Qizil kitobi


Download 0.59 Mb.
bet7/12
Sana08.11.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1754600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Qizil kitobi-fayllar.org

NON DARAXTI:
Insoniyat istiqomat qilayotgan Yer kurrasi Quyosh sistemasidagi sayyoralardan biri bo‘lib, uning tabiati ajoyib va xilma-xildir. Yer yuzasida shunday noyob o‘simlik va daraxtlar borki, insoniyatga foydasi behisob. Quyida dunyodagi mav¬jud eng antiqa daraxtlar xususida to‘xtalamiz.
Non daraxti Hindistonda, Shri-Lankada, shuning¬dek, Osiyoning janubiy-sharqiy qismidagi o‘lkalarda keng tarqalgan. Bu daraxt juda katta bo‘lishi va tarvaqaylab shoxlashi jihatdan biz¬dagi yong‘oq daraxtiga o‘xshab ketadi. Non daraxtining bo‘yi 18-20 metr keladi, po‘stlog‘i kulrang, barglari yirik bo‘ladi.
Bu daraxtining gullari daraxt tanasidan yoki yo‘g‘on shoxlaridan chiqadi. Bir dona mevasining og‘irligi 20 kg keladi, ba’zan bundan ham og‘ir bo‘ladi. Meva¬ning bo‘yi 30-80 sm, mag‘zining rangi sarg‘ish limonrang, mazasi unchalik shirin emas, po‘sti esa g‘udda-g‘udda bo‘ladi. Bir tup non daraxti bir necha yuz dona meva berishi mumkin. Mevalar noyabrdan avgustgacha birin ketin pishaveradi, ehtiyojga qarab keragicha olinib, ovqatga ishlatiladi. Xom mevaning eti qattiq, pishganiniki esa yumshoq bo‘ladi. Pishgan mevalardan har xil non tay¬yorlanadi. Uzib olingan mevaning uchi bir necha joyidan teshiladi va ertalabgacha shu holida qoldiriladi. Meva¬ning eti kechasi bilan achib, oshgan xamirdek bo‘lib qoladi. «Xamir» yog‘och tog‘orada suv, kokos yog‘iga aralash¬tirilib, uzoq vaqt qo‘lda qoriladi.So‘ngra zuvalalar qilinadi va banan bargi bilan o‘rab tandirga yoki qizdirilgan toshga yopib pishiriladi.Bu nonning mazasi odatdagi nonning mazasidan farq qilmaydi. Bu nonni yeganlar o‘zlarini baquvvat va bardam sezadi. Non daraxtining bir tupi 1-2 kishini, 5-6 tupi esa bir oilani yil bo‘yi boqadi.




QOVUN DARAXTI:
Tilimi tilni yoradigan qovunlar xususida o'ylaganda odamning ishtahasi ochiladi.Qovun - yuz dardga davo.

Tan-sihatlikni yaxshilaydi.Shirin-shakarligini aytmaysizmi?Ammo, qovun daraxti haqida hamma ham eshitmagan. Shunday daraxt bo'lsa-ki shoxlari osha qovun mo'ralab tursa? Shart uzib, pichoq tortib yuborsang...


Biroq, quloqqa g'alati eshitiladi bu gaplar.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling