Qisqa tutashuv va noto’liq fazali holatlarida almashtirish sxemasi
Download 0.52 Mb.
|
QISQA TUTASHUV VA NOTO’LIQ FAZALI HOLATLARIDA ALMASHTIRISH SXEMASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Normal holat.
QISQA TUTASHUV VA NOTO’LIQ FAZALI HOLATLARIDA ALMASHTIRISH SXEMASI Sistemaning dinamik turg’unligini o’rganishda differensial tenglamani echish orqali asosan generator e.yu.k. Eq bilan sistema kuchlanishi Uo orasidagi burchak = f(t) va boshqa parametrlarning vaqt bo’yicha o’zgarishi aniqlanadi. O’rganilayotgan jarayonning murrakkabligini hisobga olib, dinamik turg’unlikni hisoblashni soddalashtirish maqsadida quyidagi farazlarni qabul qilamiz: - o’tish jarayoni davrida energetika sistemasi sxemalarining o’zgarishi uning xususiy va o’zaro qarshiliqlarining o’zgarishi orqali hisobga olinadi; - qisqa tutashuv davrida stator qisqa tutashuv tokining aperiodik tashkil etuvchisi va rotorning magnit maydoni xosil qiluvchi tormozlovchi moment generator shinasiga yaqin joyda sodir bo’ladigan 3- fazali qisqa tutushuvda mashinaning aylantiruvchi momentini taxminan 15%-ga kamaytirish orqali hisobga olinadi. Uch fazali qisqa tutashuv nuqtasi shinadan uzoqda bo’lganida bu tormozlovchi momentning qiymati kamligi sababli umuman hisobga olinmaydi. O’tish jarayoni davrida stator po’latidagi isrof o’ta magnitlanish hisobiga oshadi. Bu quvvat isrofining oshishi stator aktiv qarshiligini 1,2-2 baravarga oshirish bilan hisobga olinadi; - nosimmetrik holatlar simmetrik tashkil etuvchilar usuli yordamida simmetrik holatlar bilan almashtiriladi; - nosimmetrik qisqa tutashuvda paydo bo’luvchi tokning nolinchi tashkil etuvchisi generator orqali oqmaganligi sababli tormozlovchi moment xosil qilmaydi; 9.1- rasmda keltirilgan sxemani ko’rib o’tamiz. Bunda generatorda proporsional ta’sir etuvchi QAR o’rnatilgan, ya’ni X'd qarshilik ortidagi o’tkinchi e.yu.k. E'q o’zgarmas deb hisoblaymiz. Burchak xarakteristikasi va holat parametrlarini shartli ravishda quyidagicha belgilaymiz: I – normal holat; II – avariyadan keyingi holat; III - avariya holati. X’d E’q XТ Xl/2 XТ2 Us Normal holat. Normal holat uchun sxema (9.2-rasm): 9.2- rasm Elektr sistemasining almashtirish sxemasi Sistemaning summaviy qarshiligi: . Normal holat burchak xarakteristikasining maksimumi: . Avariya holati. Faraz qilamiz, xavo elektr uzatish liniyasining boshlanishida nosimmetrik qisqa tutashuv sodir bo’ldi. Avariya holatining qarshiligini topish uchun simmetrik tashkil etuvchilar usulidan foydalanamiz. Ushbu usulga ko’ra, odatda, nosimmetrik qisqa tutashuvni «avariya shunti» deb ataluvchi qushimcha qarshiliq ortida sodir bo’lgan simmetrik qisqa tutashuv bilan almashtiriladi. Buning uchun tokning to’g’ri, teskari va nolinchi tashkil etuvchilari uchun almashtirish sxemasini tuzish zarur. To’g’ri ketma- ketlik toki uchun boshlang’ich sxemadan foydalaniladi. Teskari ketma ketlik toki uchun sxema 9.3- rasmda tasvirlangan. 9.3- rasm Elektr sistemasining almashtirish sxemasi Teskari ketma-ketlikning summaviy qarshiligi: Nolinchi ketma-ketlik toki uchun sxema 9.4- rasmda tasvirlangan XT1 9.4- rasm Elektr sistemasining almashtirish sxemasi Nolinchi ketma-ketlik toki uchun summaviy qarshilik: Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling