8
18
Kam maosh muammo emas, lekin ko‘p maosh egalari bu holatni shunday
tuyuladigan qilib qo‘yishgan.
19
Sukut hikmat emas. Balki qo‘rqoqlarning hikmat libosiga berkinmoqlari uchun
vositadir. Olamga qaragin va baqir: “Baloga yo‘liqqur! Men yashash uchun
keldim. Yashayman ham, agarchi o‘limim yashamoq uchun yagona yo‘l bo‘lsa
ham!”.
20
Biz tozalikka o‘ta e’tiborli xalqmiz. Shuning uchun mayyit va pul yuvuvchilarni
qattiq hurmat qilamiz.
21
Agar sadoqat yer uchun bo‘lganida, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Makkani
tark etmasdi.
Agar qabila uchun bo‘lganida, Quraysh bilan urush qilmasdi.
Agar oila uchun bo‘lganida, Abu Lahabni ayblamas edi.
Va lekin e’tiqod tuproq va qondan ko‘ra qimmatroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: