaliyot kuniga qayta ishlash uchun uzatadi. 8. "Internet-banking" tizimi orqali uzatilgan elektron to'lov topshiriqnomasining qog’oz shaklidagi asl nusxasi bankka taqdim etilmaydi va o’rnatilgan tartibda mijozda saqlanadi. Bunda, to’lov topshiriqnomasining elektron va qog’ozdagi shaklining to’g’ri rasmiylashtirilganligi hamda ularning o’zaro mosligi bo’yicha javobgarlik mijoz zimmasiga yuklatiladi. 9. "Internet-banking" tizimi orqali elektron to’lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan bo’lsa, shu kuni o’tkaziladi. Elektron to’lov hujjati bankning amaliyot kuni tugaganidan keyin tushgan taqdirda, elektron to’lov keyingi bank ish kunidan kechiktirmay o’tkaziladi. "Internet-banking" tizimi orqali mijozlarga ko’rsatilgan bank xizmati uchun komission to’lovlar bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi. Xulosa qilib aytish mumkinki Bankda bo’lgan amaliyot paytida, Universitetda o’tilgan darslarni mustahkamlash imkoni mavjud bo’ldi. Amaliyot bajarish davomida bilim va malakamni oshirishimga imkoniyat yaratildi va bundan unumli foydalangan holda ko’plab yangi bilimlar oldim. Amaliyot o’tash men uchun judayam foydali bo’ldi deb o’ylayman chunki u yerda ko’plab yangi sohalar va koplab kerakli dasturlar bilan ishlashni mashq qildim. O’rgangan bilimlarim kelajakda men uchun asqotadi degan umiddaman. Bankda amaliyot o’tish davrida ko’plab qiynalgan dasturlarim bo’ldi va u yerdagi mutahhasislar menga yordam berishdi tez orada hammasini o’rganib oldim va bu menga ancha foyda bo’ldi. Faqatgina shu dasturlarni o’rganibgina qolmay yangi dasturlar ustida ham ish olib bordim masalan Internet Banking. Bu dastur tadbirkorlar uchun judayam qulay dastur hisoblanib mobil turi ham mavjud. Bu dastur yordamida tadbirkorlar masofadan turib hisobotlarni yuborish va to’lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar www.google.ru www.kompy.info “Kompyuter tarmoqlari” Qalxanov P. 2014 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil “Kompyuter tarmoqlarini chuqurlashtirilgan kurs” X. Zayniddinov, S. O’rinboyev A. Beletisky Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling