Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar huquqiy holatining umumiy tavsifi O‘zbekiston Respublikasi yer fondi tarkibida qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar mustaqil toifani tashkil etadi


Download 15.1 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi15.1 Kb.
#1639768
Bog'liq
Qishloq xojaligi yerlari


Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar huquqiy holatining umumiy tavsifi O‘zbekiston Respublikasi yer fondi tarkibida qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar mustaqil toifani tashkil etadi. 2015 yining 1 yanvar holatiga ko‘ra ushbu toifa yerlarining maydoni 20417.0 gektarni, yoki jami foydalaniladigan yerlarning 45.48 foizini tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ular alohida ahamiyatga ega bo‘lib, asosiy vosita sifatida xarakat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 43-moddasiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar deb "Qishloq xo‘jaligi extiyojlari uchun berib qo‘yilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar tushuniladi". Yerlarni maqsadli belgilash, ya’ni ularni yaroqliligi darajasidan kelib chiqib foydalanish xo‘jaliklararo ham da ichki xo‘jalik yer tuzish loyixalari natijalariga ko‘ra belgilanadi. Shunday qilib, bu loyixalar xo‘jaliklarga ma’lum qism yerlardan qishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanish imkoniyatini beradi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar mamlakat yagona yer fondida maydon jixatidan birinchi o‘rinda turadi. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning umumiy xususiyati shundan iboratki, bu yerlar qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 1-moddasida yer umummilliy boylik, O‘zbekiston Respublikasi xalqi xaeti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi deb ta’kidlangandir. Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanish ko‘zda tutilgan barcha yerlar, xalq xo‘jaligini qishloq xo‘jaligi maxsulotlariga tobora o‘sib borayotgan extiyojlarini qondirish maqsadida yer isloxati va qishloq xo‘jaligi isloxati talablariga muvofiq qishloq xo‘jaligi yuritish faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan foydalaniladi. 2§. Qishloq xo‘jaligiga moljallangan yerlarni berish tartibi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar avvalo, qishloq xo‘jaligi korxonalariga beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Yer Kodeksida belgilanishicha, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlari va daraxtzorlar, ichki xo‘jalik yo‘llari, kommunikatsiyalar, o‘rmonlar, yopiq suv xavzalari, binolar, imoratlar va inshootlar egallangan yerlarga ajraladi (EK 43-modda). Shuningdek xaydaladigan yerlar, nichanzorlar, yaylovlar, tashlandiq yerlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar (bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt kuchatzorlari, mevazorlar va boshqalar) egallagan yerlar ham qishloq xo‘jaligi yerlari jumlasiga kiradi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ichida sug‘oriladigan yerlar muxim o‘rinni egallaydi. Sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni sug‘orishni ta’minlay oladigan sug‘orish manbai bilan bog‘langan doimiy yoki muvakkat sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan yerlar sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiradi. Yer uchastkalaridan foydalanish maqsadiga qarab qishloq xo‘jalik korxonalari yerlari tovar qishloq xo‘jaligi maxsuloti etishtirishga mo‘ljallangan hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga (uy-joylar, binolar, inshootlar, yo‘llar va x.k..) bo‘linadi. Suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab qishloq xo‘jaligi korxonalari yerlari sug‘oriladigan yerlar ham da lalmi yerlari toifalariga bo‘linadi. Yuqoridagilardan tashqari, qishloq xo‘jalik korxonalarning yerlari xo‘jalik yuritish shakliga qarab jamoa fondi yerlari va dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratilgan yerlar toifalariga bo‘linadi. Ma’lumki barcha qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar kimning foydalanishida bo‘lishidan qat’iy nazar, foydalanish maqsadlari hamda qonunda belgilangan huquqiy holatlariga ko‘ra ma’lum umumiy o‘xshashlikka ega. Bunday yerlardan, ya’ni qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan foydalanish huquqining sub’ektlari jismoniy va yuridik shaxslar bo‘lishlari mumkin. Amaldagi yer qonunchiligiga binoan yerdan foydalanuvchilar ularga berilgan yerdan faqat qonunda ko‘rsatilgan maqsaddagina foydalanishlari mumkin. Masalan, fermer xo‘jaligi o‘ziga berilgan yerdan asosan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadidagina foydalanishga xaqli. Yuqorida keltirilganidek, qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘zlariga biriktirilgan yerlarda birinchi navbatda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini amalga oshirsalar, ikkinchi tomondan ular yerdan ishlab chiqarish binolari qurish, yordamchi xo‘jaliklar barpo etish, qurilish matyeriallarini ishlab chiqarish, turar-joy va ma’muriy binolar, madaniy-maishiy binolar qurish uchun ham foydalanadilar. Qishloq xo‘jalik korxona va tashkilotlarini yer bilan ta’minlash amalda xo‘jaliklararo yer tuzish usuli bilan o‘tkaziladi. Bunday yer tuzish ishlari bajarayotgan paytda yer uchastkasi chegaralanadi va uning chegaralari marzalar bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 32-moddasida, yer uchastkasi ajratib berilganda bu uchastka chegarasi natura xolida (yerning o‘zida) aniqlanib, o‘zga uchastkalardan marza va boshqa xil chegara belgilari bilan ajratib qo‘yilishi belgilab qo‘yilgan. Tegishli yer tuzish organlari yer uchastkasi chegaralari joyda belgilaganlaridan so‘ng, yerdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatni beradilar. Bu hujjat tegishli xokimiyat organlari tomonidan beriladi va yerdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi yagona yuridik hujjat bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi yer qonunchiligiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligini yuritish, shuningdek o‘zga maqsadlar uchun berilishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi yerlari o‘zga maqsadlarda, qoida tariqasida, keyinchalik qishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanish uchun yaroqli xolga keltirish sharti bilan vaqtncha foydalanishga beriladi.(Yer kodeksi 46-modda) Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi uchun ajratilgan yerlar eng qimmatli yerlar hisoblanib, oziq-ovqat maxsulotlariga bo‘lgan va sanoatni xom-ashyoga bo‘lgan extiyojini qondirishda o‘ta muxim ahamiyatga ega. 3§. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari Yer kodeksining 39-moddasi yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquqlarini o‘rnatadi. Unga ko‘ra, yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagi huquqlarga ega: 1) yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq mustaqil xo‘jalik yuritish; 2) qishloq xo‘jalik ekinzorlari va ko‘chatzorlari ham da dov-daraxtlarga, etishtirilgan qishloq xo‘jalik maxsuloti va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga bo‘lgan mulk huquqi; 3) yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, o‘rmonzorlar, suv ob’ektlaridan xo‘jalik extiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish; 4) yerlarni sug‘orish va ularning zaxini qochirish, agrotexnika va boshqa melioratsiya ishlari o‘tkazish; 5) qishloq xo‘jalik ekinlarini, dov-daraxtlarni sug‘orish ham da boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish; 6) belgilangan tartibda uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy ham da boshqa imoratlar va inshootlarni barpo etish, yer uchastkalaridan foydalanish maqsadi va loyiha hujjatlariga muvofiq ularni qayta qurish va bo‘zib tashlash. Yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar bu ishlarni yer egalari bilan kelishib amalga oshirishga xaqli; 7) yer uchastkasi olib qo‘yilgan taqdirda unga etkazilgan zararning (shu jumladan boy berilgan foydaning) qoplanishini yoki yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganida sarflangan xarajatlarning to‘lanishini talab qilish; 8) yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtncha foydalanishga va ichki xo‘jalik ijarasiga berish. Yer egasi bo‘lgan fuqaro yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kimoshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni dehqon xo‘jaligi yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish maqsadida kreditlar olish uchun garovga qo‘yishi mumkin. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori yerdan foydalanishda quyidagi majburiyatlarni bajarishi shart: 1) yerdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qo‘llash, o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida hududda eqologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik; 2) ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish; 3) yerlarni muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish; 4) yer solig‘ini yoki yer uchun ijara xaqini o‘z vaqtda to‘lash; 5) boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlarini bo‘zmaslik; 6) foydali qazilma konlarini ishlatish, qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq xo‘jalik yerlari va o‘rmonzorlarni ularga extiyoj qolmaganidan keyin o‘z hisobidan qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi yoki baliq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli holatga, mazkur ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilgan xollarda esa, belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish; 104 7) foydali qazilma konlarini ishlatish chog‘ida, shuningdek boshqa ishlarni amalga oshirish paytida o‘zlariga egalik qilishga va foydalanishga ham da mulk etib berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkalari hududidan tashqaridagi qishloq xo‘jalik ekinzorlari, o‘rmonzorlar va boshqa yerlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish yoki uni mumkin qadar cheklash chora-tadbirlarini amalga oshirish; 8) maxalliy davlat xokimiyati organlariga yerdan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarni o‘z vaqtda taqdim etish; 9) boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga va mulkdorlariga etkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash.
Download 15.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling