Qishloq xo‘jaligi ta’lim sohasi bo‘yicha Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining magistratura mutaxasisliklarini magistrlik dissertatsiyasi mavzulari Institut rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan


Download 37.19 Kb.
bet2/4
Sana27.10.2023
Hajmi37.19 Kb.
#1726387
1   2   3   4
Bog'liq
magistrlik dissertasiyasi annotatsiyasi

_________A.M.Qo’chqorov
O’simliklar himoyasi va qishloq xo’jaligi mahsulotlari karantini kafedrasi mudiri., b.f.n



KIRISH (magistrlik dissertasiyasi annotatsiyasi)


Maʼlumki, qishloq xoʼjalik ekinlaridan moʼl hosil olish va yetishtirilgan hosilni toʼliq saqlab qolishdagi asosiy omillardan biri bu zararkunandalar, kasalliklar va begona oʼtlardan oʼz vaqtida himoya qilishdir.
Insoniyat zararli organizmlar taʼsiri tufayli har yili 203,7 mln.tonna don, 228,4 mln.tonna qand lavlagi, 23,8 mln.tonna kartoshka, 23,4 mln.tonna sabzavot, 11,3 mln.tonna meva xosilini kam yetishtiradi.
BMT qoshidagi FАO tashkilotining maʼlumotlariga qaraganda jahonda har yili qishloq xoʼjalik ekinlari hosilining 30 % dan ortigʼi zararkunandalar, kasalliklar va begona oʼtlar zararidan nobud boʼladi. Rivojlangan davlatlarda bunday nobudgarchiliklar 20-25 % ni tashkil etsa, kam rivojlangan davlatlarda 40, hatto 50 % gacha yetadi.
Professor Rossning (2011) maʼlumotiga koʼra АQShda hashoratlarning qishloq xoʼjalik mahsulotlariga hamda oʼrmonlarga yetkazgan zarari va boshqa zararlarni qoʼshib hisoblaganda har yili 25-30 milliard dollarni tashkil etadi.
Mamlakatimizda oʼsimliklarni ximoya qilish sohasini tizimli tartibga solish va uni zamonaviy asosda tashkillashtirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000 yil 31 avgust kuni “Qishloq xoʼjalik oʼsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʼtlardan himoya qilish toʼgʼrisida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga koʼra Respublikamizda qishloq xoʼjaligi ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashda uygʼunlashgan kurash tizimini qoʼllash asosida ekologik xavfsiz biologik usulni istiqbolli kurash usuli sifatida kengroq joriy etish rejalashtirilgan.
Hurmatli Prezidentimizning tashabbusi bilan qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasini “2017-2021 yillarda yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha HАRАKАTLАR STRАTEGIYaSI”ning 3-nchi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish” ustuvor yoʼnalishining 3.3.- “Qishloq xoʼjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish” bandida kasallik va zara rkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xoʼjaligi ekinlarining yangi selektsiya navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish masalasi koʼzda tutilgan edi.
Surxondaryo viloyati boʼyicha 2023 yilda jami qishloq xoʼjalik ekinlari ekiladigan maydonlar 231428 gektarni tashkil etadi, shundan paxta -72370 gektar, boshoqli don ekinlari-90800 gektar, sholi-2424 gektar, dukkakli don ekinlari-6131 gektar, moyli ekinlar-1000 gektar, sabzavot ekinlari-18075 gektar, poliz ekinlari-3386 gektar, kartoshka-4128 gektar, ozuqa (em-xashak) ekinlari-17502 gektar, banitet bali past yerlarda koʼp yillik daraxtzorlar-13162 gektar, uzumzorlar (tokzorlar)-1698 gektar va tutzorlar-3236 gektardan iborat. Viloyat miqyosida yuqorida koʼrsatilgan maydondagi qishloq xoʼjalik ekinzorlarida turli xil xavfli kasalliklarlar tarqalib kuchli darajada ziyon yetkazishi mumkin.
Aholini servitamin oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishda sabzavot ekinlaridan - karam alohida ahamiyatga egadir, undan turli xil taomlar va masalliqlar tayorlashda foydalaniladi.
Aholini o‘sib borayotgan extiyojini ekologik toza va to‘la qimmatli qishloq xo‘jaligi maxsulotlari bilan ta’minlashda ekinlarda uchraydigan turli fitopotolik kasalliklarni kelib chiqish sabablari, tarqalishi, o‘simlik va inson xayotiga hamda tevarak atrofga ta’sirini o‘rganish hozirgi kunnig eng dolzarb muammolaridan biridir. Shu uchun o‘simliklarni har xil zamburug‘lar keltirib chiqaradigan kasalliklardan himoya qilish muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi mutaxasislari har bir fermer ekinlarni tuproqqa ekishdan boshlab to hosilni yig‘ishtirib olgunga qadar fitopotologik kasalliklarni yuqtirib olish xavfini bilgan xolda hushyor bo‘lmog‘i zarur. Tarqalgan yoki tarqalish xavfi bor bo‘lgan
kasaliklarga nisbatan kimyoviy vositalardan betartib foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, balki kasallikdan oldin profilaktika ishlarini olib borish soha mutaxassislaridan kuchli bilim talab etadi. Ushbu qo‘llanma o‘simliklarda uchraydigan kasallik belgilarini to‘liq o‘rgangan xolda kasallikka erta tashxis qo‘yish va uni oldini olish choralarini qo‘llashga yordam beradi. Buning uchun mutaxassis kasallikni yuzaga keltiruvchi organizmning fiziologiyasi, bioekologiyasi, morfologik tuzilishi, ko‘payish usullarini mukammal bilmog‘i zarur. Kasallik tarqalganda qo‘llaniladigan preparatning kimyoviy tarkibini, sarflanish meyorini, ta’sir etish davrini aniq belgilash kasallikni bartarf etishda katta yordam beradi. Bu esa soha mutaxassisidan chuqur bilim, malaka va ko‘nikmalarni talab etadi. Qayd etilishicha, so‘nggi uch yilda viloyatda sabzavot maydonlari 35 ming gektarga kengaytirilgan va 10 ming gektarda intensiv bog‘lar, tokzor va issiqxonalar barpo etilgan.
Jumladan, Termiz, Sariosiyo va Sho‘rchi tumanlarida 150 gektarda limon, Sherobodda 3,1 ming gektarda anor va Bobotog‘ hududida 2,7 ming gektarda pista plantatsiyalari barpo etildi. Natijada viloyatning meva-sabzavotlar eksporti so‘nggi uch yilda 2 barobar oshib, 100 million dollarga yetdi. Viloyat salohiyatini to‘liq ishga solib, ushbu ko‘rsatkichni kamida 500 million dollarga yetkazish mumkin. Buning uchun viloyatning bebaho tabiatidan foydalanib, ertaki mahsulotlarni yetishtirish orqali, yiliga 3 marta hosil olish zarur.
Masalan, so‘nggi yillarda Angor tumanida 6,5 ming gektarda ertaki ekin sifatida ko‘kat, karam, brokkoli, qizil lavlagi, bulg‘or qalampiri kabi mahsulotlarni yetishtirmoqda. Bundan tashqari, 21 ming aholi xonadonidagi 2,3 ming gektar tomorqada ham ushbu eksportbop ekinlar ekilmoqda. Buning hisobiga, tumanda joriy yilning o‘zida qariyb 10 million dollarlik mahsulotlar eksport qilingan. Kelgusi besh yilda Angorda eski bog‘ va tokzorlar hamda yangi o‘zlashtiriladigan yerlar hisobidan ertaki ekinlar maydoni 20 ming gektarga va eksport hajmi yiliga 25 million dollarga yetkaziladi. Shuningdek, tumanda 1 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari ochiq tanlov asosida, aholiga o‘rtacha 50 sotixdan uzoq muddatga ijaraga beriladi va 2 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratiladi.
Angor misolida, boshqa tumanlarda xam jami 50 ming gektar maydonda ertaki ekinlar yetishtirish yo‘lga qo‘yilib, eksport hajmi yiliga 100 million dollarga yetkaziladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu yetishtirilgan ertaki meva-sabzavot mahsulotlarni tezkor eksportga yuklash tizimini tashkil qilish maqsadida, Eksportni rag‘batlantirish agentligi qoshida Surxondaryo viloyati uchun alohida jamg‘arma tuzilib, har yili 100 million dollar mablag‘ yo‘naltirilishini ma’lum qildi.
2022- yilning yanvar-avgust oylarida O’zbekiston 12 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 32.7 mln. AQSH dollariga teng bo’lgan 130.2 ming tonna karam eksport qilgan.
O’zbekiston eng ko’p karam eksport qilgan davlatlar:
Qozog’iston – 91.6 ming tonna Rossiya – 26 ming tonna Qirg’iziston - 6.7 ming tonna Belarussiya – 5.2 ming tonna Ukraina - 513.3 tonna Litva – 98.1 tonna. Pirovardida, joriy yilning buguniga qadar 870 ming AQSh dollaridan ortiq qiymatidagi 5 ming tonna karam mahsuloti Surxon vohasidan chetga eksport qilindi.

Download 37.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling