Qiyosiy pеdаgоgikаdа tаdqiqоtlаr tipоlоgiyasi vа оo‘Yulаridа tа’lim vаriаtivligi Reja
Download 18.83 Kb.
|
1 2
Bog'liqqiyosiy pedagogikada tadqiqotlar tip
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1961 yilda
1956 yil AQShda tashkil qilindi. U o‘z oldiga: ilmiy izlanishlarni kengaytirish, davriy nashrlar va kitoblarni nashr ettirish, Amerika pedagoglarining chet ellik hamkasblari bilan hamkorligini rivojlantirish, ilmning boshqa soha olimlarini qiyosiy – pedagogik izlanishlar o‘tkazishga jalb qilishni maqsad qilib qo‘ydi.
Shu kabi jamiyatlar G‘arbiy Evropaning ko‘pgina mamlakatlarida, Kanada, Yaponiya, Hindiston, Janubiy Koreyada ham paydo bo‘ldi. 1961 yilda tashkil qilingan qiyosiy pedagogika Yevropa jamiyati yirik regional birlashma hisoblangan. 1973 yilda qator Afrika davlatlari vakillari ham kirgan, fransyazichnix mamlakatlarining qiyosiy pedagogika asossiyatsiyasi barpo qilindi. 1974 yilda xalqaro kongresslarni tashkil qiluvchi, qiyosiy pedagogika jamiyatlarining butunjaxon kengashi tuzildi. Uzoq yillar davomida uning raisi pedagogik komparativistikaning taniqli nazariyotchisi E.King edi. Qiyosiy pedagogika ilmiy markazlari, kafedra va assossiyatsiyalari nashr qilgan dastur va qo‘llanmalar dunyoning turli davlatlarida ta‘lim siyosatining shakllanishiga ma‘lum darajada ta‘sir ko‘rsatdi. Qiyosiy pedagogikaning uslubiy va nazariy muammolarini tizimli ishlab chiqish 1920-30-yillardan boshlandi. Aynan shu davrda bu muammoni o‘z izlanishlarining asosiy predmetiga aylantirgan nazariyotchi - pedagoglar – I.Kendl, P.Monro, G.Beredey (AQSH), F.Shnayder, F.Xilker (Germaniya), P.Rosselo (Shvetsariya) va boshqalar chiqdi. Ularning ba‘zi monografiyalari 1950-60 yillardagina nashr qilindi. Ammo uslubiy prinsiplar ular tomonidan urushdan avvalroq ishlab chiqilgan edi. Bu olimlarning dunyoqarashlari turlicha edi, ammo ularni ta‘lim jarayonini rivojlantirishga birinchi darajali ta‘sir ko‘rsatadigan sabablarni aniqlash va tavsiflash, turli mamlakatlardagi o‘xshashliklar va farqlarni o‘rganishga intilish g‘oyasi yaqinlashtirar edi. Qiyosiy pedagogika sohasidagi izlanishlar‖ (1933), ―Ta‘limda yangi davr – qiyosiy izlanish‖ (1955), ―Qiyosiy pedagogika uslubiyoti‖ (1959) kabi yirik ishlar muallifi amerikalik nazariyotchi – pedagog I.Kendldir. 1925 yildan 1944 yilgacha Kolumbiya universiteti tomonidan nashr qilingan ―Xalqaro ta‘lim yilnomasi‖ning bosh muharriri bo‘lib faoliyat olib bordi. Kendl 1933 yilda olti mamlakat: AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya va sobiq SSSR ta‘lim tizimini xalqaro pedagogik laboratoriya deb atab, ta‘lim holatini qiyosiy analiz qildi. Kendlning yozishicha, bu davlatlardagi ta‘lim muammolarining ildizlari ko‘p jihatdan o‘xshash, ba‘zida hatto bir xil, ammo ularni yechish va erishilgan natijalarni ko‘pincha ushbu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoitliga bog‘liq. Xususan, Kendl u yoki bu davlatning iqtisodiy rivojlanishi va aholisining savodlilik darajasi orasida mavjud bo‘lgan korrelyatsiyani ishonchli ko‘rsatib berdi. Qiyosiy pedagogika uslubiy muammolari germaniyalik professor F.Shnayder tomonidan ham ishlab chiqilgan. U qator Germaniya universitetlarida pedagogika kurslarini o‘qir, doimiy pedagogik davriy nashrlarda ma‘ruzalari bosilib chiqar edi. Kelnda xalqaro pedagogik jurnalga asos soldi va 1931 yildan 1934 yilgacha, uni boshqardi, keyinchalik bu jurnal Gamburgda YUNESKO ta‘lim instituti rahnamoligida chiqa boshladi. Shnayderning ―Xalqlar pedagogikasini harakatga keltiruvchi kuchlari, qiyosiy pedagogikaga kirish‖ (1947), ―Qiyosiy pedagogikadagi konsepsiyalar‖ (1955), ―Yevropacha tarbiya‖ (1959) singari asarlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Shuningdek, Shnayder ta‘lim rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatadigan 10 ta sababni ajratib ko‘rsatadi: 1. Milliy xarakter. 2. Davlatning geografik o‘rni. 3. Madaniyat. 4. Ilm va falsafa. 5. Ijtimoiy va siyosiy stratifikatsiya. 6. Iqtisod. 7. Din. 8. Tarix. 9. Chet el ta‘siri. 10. Ta‘lim institutlari faoliyatining ichki mantig‘i. Bu sabablarni u endogen, ya‘ni ta‘lim ichidagi va ekzogen uning sohasidan tashqarida yotuvchilarga ajratadi. Shnayderning taxminicha endogen va ekzogen sabablarning mosligi va bir-biriga ta‘sirini analiz qilish, ta‘limning milliy tizimi xarakterini, uning boshqa mamlakatlar ta‘lim tizimi bilan o‘xshashliklari va farqini belgilovchi ‖Kuchlar parallelogrammasini‖ aniqlash imkonini beradi. O‘z navbatida, u yoki bu davlatda yillar davomida bunyodga kelgan ta‘lim tizimi, ushbu xalqning milliy xarakteri shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Urushdan keyingi 10 yillikda g‘arbda komparativist pedagoglarning yangi avlodi shakllandi. Uning taniqli vakillaridan biri London universiteti professori B.Xolms (1920-1993) edi. U o‘zining ‖Ta‘limdagi muammolar: qiyosiy yondashuv‖ (1965), ‖Qiyosiy pedagogika: uslubning ba‘zi masalalari‖ (1981) va boshqa ishlarida qiyosiy pedagogika prinsiplarini shakllantiradi va tushuntirib beradi. Uning tasdiqlashicha, turli davlatlar ta‘lim tizimini taqqoslash zaruriy, ammo faqatgina informatsion xarakterga ega komparativistlar ishining birinchi bosqichidir. Izlanuvchi bir nechta asosiy muammolarni tanlab, daliliy materialni keyingi o‘rganishlar asosida chuqur qiyosiy analiz qilib, turli mamlakatlarda qanday hal qilinishini ko‘rsatib bersagina, bunday uslub yanada samaraliroq bo‘ladi. Xususan, bunday muammolarga o‘rta ta‘limni demokratlashtirish, umumiy va professional ta‘lim orasidagi mutanosiblik, o‘qituvchilar tayyorlash prinsiplari, individual erkinlik va ijtimoiy javobgarlik mutanosibligi muammolarining pedagogik aspektlari kiradi. Bu kabi izlanishlar natijalari, Xolmsning ta‘kidlashicha, katta amaliy ahamiyat kasb etadi, ular ta‘limni rivojlantirishni analiz qilish, rejalar tuzish va yangi pedagogik texnologiyalar tuzishda ishlatiladi. Fransiyada XX asrning birinchi o‘n yilliklarida qiyosiy pedagogika sohasidagi ishlar birmuncha sustlashdi. Bu davrda bu erda Angliyadagi M.Sedler yoki Germaniyadagi F.Shnayder kabi taniqli komparativistlar yo‘q edi. Chet eldagi muammolar bo‘yicha ishlar nashr qilinar, ammo ularning ko‘pchiligi ta‘lim tizimini tasvirlashdan nariga o‘tmas edi. 1960 yilga kelib ahvol o‘zgara boshladi. 1962 yilda pedagogik izlanishlar milliy institutida mamlakatning asosiy ilmiy pedagogik markazida, ushbu izlanishlar rivojiga yordam bergan qiyosiy pedagogika bo‘limi tashkil qilindi. Bu davrning taniqli komparativisti Sorbonna professori M.Debess edi. Debess va G.Mialare redaktorligi ostida, fransuzlar bilan bir qatorda, qator chet el mualliflari ham ishtirok qilgan yirik monografiya ‖Qyosiy pedagogika‖ (ko‘p boblik nashr), ‖Pedagogik fanlar‖ning uch bobi nashr qilindi. Bu kitobda Debess o‘z konsepsiyasini batafsil bayon etdi. Uning fikricha, qiyosiy izlanishlarda tarixiy yondashuv birinchi darajali ahamiyat kasb etishi kerak. Ixtiyoriy – zamonaviy muammoni ko‘rib chiqishda, uning uzoq o‘tmish ildizlariga nazar solish zarur. Fransuz pedagogik adabiyotida A.Veksliarning ‖Qiyosiy pedagogika. Uslublar va muammolar‖ (1967) kitobi alohida o‘rin egallaydi. Unda qiyosiy pedagogika rivojlanishining holati haqida tarixiy ocherk yozilgan, uning uslubiy manolari ko‘rib chiqilgan, qator yirik davlatlar shu jumladan sobiq SSSR materiallariga tayanib, ikki muammoni qiyoslash orqali batafsil analiz qilingan: 1. Ta‘limni demokratlashtirish. 2. Ta‘lim sohasida rejalashtirish va tahlil qilish nazariyasi va amaliyoti. Qiyosiy pedagogika GFRda ham rivojlandi. 1957 yilda Markaziy pedagogika instituti qoshida, keyinchalik GFR pedagogika fanlari Akademiyasi tarkibida chet ellarda maktab pedagogikasi institutiga aylangan, qiyosiy pedagogika bo‘limi tashkil qilindi. Dunyoda ta‘limni rivojlantirish muammolari haqida katta daliliy material va nazariy maqolalarni bosib chiqaruvchi ―Qiyosiy pedagogika‖ jurnali doimiy chop qilinar edi. 1960-80 yillarda GFRda pedagogik komparativistika namoyondalari Sharqiy Evropa davlatlarida va rus Ittifoqida ta‘lim nazariyasi va amaliyotiga katta ahamiyat qaratdi. Bu masalalarni ishlab chiqish uchun maxsus markazlar va laboratoriyalar tashkil qilindi. Download 18.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling