Qiyosiy pedagogika


Download 301.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi301.85 Kb.
#1157704
  1   2   3   4
Bog'liq
1-lekciya



1-Mavzu: “Qiyosiy pedagogika” mustaqil fan sifatida 
REJA: 
1.Qiyosiy pedagogika fanning mazmuni va mohiyati 
2.Qiyosiy pedagogikasi fanining ijtimoiy fanlar bilan bog`liqligi. 
3.Qiyosiy pedagogika fanining predmeti tog`risida turlicha yondoshuvlar 
Qiyosiy pedagogika tushunchasi. Qiyosiy pedagogika yoki komparativistika 
dastlab falsafa fanlari sohasida shakllangan bo`lib, turli masalalarni, jumladan, o`sib 
kelayotgan yosh avlod ta„lim-tarbiyasi muammolarining jahon mamlakatlarda 
rivojlanish masalalarini ham o`rgangan. Qadim zamonlardayoq, falsafiy ta„limotlar 
mazmunida turli xalqlar va mamlakatlarda bolalarga qanday ta„lim-tarbiya berganliklari 
to`g„risida anchagina ma„lumotlar mavjud edi. Ularda ta„lim-tarbiya metodlari va 
qadriyatlari umumlashtirilgan bo`lib, katta avloddan yosh avlodga hayotiy tajribani 
qanday etkazilayotganligining o`ziga xos jihatlari tahlil qilingan edi. 
Zamonaviy tilda qiyosiy pedagogika komparativistika deb ham ataladi. 
Komparativizm (lot. comparativis-qiyosiy) qiyoslash va taqqoslash ma„nosini 
anglatib, tarixiy taraqqiyot tendensiyalarining o`xshash va farqli jihatlarini aniqlash, 
o`xshash hodisalarning o`zaro mos jihatlarini ajratishni o`zida mujassamlashtiradi. 
Ingliz tilida ―to compare ham ―taqqoslash degan ma„noni anglatadi. Mustaqil falsafiy 
tushuncha 
sifatida 
komparativizm 
turli 
fan 
sohalarida, 
shuningdek, 
adabiyotshunoslikda turli xalqlar badiiy adabiyotida obraz va syujetlar rivojlanish 
jarayonini qiyosiy tarixiy tahlil etishda qo`llaniladi. 
Ta„lim nazariyasida 
―komparativistika tushunchasi ―qiyosiy pedagogika tushunchasi bilan bir sinonimik 
qatorda turadi. Shuning uchun pedagogikaning bu sohasini ―pedagogik 
komparativistika” deb atasa ham xato bo`lmaydi. 
Tadqiqotchilarning ta„kidlashicha, chet el manbalarida ko`proq ―qiyosiy 
pedagogika emas, balki ―qiyosiy ta„lim atamasi ishlatiladi. Zero, ―ta„limning. 
education) so`zi pedagogika (―pedagogie) so`ziga nisbatan keng ma„noda 
qo`llaniladi. Chet el pedagogik an„anasiga ko`ra ―ta„lim so`zi rivojlanish, ta„lim va 
tarbiya birligini anglatadi. Shu bilan bir qatorda pedagogika faqat bolalarning ta„limi va 
tarbiyasiga taalluqli tushuncha sifatida qo`llaniladi. Shuning uchun ham chet el 
ta„rifida ―qiyosiy ta„lim (―education compare) iborasini ―qiyosiy pedagogika‖ 
(―pedagogie comparative) ga nisbatan ko`proq ishlatilishini ko‟zatamiz. Biz ―qiyosiy 
pedagogika, ―pedagogik komparativistika, ―qiyosiy ta„lim va ―komparativistika‖ 
tushunchalarini bir ma„nodosh so`zlar qatorida qo`llaymiz. Chunki bir qancha farqli 
jihatlariga qaramasdan, zamonaviy pedagogik nazariyasi va amaliyotida bu 
tushunchalar tez-tez aynan bir xil hodisa va jarayonlarni belgilashda ishlatiladi. 
Shuni alohida ta„kidlash lozimki, bugungi kunda ―qiyosiy pedagogika tushunchasi 
O`zbekistonda kengroq tarqalgan. Umuman olganda, qiyosiy pedagogika turli 
mamlakatlarda maorif, ta„lim va tarbiyaning o`ziga xos jihatlarini o`rganuvchi 


pedagogikaning mustaqil tarmog„i sanaladi. Qiyosiy pedagogika keng ma„noda 
dunyoning turli davlat va hududlarida ta„limning holati, qonuniyatlari va rivojlanish 
tendensiyalarini o`rganuvchi fan sohasi bo`lib, xorij tajribasini qo`llash yo`li orqali 
milliy ta„lim tizimini o`zaro boyitish usullarini ishlab chiqadi. 
Qiyosiy pedagogikaga yanada aniqroq ta„rif beradigan bo`lsak, u 
pedagogikaning mustaqil fan sohasi sifatida dunyoning turli davlat va mamlakatlarida 
pedagogika nazariyasi va amaliyotining rivojlanish tendensiyalari, qonuniyatlari va 
holatini o`zaro 
taqqoslab 
o`rganadigan 
fandir. 
Shuningdek, 

umumiy 
tendensiyalarning milliy va regional o`ziga xosligining mos va farqli jihatlarini ajratib 
ko`rsatadi hamda milliy ta„lim tizimini xorij tajribasi orqali o`zaro boyitish shakl va 
usullarini ishlab chiqadi.
―Qiyosiy pedagogikani tushunishga nisbatan bu yondashuvlarning har biri uning 
o`ziga xos mohiyatini ochib beradi. 
Birinchidan, u pedagogika fanining aniq muayyan sohasi. Ikkinchidan, 
dunyoning turli davlat va hududlarida maorif, ta„lim, tarbiya, pedagogika nazariyasi va 
amaliyotining rivojlanish jarayonini o`rganishga yo`naltirilgan. Uchinchidan, qiyosiy 
taqqoslash darajasidagi tahlil xorij tajribasini ma„lum darajada qo`llash uchun amalga 
oshiriladi. To`rtinchidan, milliy ta„lim tizimini o`zaro boyitishning o`ziga xos shakl 
va usullari ajratib ko`rsatiladi. 

Download 301.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling