Qiyosiy adabiyotshunoslikning asosly sohalaridan biri bo’lib, u ikki va undan ortiq milliy yoki jahon adabiyotini o’rganish hamda taqqoslash bilan shug’ullanadi
Download 50 Kb.
|
Veselovskiyning tadqiqotlari
Qiyosiy adabiyotshunoslik adabiyotshunoslikning asosly sohalaridan biri bo’lib, u ikki va undan ortiq milliy yoki jahon adabiyotini o’rganish hamda taqqoslash bilan shug’ullanadi. Ularning o’xshash va farqli tomonlarini, o’zaro harakat va ta’sirlarini aniqlaydi. “Qiyosiy adabiyot” tushunchasining o’zi fransuzcha “literature comparee” (“qiyoslangan adabiyot”) va nemischa “ Die vergleichende literaturwissenschaft” (“adabiyotlarning qiyoslanishi”) tushunchalaridan kelib chiqqan. K. Pishua va V. Jirmunskiylarning fikrlaricha, ayniqsa, nemischa tushuncha mohiyatni ancha aniq aks ettiradi. Chunki unda urg’u qiyoslash bilan shug’ullanadigan fanga beriladi. Muqoyasa obyekti, ya’ni adabiyotlar turi esa bir nechta bo’lishi mumkin. Qiyosiy adabiyotshunoslik XIX-asrning ikkinchi yarmida mustaqil fan sifatida rivojlana boshladi. Qiyosiy adabiyotshunoslikning obyekti bir nechta taqqoslanadigan adabiyot bo’lsa, predmeti esa millatlararo adabiy aloqalar bo’lib hisoblanadi. Ko’pgina g’arb, shuningdek rus olimlari qiyosiy adabiyotshunoslik taraqqiyotida o’z hissalarini qo’shganlar. F. Baldansperje, P. Azar, P. Van Tigem, R. Uellek, A. Veselovskiy, V. Jirmunskiy, N. Konrad va boshqa ko’p olimlar shular sirasidandir. Boshlanishda adabiyotlar matniy qiyoslangan. Ya’ni, asarlarning matnlari turli mezonlar ( parametrlar ) dan bir-biriga muvofiq kelsagina, qiyoslash mumkin deb hisoblangan.Tez orada Amerikalik olim R. Uellek ( 1903-1995 ) “ Tipologik bog’lanish aloqalari ” tushunchasini taqdim etdi va bu orqali qiyosiy adabiyotshunoslik tadqiqotchiligida favqulodda ko’tarilish holati sodir bo’ldi. Olim umumiy bog’lanish yoki genetik aloqalarga ega bo’lmagan adabiy hodisalar qiyosini hal etib, tahlil obyektlari sarhadlarini kengaytirdi. Shu bilan qiyosiy adabiyotshunoslikni yangi bosqichga ko’tardi. Veselovskiyni ( 1872-1919 ) tarixiy poetikaning asoschisi deb hisoblashadi, qaysiki, badiiy asarlarda tasviriy-ifodaviy vositalarning tizimli birligi tadqiqi bilan shug’ullanadi. Tarixiy poetika esa adabiyotshunoslikdagi shunday bo’limki, u adabiy janrlarning kelib chiqishi va taraqqiyot tarixi, asarlar, uslublar, shuningdek, asar tarkibining badiiy takomiliga muallif munosabati, qahramon, kitobxon kabi muammolarni o’rganadi. Tarixiy poetika fan sifatida 19-asrning ikkinchi yarmida A. Veselovskiy kitoblarida paydo bo’ldi. Uning fikriga ko’ra, tarixiy poetikaning bosh metodlari tarixiy va qiyosiy metodlar hisoblanadi. Bundan tashqari, olim tipologik tadqiq metodini ham tavsiya etadi. Olim turli adabiyotlarda bir xil syujetlarning takrorlanishi yoki “sayyor syujetlar”, timsol va ramzlarning qaytarilishi hodisasi mavjud deb hisoblardi. U mazkur holatni ruhiy jarayonlarning birligi, shuningdek, madaniy-tarixiy sharoitlarning o’xshashligi, kelib chiqishning umumiyligi va o’zaro ta’sir bilan bog’lar edi. Bundan tashqari, boshqa bir taniqli adabiyotshunos olim Jirmunskiyning so’zlariga binoan, A. Veselovskiyning asosiy g’oyasi adabiyot tarixining rivojlanish tarixini fan sifatida baholash mumkin. Adabiyotshunoslik tarixidagi yangi bosqichni aynan uning nomi bilan bog’liq ravishda shunday belgilashgan- adabiyot va folklor yodgorliklarini qiyosiy-tarixiy metod asosida o’rganishga o’tish bosqichi. Shunisi ham qiziqki, Veselovskiy alohida diqqat-e’tiborini adabiyotshunoslikning til ilmi bilan aloqasiga qaratgan. U nutqiy bo’laklar shakllanishining yaxlit va yagona andozalarini aniqlagan. “ Moviy ” dengiz, “mudroq” o’rmonlar, “ beg’ubor ” dalalar, “ shiddatli ” shamollar kabi sifatlashlarning takrorlanishi shu jumladandir. “ Predmetlarni tavsiflaydigan bir qator sifatlashlashlardan,- deb yozadi A. N. Veselovskiy,- qaysidir biri namunaviy bo’lib ajralib chiqadi, har qalay boshqalari ham namunaviydan kam bo’lmasada, poetik uslubning shakllanishi mana shu shartlilik mezoni asosida uzoq davom etadi, bamisli “ oppoq ” oqqush va okeanning “ moviy ” to’lqinlaridek”. Hozirgi paytda biz ham xuddi shunday qayd etishimiz mumkinki, ko’p adabiy asarlarda, xususan, tarjima qilingan asarlarda juda ko’p o’xshash tasviriy ifodalar bor. Garchi stilistik nuqtai nazardan ular anchagina takroriylik xususiyatiga ega bo’lsalar ham. XX asr boshlarida qiyosiy adabiyotshunoslik maktabi Fransiyada shakllanadi. Uning maqsadi millatlararo adabiy aloqalarga e’tibor berib, adabiyotlar rivojini Uyg’onish davridan boshlab o’rganishdir. Ayni ana shu aloqalar Yevropa adabiyotlari orasidagi siyosiy, etnik va lingvistik to’siqlarni bartaraf etishga qodir edilar. Ushbu maktab namoyondalari turli adabiyotlarga ta’sir ko’rsatayotgan adabiy ta’sir kategoriyasini aniqladilar. Ushbu maktabning asosiy yo’nalishlari Pol Van Tigemning “ Qiyosiy adabiyotshunoslik ” va “ Romantizm oldi ” (“Предромантизм”) kitoblarida bayon etilgan. Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling