Qisqartirilgan ko’p omilli shaxs so’rovnomasi (smol)
Korrektsiya koeffitsienti jadvali
Download 354 Kb.
|
Qisqartirilgan MMPI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korrektsiya shkalasidan qanday foydalanilanish
- Interpretatsiya
- Ipoxondiriya shkalasi.(Hs)
- Nazokatlilik shkalasi ( maskulizm va feminizm)(Mf).
- Paranoyallik shkalasi (Pa). Qimmatli g’oyalarni yaratishga layoqatlilikni yoritadi.
Korrektsiya koeffitsienti jadvali
Korrektsiya shkalasidan qanday foydalanilanish: 1. K korrektsiya shkala bo’yicha respondent tomonidan to’plangan ball ko’rilishi lozim. 2.Bu ballni K ustundan topamiz. 3. Topilgan ballning qarshisidagi ustunda respondentning mos shkalalar bo’yicha xomaki ballariga qo’yishiladigan zarur bali ko’rsatilgan. Masalan K korrektsiya shkalasi bo’yicha respondent 6 ball oldi. 6 ballni K ustunidan topamiz. Jadvaldagi mos ustunlarda quyidagicha yozilgan: • 7 va 8 shkalalarning xomaki ballariga 6 qo’shiladi; • 1 shkala bo’yicha xomaki ballga 3ball qo’shiladi; • 4 shkala bo’yicha xomaki ballga 2 ball qo’shiladi; • 9 shkala bo’yicha xomaki ballga 1 ball qo’shiladi. Xomaki ballarni almashtiri (Korrektsiya shkalasi qiymati bo’yicha mos qiymatlarni qo’shgandan so’ngra ) MMPI da quyidagi formuladan foydalaniladi: Interpretatsiya Shaxsning profili tuzilgandan keyingi barcha shkalalar bo’yicha yuqori ballar 70 dan ortadi . Quyi baho 40dan past baho hisoblanadi. Qo’shimcha shkala Ochiqlik shkalasi (L). Sinaluvchilarning ochiq javob berganligini aniqlashga qaratilgan. Ko’rsatkichlarning yuqori darajada ekanligi ijtimoiy me’yorlarga nisbatan intiluvchanligini ifodalaydi. Validik shkalasi (F) olingan natijalarni ishonchliligini bahorlash uchun mo’ljallangan. Ushbu shkala natijalarini ortib ketishi esa sinaluvchilarning berilgan javoblarning tasodifiy xarakterga egaligini ifodalaydi. Tuzatish (korrektsiya) shkalasi (K). Salbiy xarakter xususiyatlarini yashirish yoki pasaytirib ko’rsatilganligini yoritishga yo’naltirilgan. K shkalasi sinaluvchilarni asosiy shkalalarni tuzatish kiritishda foydalaniladi va xulq-atvorni anglashilmagan holda nazorat qilish ko’rsatkichi hisoblanadi. Asosiy shkalaIpoxondiriya shkalasi.(Hs) cinaluvchilarning salomatlik holatini qayd etganlik darajasini o’lchaydi. Natijalarning qiymatini katta bo’lishi yuqori darajada o’zini nazoratlashni ifodalydi Depressiya shkalasi (D).Depressiya holatini aniqlashga qaratilgan bo’lib, ko’rsatkichlarni yuqori bo’lishi tushkun kayfiyatni, o’z kuchiga ishonmaslikni, aybdorlik hissi yuqoriligini, irodaviy nazoratning sustligidan dalolat beradi.. Isteriya shkalasi (Hy).Ushbu shkala ko’rsatkichlarining yuqori bo’lishi emotsional o’zgaruvchanlikni, murakkab psixologik muammolarni siqib chiqarishni, shaxsni ijtimoiy va emotsional .kamol topmaganligini, jazavaga tushishni ifodalaydi. Psixopatiya shkalasi (Rd). Xulq-atvorida emotsional zo’riqishlarni bartaraf etishga layoqatli ekanligi va kuch-quvvatga egaligini baholaydi. Ushbu shkaladagi yuqori ko’rsatkichlar shaxsni vaqtli yoki muttasil ijtimoiy muhitga moslasholmasligidan dalolat beradi va yuqori qo’zg’aluvchanlik, nizolarga moyillik, kuchsiz emotsional nazorat, ijtimoiy me’yorlarga ehtiyotsizlikni ham ifodalaydi. Nazokatlilik shkalasi ( maskulizm va feminizm)(Mf). Sinaluvchilarni ayollik yoki erkaklik xulq-atvor rollariga moslik darajasini o’lchaydi. Natijalar sinaluvchilarning jinsiy xususiyatlaridan kelib chiqib turlicha tahlil etiladi. Erkaklar variantida natijalarning yuqori bo’lishi ayollarga xos xarakter xususiyatlarini yetarlicha ekanligini, ya’ni sezuvchanlik, shaxslararo munosabatning nozik tomonlarini tez tushunuvchan, qiziqishlarga gumanistik jihatdan yondashishini, ko’ngli noziklikini tavsiflaydi. Paranoyallik shkalasi (Pa). Qimmatli g’oyalarni yaratishga layoqatlilikni yoritadi. Ko’rsatkichlarni yuqoriligi shaxsda shubhalanishning yuqoriligi, fikrlashdagi sustlikni, diqqatni ko’chuvchanligining pastligini, gina saqlovchi va betgachoparlikni ifodalydi. Psixasteniya shkalasi (Pt). Bu shkala shaxsning bezovtali-badgumonlik xislatlarini baholash uchun mo’ljalalangan. Pt bo’yicha yuqori ko’rsatkich bezovtalikni, ishonchsizlikni, qaror qabul qilishda qiynalishni ifodalaydi. Download 354 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling