Qizamiq yuqori nafas yo’llari shilliq qavatlarining yallig’lanishi, umumiy intoksikatsiya, dog’simon-papulez toshmalar bilan kechadigan va havo-tomchi yo’li orqali yuqadigan o’tkir yuqumli kasallikdir
Download 12.46 Kb.
|
9-mavzu ep
Qizamiq - yuqori nafas yo’llari shilliq qavatlarining yallig’lanishi, umumiy intoksikatsiya, dog’simon-papulez toshmalar bilan kechadigan va havo-tomchi yo’li orqali yuqadigan o’tkir yuqumli kasallikdir. Yer kurrasida har yili 50-60 mln, atrofida qizamiq bilan kasallanish holatlari qayd qilinadi. Qizamiq qo’zg’atuvchisi bo’lib RNK tutuvchi miksovirus (Morbillivirus) hisoblanadi. U tashqi muhitga chidamsiz, quyosh yorug’ligi ta’sirida 10 minut ichida 90 % faolligini yo’qotadi, tarqoq quyosh nuri ta’sirida 21- 40 soat ichida 90-99 % faolligini yo’qotadi. Quritilganda tezda nobud bo’ladi. Odam, maymun, itlar, dengiz cho’chqalarining buyrak to’qimalari kulturasida, Shuningdek, tovuq fibroblastlarida va yapon bedanalarida yaxshi o’sadi. 174 Epidemiologiyasi Infeksiya manbai bo’lib bemor odam hisoblanadi. Bemor prodromal davrning boshida (toshmalar toshishidan 3-4 kun ilgari) va toshma toshishining birinchi 4 kunlarida yuqumli hisoblanadi. Shunday qilib bemor 7-8 kun davomida yuqumli bo’ladi. Qo’zg’atuvchini tashuvchilik bu kasallikda bo’lmaydi. Inkubatsion davr 8 kundan 17 kungacha cho’ziladi, ko’pincha esa 9-10 kunni tashkil qiladi. Qo’zg’atuvchi bemor odam yo’talganda va aksa urganda shilliq tomchilari orqali havoga ajratiladi va shu tariqa sog’lom odamga yuqishi mumkin. Kasallik kamdan-kam hollarda chang orqali, shuningdek ifloslangan buyumlar (so’rg’ichlar, idish-tovoq va hokazo) orqali ham yuqishi mumkin. Kasallikning yuqishi asosan yopiq joylarda bemorlar bilan uchrashish natijasida sodir bo’ladi (xonada, xonadonda, bolalar shifoxonasi, palatalar, qabul ambulatoriyalari, vagon yoki jamoat transportida va h.k.). Bemor bo’lgan xonaning yuqumlilik xavfliligi yarim soatgacha saqlanib qolishi mumkin. Qizamiq bilan kasallanishning 85 % 7 yoshgacha bo’lgan bolalar ulushiga to’g’ri keladi, bu kasallikka barcha yoshdagilar moyil, faqat 5-6 oylik chaqaloqlar deyarli qizamiq bilan kasallanmaydilar. Kasallikdan keyin umrining oxirigacha turg’un immunitet qoladi. Qizamiqning epidemik jarayoni aholining immunologik tarkibi bilan boshqariladi. O’tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko’ra (B.I.Niyazmatov, 1995) 40 % moyil aholi bo’lgandagina epidemiyaning yuzaga kelishiga sharoit yaratilar ekan. Bu ko’rsatkich 20 %ga tushsagina epidemiya to’xtashi mumkin ekan. Qizamiq bilan kasallanishning mavsumiyligi yilning qish-bahor oylariga to’g’ri keladi. Eng yuqori ko’rsatkichlar dekabr-may oylariga to’g’ri kelgan. Iyun-sentyabr oylarida ham kasallanish kuzatilgan. Profilaktikasi Bu kasallikda maxsus profilaktika asosiy ahamiyatga egadir. 1922 yilda Dekvis passiv immunizatsiya usulini taklif qildi. Bunda katta yoshdagilarning qonidan olingan zardob bilan seroprofilaktika o’tkaziladi. Bu usulga binoan odamlar yoshligidanoq qizamiqni boshdan o’tkazadilar, infeksiyadan keyingi immunitet esa umrining oxirigacha saqlanib qoladi. Demak, deyarli barcha yoshdagilar qonida antitelolar bo’lar ekan. 1946 yilda Moskvadagi epidemiologiya va mikrobiologiya institutida kattalar qonidan tayyorlanadigan gammaglobulin tayyorlash yo’lga qo’yildi. Qizamiq kasalligida bemorni alohida joyga qo’yish eng muhim choratadbirlardan hisoblanadi. Faqat kasallikning og’ir shaklidagi bolalar, oilaviy yotoqxonalardagi, ko’p bolali kommunal uylardagi bolalar, shuningdek yopiq bolalar muassasalaridagi bolalargina shifoxonalarga yotqiziladi. Qolgan holatlarda esa bemorlarni uyda qoldirib, uchastka vrachi tomonidan davo muolajalari bilan ta’minlanadilar. Yakka kasallanishlarni profilaktika qilish maqsadida bemorlarni barvaqt aniqlash muhim ahamiyatga ega, ammo buni uddasidan chiqish 175 mushkuldir. Ko’pincha Filatov-Koplik dog’lari yuzaga kelganda yuqumli davrining 2-3 kunidagina diagnoz qo’yiladi. Virus tashqi muhitga chidamsizligi bois o’choqda dezinfeksiya o’tkazilmaydi, faqatgina xonalarni shamollatish bilan cheklaniladi. Bemorlar bilan muloqotda bo’lganlar, ammo ilgari kasallanmagan va emlanmagan bolalar 17 kun, gammaglobulin qabul qilganlar esa 21 kun (bemor bilan oxirgi muloqotdan boshlab) ajratib qo’yiladi. 3 oydan 4 yoshgacha bo’lgan bolalarga esa gammaglobulin dozasi 1,5 ml bo’lib, u faqatgina kasallikning kechishini yengillashtiradi. Zaif bolalarga 4 ml yuboriladi. Download 12.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling