Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini kirish
Download 121.5 Kb.
|
БП ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ МАҲСУЛОТЛАРИНИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- FERMER XO’JALIGI TO’G’RISIDA MA’LUMOT
- LOYIHANING ASOSIY MAQSADI
- LOYIHANING G’OYaSI
QIShLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARINI KIRISh O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo’l ochib berilmoqda. Natijada, tadbirkorlar safi kundan kunga ko’payib, xalq xo’jaligining turli tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Bu esa, Respublikamiz iqtisodiyotiga sezilarli darajada ulush qo’shmoqda. Bizning fermer xo’jaligimiz ham tuman iqtisodiyotiga o’z ulushini qo’shish maqsadida 25 gektar er maydonda har hil dexqonchilik mahsulotlarini etishtirishni rejalashtirmoqda. Ushbu er maydoning 9 gektarida paxta, 7 gektarida bug’doy, 9 gektarida meva-poliz mahsulotlarini parvarish qilinib, Respublika hirmoniga va xalqimiz dasturxoniga mahsulot etishtiriladi. Hozirgi kunga kelib ushbu mahsulotlarni etishtirishni hisob-kitobini ishlash maqsadida ushbu biznes reja ishlab chiqildi. FERMER XO’JALIGI TO’G’RISIDA MA’LUMOT Fermer familiyasi, ismi, sharifi – _____________ Pasport ma’lumotlari: seriyasi __, raqami №__________, kim tomondan berilgan Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahri IIB___________ “_____________” fermer xo’jaligi Qoraqalpog’iston Respublikasi, _______________________________da joylashgan. LOYIHANING ASOSIY MAQSADI Fermer xo’jaligi 25 gektar er uchastkasida har xil qishloq xo’jalik ekinlarini parvarish qilish, har yili o’zida ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish va aholi ehtiyojini qondirish, olinadigan foydani ko’paytirishni asosiy maqsad qilib qo’ygan. Loyihaning g’oyasi: bozor iqtisodiyoti sharoitida, hamda mustaqil yosh respublikamizni sifatli xalq ist’emol mollari bilan ta’minlash, bu davr talabi. LOYIHANING G’OYaSI Loyihaning g’oyasi shundan iboratki, aholining turmush darajasi oshib borgan sari Respublikamizda sifatli mahsulotlarga va xizmatlarga bo’lgan talab ortib bormoqda, jumladan xalq ist’emol mollariga bo’lgan talab va aholining ehtiyojini qondirish maqsadida zaminimizda etishtirilayotgan dexqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirishdir. Download 121.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling