Qishloq xo‘jaligida mehnat bozori


Download 103.66 Kb.
bet2/7
Sana09.04.2023
Hajmi103.66 Kb.
#1344700
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-mavzu

Demografik omillar. Demografik omillarning ta’siri natijasida, bu yerda mehnat bozoriga ta’sir qiladigan mehnat resurslarini rivojlanish jarayoni dinamikasi (harakati) aniqlanadi. Bu omillar jamiyatdagi aholi, uning milliy tarkibi, soni va ma’lumotlari bilan chambarchas bog‘liq. Agar demografik omillarning ta’siri yuqori bo‘lsa, mehnat bozorida aktiv va passiv siyosatning amalga oshishiga sharoit yaratiladi.
Demografik omillar mehnat resurslari harakatini qamrab oladi, ya’ni mehnat bozorida mehnat resurslari tayyor ishchi kuchi sifatida shakllanadi, rivojlanadi va hududlar bo‘yicha taqsimlanadi.
Tashkiliy omillar. Bu omillar mehnat bozori faoliyatining ilk shakllanishiga ta’sir etib, u ishsizlikni band aholiga bo‘lgan davrda muhim hisoblanadi. Shuningdek, mehnat bozorining o‘zini tashkil etish, shakllantirishda ham bu omil etakchi o‘rinni egallaydi.
Ushbu omillarni mujassamlashtirgan holda, quyidagi yo‘nalishlarda mehnat bozori faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar keltirildi:
  • aholi soni, yoshi va jinsining salmog‘idagi o‘zgarishlar;
  • ish bilan bandlikdagi tarmoq va hududiy o‘zgarishlar;
  • qo‘shimcha ish kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mezoni;
  • ishlab chiqarish hajmi, uning o‘sish sur’ati, ishlab chiqarish tarkibi;
  • ishlab chiqaruvchi kuchlarning hududiy joylashuvi;
  • mehnat resurslarini boshqarish usuli.



Omillar guruhi

Afzalliklari

1.

Demografik

-mehnat resurslari rivojlanishi dinamikasini aniqlash; -mehnat bozorida aholini guruhlarga ajratilishiga imkoniyat yaratish; -ishsiz aholini ish bilan band aholi toifasiga aylanishiga ko‘maklashish; -mehnat bozorida aholi bandligini tartibga solish samaradorligini oshirish.

2.

Ijtimoiy-iqtisodiy

-mehnat bozorini xolisona ijtimoiy-iqtisodiy tahlil etish; -mehnat resurslari rivoji muammolarini aniqlash; -mehnat bozorini takomillashtirish istiqbollarini aniqlash va bashorat qilish.

3.

Tashkiliy

-mehnat bozorining samarali Shakllanishiga Sharoit yaratish; -mehnat resurslarining faoliyatida qoniqish ko‘nikmalarini shakllantirish; -mehnat bozori tarkibini guruhlarga ajratish; -mehnat bozorida moddiy farovonlikni vujudga keltirish.

Mehnat bozori dinamikasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar esa quyidagilardan iborat:
-demografik, u aholining soni, undagi iqtisodiy faol aholining salmog‘i, uning harakatchanligi va boshqa larni o‘z ichiga oladi;
-ijtimoiy, uning tarkibiga turmush darajasi, jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi, iqtisodiy sheriklik munosabatlarining rivojlanganlik darajasi va boshqa lar kiritiladi;
-tashkiliy-huquqiy, u davlat muassasalarining mehnat va aholi bandligini tashkil etishdagi rolini, mehnat sohasi va tadbirkorlikning huquqiy bazasi ishlab chiqilgani hamda uning sifati boshqa larni ifodalaydi.
Bizning respublikamiz hududlarida mehnat bozoriga ta’sir qiladigan omillar esa hozirgi sharoitda quyidagilar bilan xarakterlanadi:
- mamlakatdagi demografik vaziyat va tendensiyalarning paydo bo‘lishi;
- ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning mavjudligi va potensialning mavjudligi; - ishsizlar va bandlar sonining doimo paydo bo‘lishi;
  • ishchi kuchiga talab bilan taklifning bir-biriga nisbatan muvozanatda bo‘lmasligi; - ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganlik darajasi;

  • - korxonalarning iqtisodiy mustaqilligi va tadbirkorlik faoliya-tining rivojlanganligi; - shahar va qishloq joylarida aholi turmush tarzining farqlanishi;


Download 103.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling