Qisqa toʻlqinlar


Download 196.76 Kb.
bet1/4
Sana13.01.2023
Hajmi196.76 Kb.
#1090617
  1   2   3   4
Bog'liq
Nurbek


Qisqa toʻlqinlar - toʻlqin uzunligi 10 m dan 100 m gacha (30—3 MGs) diapazonda boʻlgan radiotoʻlqinlar. Qisqa toʻlqinlarning tarqalish tarziga Yer atmosferasi kuchli taʼsir qiladi. Qisqa toʻlqinlar qisqa (-500 km) masofalarga yer toʻlqinlari (Yer sirtiga yaqin bir jinsli atmosferada tarqaluvchi radiotoʻlqinlar) koʻrinishida, oʻta uzoq masofalarga, xususan, Yer shari atrofida ionosfera toʻlqin oʻtkazgichlar boʻylab tarqalishi mumkin. Qisqa toʻlqinlarning ufq ortida tarqalishi asosan ularning ionosferadan yoki ionosfera va Yer sirtidan koʻp marta qaytishi tufayli amalga oshadi.
Qisqa toʻlqinlarning ionosferadan qaytish chastotasi ularning ionosferaga tushish burchagiga va qaytish sathidagi elektronlar konsentratsiyasiga bogʻliq. tushish burchagining maʼlum kritik qiymatidan kichik qiymatlarida Qisqa toʻlqinlar ionosferadan qaytmaydi va radioaloqada sukunat (jimjitlik) zonasi yuzaga keladi. Maʼlum uzunlikka ega radiotrassa uchun radioaloqada foydalaniladigan maksimal chastota mavjud. Trassaning uzunligiga, sutkaning vaqtiga va geofizik sharoitlarga qarab, bu chas-tota amalda Qisqa toʻlqinlarning butun diapazoni boʻyicha oʻzgarishi mumkin.
Qisqa toʻlqinlardan radioaloqada, Yer va sayyoralar ionosferalarini, Quyosh tojining tashqi qatlamlarini va boshqa radioastronomik obʼyektlarni tadqiq qilishda foydalaniladi.

Ultraqisqa toʻlqinlar - toʻlqin uz. 1 mm (chastotasi 310” Gs) dan 10 m (chastotasi 3YU7 Gs) gacha boʻlgan radiotoʻlqinlar. Ultraqisqa toʻlqinlar nurlatkich qurilma (antenna) sining ixcham va kichik burchak boʻylab yoʻnaltirilgan xillarini yaratish mumkin. Bunday antennalarning kuchaytirishi katta boʻlganligi tufayli ularning samaradorligi ham yuqori boʻladi. Ultraqisqa toʻlqinlar radioeshittirish va televizion koʻrsatuvlarni keng chastota diapazonida olib borishga imkon beradi.

Ultrabinafsha nurlanish, ultrabinafshanurlar — toʻlqin uz. 10* m dan 410 7 m gacha boʻlgan elektromagnit nurlanish. Ultrabinafsha nurlanish koʻzga koʻrinadigan nurlanishning qisqa toʻlqinli qismi bilan rentgen nurlarning uzun toʻlqinli qismi oraligʻida joylashgan. Toʻlqin uz. 2YU*7 m dan katta boʻlgan Ultrabinafsha nurlanishni lyuminoforlar bilan qoplangan ekran orqali sezish mumkin. Bunda ekranga tushiriladigan spektrning binafsha nur tushgan joyining yonboshi oʻzidan nur chiqara boshlaydi. Bunday Ultrabinafsha nurlanishni dastlab nemis olimi N.Ritter va ingliz olimi U.X. Vollaston xlorli kumushga fotokimyoviy modda taʼsir qilib sezishgan (1801). Toʻlqin uz. 210 7 m dan kichik Ultrabinafsha nurlanish barcha moddalar, hatto havoning yupqa qatlamida ham kuchli yutiladi. Uni aniklash uchun vakuum spektral asboblardan foydalaniladi. Toʻlqin uzunligi qisqa Ultrabinafsha nurlanishni birinchi boʻlib nemis olimi V.Shuman oʻzi yaratgan flyuoritdan yasalgan prizmali vakuum spektrografi yordamida qayd etgan (1885—1903).
Ultrabinafsha nurlanishning hosil boʻlishi quyidagicha: atom yoki molekula uygʻotilgan holatdan normal holatga oʻtganida Ultrabinafsha nurlanish chiqaradi va elektronlarning tormozlanishi hamda rekombinatsiyasi paytida temperaturasi 3000 K dan yuqori boʻlgan qizigan moddalar Ultrabinafsha nurlanishni tutash spektr koʻrinishda chiqara boshlaydi. Atom, ion va yengil molekulalar chikargan Ultrabinafsha nurlanish spektri alohidaalohida chiziklardan iborat boʻlib, maʼlum bir qonuniyat bilan joylashgan spektral seriyalarni hosil qiladi. Ogʻir molekulalar chiqargan Ultrabinafsha nurlanish spektrining tuzilishi murakkab boʻlib, maʼlum kenglikdagi polosalardan iborat. Quyosh, yulduz kabi koinot obʼyektlari Ultrabinafsha nurlanishning tabiiy manbalaridir. Quyosh tik paytida Ultrabinafsha nurlanishning koʻp qismi Yerga yetib keladi. Sunʼiy usulda Ultrabinafsha nurlanishni hosil qilish uchun turli gaz bilan toʻldirilgan lampalar qoʻllaniladi. Bular ichida yuqori bosimli PRK2, PRK7 va boshqa tipdagi simobli lampalar keng tarqalgan. Bundan tashqari, sanoatda Ultrabinafsha nurlanish ni hosil qilish uchun vodorod, ksenon va boshqa gaz razryadli lampalar ishlab chiqarilgan. Koʻmir tayoqchalar orasida hosil qilingan elektr yoyi ham Ultrabinafsha nurlanish manbai boʻlishi mumkin. Undan chiqayotgan butun nurlanishning 80% Ultrabinafsha nurlanish spektriga toʻgʻri keladi.
Fan va texnikada hozirgi paytda Ultrabinafsha nurlanish optik kvant generatori — lazer yordamida olinadi. U spektrograf monoxromatorlar yordamida oʻrganiladi. Spektrning bu qismi uchun moʻljallangan optik asboblar boshqa optik asboblardan obyektiv va prizmalarning kvarsdan tayyorlanganligi bilan farq qiladi. Chunki shisha 3,210~7 m dan qisqatoʻlqindagi Ultrabinafsha nurlanishni oʻzida yutib qoladi. 1,810 7 m dan qisqa toʻlqindagi Ultrabinafsha nurlanish ni kvars ham yutib qoladi. Shuning uchun bunday qisqa toʻlqinli Ultrabinafsha nurlanishni oʻrganishda flyuorit yoki ftorli litiydan foydalaniladi.
Hayvon va oʻsimliklar tarixini oʻrganish (paleontologiya)da, qad. qoʻlyozma va yozuvlarni tekshirish (arxeologiya)da, kartinalardagi oddiy koʻz bilan koʻrib boʻlmaydigan restavratsiya izlarini tiklash (sanʼatshunoslik)da, hujjatlarning haqiqiyligini (kriminalistika), qon guruhini aniklashda, baʼzi kasalliklar, mas, bolalarda raxit kasalligini davolashda, havo, suv, sut kabilarni sterillash (tibbiyot)da va boshqa sohalarda keng qoʻllaniladi. Uzun toʻlqinli Ultrabinafsha nurlanish atmosferada kam yutiladi. Bunday nurlar taʼsirida badan qorayadi. Quyosh nurlari tik tushgan joyda maʼlum vaqt davomida muhim hayotiy funksiyalarni yaxshilaydi. Ultrabinafsha nurlanishtaʼsirida gazlar ionlashadi, baʼzi kimyoviy jarayonlar tezlashadi, xonalar bakteriyalardan dezinfeksiya qilinadi. Ultrabinafsha nurlanish koʻz toʻr pardasiga kuchli taʼsir etib, uni yemiradi. Shu sababli, quyoshga himoya koʻzoynagisiz qarash zararlidir.


Download 196.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling