25
- mening aybim rahmdilligim;
- meniki esa bag’rikengligimda... deb o’z ayblari haqlarida gapirishayotganlarini
eshitaman. O’sha payt yolg’iz mening aytishgada hijolat bo’ladigan ayblarim
borligini his qilaman.
117 Hajga ketishimdan oldin onam menga dedilar:
“Anjomlaringga o’ta diqqatli bo’l! Makkada ko’zdan surmani olib qo’yadigan
o’g’rilar bor. Makkada birgina ko’ksdan yurakni “o’g’irlaydigan” “o’g’ri” bor. U
Mohir al-Muayqaliydir.
118 Bomdod namozida imom quyidagi oyatni o’qiyapti: “Rozi boʼlishing uchun Men senga shoshdim, ey Robbim”. 9
Shunda bir chol oyoqlari ko’tarilib ketguday bo’lib dedi: “Ey Rabbim, sen tomon
borishni kechiktirgan bandangni kechir!”
Ularning qalblariga (bu his) qayerdan kelar ekan-a?!
119 Bomdod namozida yer osmondan ko’p ham uzoq emasligini bilib olamiz.
Biz juda katta masofa deb hisoblaydiganimiz narsani birgina sajda bilan bosib
o’tish mumkin.
120
Mendan: “Nima uchun sizlar erta uxlaysizlar-u, biz esa uxlay olmay qiynalamiz”,
deb so’rama.
Uyqu, ey do’stim, oppoq yostiqlarning hiylasiga uchmaydi.
Uyqu, ey do’stim, pok qalblar bilangina qo’nim topadi.
9
Toha, 84-oyat
26
121 “Bas, Muso ichida xavf his etdi”. 10
Shijoat qo’rqmaslik emas, balki qo’rquvlaringni yashira bilishingdir.
122 Bugun “Xalqaro tinish belgilari kuni”. Shu munosabat bilan men “Arab diyori”
so’zini satrga olib, ortidan undov (!) belgisini qo’yaman.
123 Til Allohning zikriga yaqin bo’lish va odamlarning obro’larini to’kishdan
saqlanishga buyurilgan.
Qalb esa yosh bolalarga yaqin va bekorchi kishilardan uzoq bo’lishga
buyurilgandir.