Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari


-rasm. Pnevmatik va aerozolli transport qurilmalari


Download 1.82 Mb.
bet8/37
Sana18.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1594520
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma

6-rasm. Pnevmatik va aerozolli transport qurilmalari.
Oziq-ovqat sanoati korxonalarida pnevmatik va aerozolli transportlar ma’lum masofaga mahsulotlarni aspiratsion tizimda ushlanadigan aspiratsion changni ko‘chirish uchun qo‘llaniladi hamda pnevmotransport ombor va ishlab chiqarish binolarini markazlashtirilgan changdan tozalash uchun ishlatiladi. Pnevmatik va aerozolli tarnsportlarning ishlash tamoyili shundan iboratki, havo oqimiga material kiygiziladi va shu oqim bilan quvurlar orqali kerakli joyga olib boriladi. Havo oqimi ventilatorlar, havo haydagichlar yoki kompressorlarda hosil qilinadi. Aerozolli transport bilan faqat kukunsimon materiallar ko‘chiriladi.
Suyukliklarni tashish qurilmalari: Oziq-ovqat sanoati korxonalarida texnologik jarayonlar uchun ko‘plab bosim ostidagi suyuq moddalarni tashish uchun quvur-o‘tkazgich transportlari qo‘llaniladi. Bu qurilmalarni shu yo‘nalish sharoitida ishlatishning ahamiyatliligi quyidagichadir: korroziyadan himoyalashni talab etuvchi agressiv muhitlar (yog‘ kislotalari, kaustik sodasi, xlorid va sulfat kislota eritmalari, tuzli eritmalar), nasos va quvurlarni ishatishni talab etadigan tez qotadigan suyuqliklarni tashish (salomas, yog‘ kislotalari, gudron, ayrim moylar, sovun asosi), yonuvchi va portlovchan muhitlar (benzin, spirt, mazut) tashiladi. Quvur-o‘tkazgich transportlarining asosiy elementlari nasoslar, armatura va quvurlar hisoblanadi.
Nasos deb, dvigatelning mexanik energiyasini suyuqlik oqimi energiyasiga aylantiruvchi mashinalarga aytiladi.
Korxonalarda ikki turdagi nasoslar ishlatiladi: kurakli (markazdan qochma va vexrevoy) hamda hajmiy (porshenli, shesternali va vintli).
Nasoslarni muhim texnik tavsifiga quyidagilar kiradi (nasosni tanlashda ular asos qilib olinadi):

  1. uzatish unumdorligi, m3/soat;

  2. kuchlanish, suyuqlik ustuni yoki mPa;

  3. muhit haroratining chegaralari, 0C;

  4. ishchi haroratda muhitning maksimal qovushqoqligi, Pas;

  5. ko‘chirilayotgan muhit zichligi, kg/m3;

  6. nasos quvvati, kVt.

  7. KPD


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling