Qishloq xo’jalik korxonalarida asosiy vositalar hisobi. Asosiy vositalardan foydalanishda xo‘jasizlikka barham berish va ularning butligi uchun shaxsiy javobgarlik o‘rnatish uchun barcha asosiy vositalar ishlatish joylarida moddiy javobgar shaxslarga biriktiriladi. - Asosiy vositalardan foydalanishda xo‘jasizlikka barham berish va ularning butligi uchun shaxsiy javobgarlik o‘rnatish uchun barcha asosiy vositalar ishlatish joylarida moddiy javobgar shaxslarga biriktiriladi.
- Asosiy vositalarning mavjud qoldig‘i va harakatlanishi quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:
- 0100 – “Asosiy vositalarni hisobga oladigan schyotlar”
- 0110 – “Yer”
- 0111 – “Yerni obodonlashtirish”
- 0112 – “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish”
- 0120 – “Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar”
- 0130 - “Mashina va uskunalar” – “Mebel va ofis jihozlari”
- 0150 – “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi”
- 0160 – “Transport vositalari”
- 0170 – “Ishchi va mahsuldor hayvonlar”
- 0180 – “Ko‘p yillik o‘simliklar”
- 0190 – “Boshqa asosiy vositalar”
- 0199 – “Konservatsiya qilingan asosiy vositalar”
Ushbu schyotlarning debetida asosiy vositalarning boshlang‘ich qoldig‘i va ularning kirimi, krediti bo‘yicha esa chiqib ketishi aks ettiriladi. - Ushbu schyotlarning debetida asosiy vositalarning boshlang‘ich qoldig‘i va ularning kirimi, krediti bo‘yicha esa chiqib ketishi aks ettiriladi.
- Asosiy vositalarni sotib olish va qurishning bajarilishini nazorat qilish uchun barcha qurilish va jihozlash ishlari, ko‘p yillik daraxtlarni ekish va o‘stirish, asosiy vositalar sotib olish va asosiy poda tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar oldindan
- 0810-“Tugallanmagan qurilish”,
- 0820-“Asosiy vositalarni xarid qilish”,
- 0840-“Asosiy podani tashkil etish”,
- 0850-“Yerni obodonlashtirishga kapital qo‘yilmalar” schyotlarida hisobga olib boriladi.
- Asosiy vositalarni qabul qilish 0110-0190 schyotlarining debeti va 0810, 0820, 0840, 0850 schyotlarining kreditida aks ettiriladi.
- Vaqtinchalik foydalanishda turgan kapital qurilish obhektlari doimiy foydalanishga berilguncha asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi. Bu obhektlar bo‘yicha qilingan xarajatlar buxgalteriya hisobida tugallanmagan kapital qurilish sifatida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |