Qizil kitob
II.2. “Qizil kitob” ga kiritilgan o
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
qizil kitob va uning ahamiyati (1)
II.2. “Qizil kitob” ga kiritilgan o„simlik va hayvon turlari.
Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming shundan 500 mingi gulli o„simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo„lib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7 foizi uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil bo„lishi va ularning yo„qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo„lib, yerda geologik sharoitlarning o„zgarishiga ham bog„liqdir.
9 Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o„simliklarning antropogcn (inson faoliyati) ta„sirlari natijasida yo„qolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi yorlarning, orollarning va kontinentlarning o„zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda. Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O„n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug„ular, g„or arsloni va ayiqlari, o„rta asrlarda Yevropa turi, Steller sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo„qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda. 1600 – yildan 1875 – yilgacha sut emizuvchilarning 63 turi, qushlaming 74 turi yo„qolib ketdi. Keyingi yillarda har yili 1 dan 10 gacha hayvon va l tadan o„simlik turlari yo„qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko„p o„simliklar turlari butunlay yo„qolib ketish xavfi ostida turibdi. Tabiat bitmas – tuganmas xazina. Uning sirlaridan voqif bo„lishga intilayotgan odamzot uchun tabiat boyliklari azal – azaldan xizmat qilib keladi. Tabiiy resurslardan oqilona va ehtiyotkorona foydalanmaslik oqibatida o„simlik va hayvonot dunyosidagi ayrim turlar yo„qolib ketayotganligidan ko„z yumolmaymiz. Sanoat tarmoqlari va qishloq xo„jaligining jadal sur„atlar bilan rivojlanib borishi hamda tabiiy maydonlarning keng miqyosda o„zlashtirilishi ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqdaki, buning asosiy salbiy oqibati o„simlik va hayvon turlarining kamayishida ko„rinadi. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o„lkamiz florasidan yana 138ta o„simlik turini «Qizil kitob»ga kiritish lozimligini ko„rsatmoqda.
Xususan, dunyoga dong„i ketgan lola, salla gullilar, qimmatbaho o„simlik shirach turlari, dorivor o„simlik bozulbog‟, oziq – ovqat sanoatida ishlatiladigan anzur va piskom piyozlari butunlay kamayib ketdi. Bir qancha turlar yo„qolib ketish holatiga kelib qoldi. Demak, o„tgan uch yil mobaynida kamayib ketayotgan
10
turlar soni ko„paygan. Kitobning oldingi avlodlaridan farqi shundaki, har bir turning qaysi toifaga mansubligi izohi bilan berilgan. Masalan, yo„q bo„lib ketganlari EX, mamlakatda yo„qolib ketganlari EW, yo„qolish xavfi ostida turganlari EN belgilari bilan ko„rsatilgan. Kitobda har bir tur uchun alohida sahifalar mavjud bo„lib, unda hayvon turlarining respublikamizda tarqalishi, yashash muhiti, tabiatdagi umumiy soni, ko„payishi, tarqalish chegaralaridagi o„zgarish sabablari, muhofaza qilish yo„llari batafsil bayon etilgan.
O„zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo„mitasi va O„zbekiston fanlar akademiyasi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda «Biologik xilma – xillikni saqlashning milliy strategiyasi va harakat rejasi»ni ishlab chiqish tashabbusini o„z zimmasiga olgan. Ushbu hujjat Vazirlar Mahkamasi tomonidan ham ma‟qullanib, o„zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi. O„zbekiston tabiatining rang – barangligi, uning hududida uchraydigan o„simlik turlaridagi o„ziga xoslik har qanday kishini hayratga soladi. O„zbekiston «Qizil kitob»i esa kamayib borayotgan flora va fauna turlariga munosabatni o„zgartirishda muhim ahamiyatga ega bo„lmoqda. Zoologlar, o„simlikshunos olimlar ushbu kitobning yangi nashrini tayyorlashga kirishganlar. Ushbu kitob materiallarini maktab, litsey, kollej o„quvchilariga va oliy o„quv yurtlari talabalariga tegishli fanlar orqali yetkazish pedagog-murabbiylarning asosiy vazifasi bo„lsa, ayni muddaodir.Biz tabiatdan o„rganamiz va undan olgan saboqlarimizni boshqalarga o„rgatamiz. Dard borki noyob va shifobaxsh o„simliklardan biri bujenshendir 11
1 – rasm. JENSHEN
2 – rasm. Mexrigiyo. . Aytishlaricha, o„zimizning tabiblar mehrigiyo o„simligini maxsus o„rgatilgan kuchuklar yordamida kovlab olishar ekan. Forishda yashovchi mahalliy aholi ham mehrigiyoning sehrli kuchiga ishonadi. Mehrigiyo ruhiy va jismoniy toliqishda, zaiflikni oldini olishda, balg„am yig„ilishi va ko„chishiga, ovqat hazmini yaxshilashga, yurak va o„pka faoliyatini yo‟lga solishga, tan va ruhni baquvvat qilishga, ko„rish qobiliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. 12
3-rasm .ISMALOQ
Bahor oylarida inson organizmida vitaminlarga bo„lgan ehtiyoj ortadi. Shu sababli yangi chiqqan ko„katlardan har xil taomlar tayyorlab iste'mol qilish lozim. Aynan vitaminlarga boy ko„katlardan biri hammamiz yaxshi biladigan ismaloqdir. O„tmishda Ibn Sino bobomiz ham ismaloq bargidan tayyorlangan damlamani yo„talga qarshi, balg„am ko„chiruvchi, qabziyatga qarshi, safro haydovchi vosita sifatida qo„llagani ma'lum. Jannatmakon yurtimizda ismaloq kabi shifobaxsh giyohlar, o„t-o„simliklar ko„p. Biz esa bu o„simliklarni asrab – avaylashimiz, ulardan o„z vaqtida to„g„ri foydalana bilishimiz lozimdir. Bugun yangi bog„lar issiqxonalarda ham yaratilmoqda. Issiqxonalarning afzalligi shundaki, yoqilg„i sarf qilmasdan, isitish tarmoqlarisiz ko„chatlarni parvarish qilib, meva-uzum hosili olishni boshqarib borish mumkin.
O„zining shifobaxsh xususiyatlari bilan barchamizning xonadonimizdan o„rin olgan dorivor o„simlik – isiriqdir necha asrlarki, insonlarni davolab kelmoqda.Isiriq asosan, cho„l va yarim cho„l hududlarida, tog„ yonbag„irlarida, so„qmoq yo„llarda, hattoki begona o„t sifatida ekinlar orasida ham o„sadi. Qadimgi yunon tabiblari Galen va Dioskorid asarlarida ham isiriqning shifobaxsh o„simlik ekanligi qayd etilgan. Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino
13
o„zining «Tib qonunlari» asarida isiriq bo„g„im og„riqlariga surtilganda ijobiy samara berishini ta‟kidlab o„tgan. Abu Rayhon Beruniyning «Kitob as – Saydana fit – tib» asarida esa, isiriqdan tayyorlangan qaynatma bezgakni da„volashda koni foyda ekanligi yozib o„tilgan.
4 – rasm. ISIRIQ. |
ma'muriyatiga murojaat qiling