86
Quvurli quduqlar (skvajina) 20 m dan 200 m gacha chuqurlikda bo‘lib,
uning
diametri filtr va nasos o‘lchamlariga bog‘liq ravishda 529-624 mm bo‘ladi (21-rasm).
Chuqurlari po‘lat, sayozlari asbestsement quvurlar bilan jihozlanadi. Suvli
qatlam qismida filtr o‘rnatiladi. Filtrlar setka, qum-shag‘al to‘kmasi bilan jihozlanadi.
Suv nasoslar yordamida ko‘tariladi. Bunda shamol kuchidan ham foydalansa bo‘ladi.
Sizot suvlarini tik quduqlardan tashqari yotiq suv yo‘llari
yordamida ham yer
yuzasiga chiqarsa bo‘ladi. Bunday inshootlar koriz deb atalib,
qadimda Markaziy
Osiyoda juda ko‘plab korizlarning mavjudligi ma’lumdir (22-rasm).
Korizlar odatda 2-5 m li qalinlikka ega bo‘lgan suvli qatlam yer sathidan uncha
chuqur bo‘lmagan (odatda 5-8 m) holatlarda hosil qilinadi.
Ular yotiq suv yig‘uvchi va suv
o‘tkazuvchi yo‘laklar va tik kuzatuv
quduqlar ko‘rinishda bo‘lib, suv
o‘tkazuvchi
yo‘lak
0,003-0,005
nishablikda suv oqimi yo‘nalishi
bo‘ylab 1,5-1,8 m balandlikda va
0,7-1
m enlikdagi hosil qilingan
lahim ko‘rinishida bo‘ladi. O‘lchami
1 m li kuzatuv quduqlari suv
o‘tkazuvchi yo‘laklar trassasi bo‘lib,
har 25-50 m da hosil qilinadi.
Korizlarning
uzunligi bir necha
kilometrgacha, debati 250 l/s gacha
(odatda 25-50 l/s) bo‘lishi mumkin.
Bu suvlar,
aksariyat, sovuq
bo‘lganligi uchun, ular sug‘orish
dalasiga borgunicha «yo‘l yurishi» kerak, shunda ularning harorati ko‘tariladi. Bu
manbadan kerakli hajmni kerakli vaqtda olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: