Qizil kitobi
Download 15.51 Kb.
|
8-mavzu qizil kitob
8-MAVZU OʻZBEKISTON “QIZIL KITOBI” GA KIRITILGAN BALIQLARNING MUHOFAZA CHORALARI VA KO’PAYTIRISH YO’LLARINI O’RGANISH. OʻZBEKISTON “QIZIL KITOBI” GA KIRITILGAN BALIQLAR TURLARI ZOOGEOGRAFIYASI BILAN TANISHISH. Baliqlarning yashash muhitiga moslashishi. Turli suv havzalarida yashash sharoiti har xil bo‘ladi. Hatto bitta suv havzasining turli qismida ham sharoit bir xil bo‘lmaydi. Yashash sharoiti va oziq tarkibining xilma-xilligi, o‘zaro raqobat, dushmanlarning ko‘p bo‘lishi baliqlar tuzilishi va fe’l-atvorining turlicha bo‘lishiga olib kelgan. 33-§. Baliqlarning xilma-xilligi: tog‘ayli baliqlar sinfi 115 Shuning uchun ham dengiz tubida yashovchi baliqlar sekin harakatlanadi, tanasi yassi bo‘lganidan yirtqich hayvonlar ularni sezmaydi. Rang-barang korall riflari orasida hayot kechiradigan baliqlarning rangi ham xilma-xil va chiroyli bo‘ladi. Dengiz va okeanlarning juda chuqur joyida yashaydigan baliqlarning yog‘du taratadigan a’zolari bo‘ladi. Suvning yuza qismida, ayniqsa, ochiq dengizlarda yashaydigan baliqlarning muskullari va suzgichlari, xususan, dum suzgichi kuchli rivojlanganligidan ular tez suzadi. Gavdasining suyri shakli esa suzishni osonlashtiradi. Skeletining tuzilish xususiyatlariga ko‘ra baliqlar tog‘ayli va suyakli baliqlar sinfiga bo‘linadi. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning skeleti tog‘aydan iborat bo‘lib, jabra qopqoqlari va suzgich pufaklari bo‘lmaydi. Jabra yoriqlari 5–7 juft bo‘ladi. Tog‘ayli baliqlar akulalar va skatlar turkumini o‘z ichiga oladi. Akulalar turkumi. Akulalar ancha yirik, tanasi torpedasimon, dum suzgichi juda kuchli rivojlangan (66-rasm). Terisini qoplab turgan tangachalari haqiqiy suyakli baliqlarnikidan batamom farq qiladi. Ularning tangachalari qalin va yirik plastinkalardan iborat bo‘lib, har qaysi tangacha ustida sirtdan emal bilan qoplangan tishsimon o‘simtasi bo‘ladi. Akula jag‘ida bunday o‘simtalar tishlarga aylanadi. Barcha umurtqali hayvonlar, shu jumladan, odamlarning tishlari ham akulalarnikiga o‘xshash tuzilgan. Akulalar juda serharakat yirtqich baliqlar bo‘lib, ancha yirik hayvonlarga, shu jumladan, cho‘milayotgan odamga ham hujum qiladi. Ko‘pchilik akulalar tirik tug‘adi, ba’zi turlari tuxum qo‘yib ko‘payadi. Akulalarning kattaligi har xil bo‘lgan 250 turi ma’lum. Zog‘ora baliq ayrim jinsli; urg‘ochilarining jinsiy organlari tana bo‘shlig‘ida joylashgan yirik tuxumdondan iborat. Unda tuxum hujayralari yetiladi. Erkaklarida esa bir juft uzun urug‘donlar bo‘ladi. Urchish davrida urug‘donlar quyuq oq suyuqlik – «sut» bilan to‘ladi. «Sut» tarkibida millionlab urug‘ hujayralari (spermatozoidlar) bo‘ladi. Tuxum qo‘yishi. Jinsiy hujayralarning yetila boshlashi bilan baliqlarda ko‘payish instinkti paydo bo‘ladi (64-rasm). Instinkt ularni tuxum qo‘yish va nasl qoldirish uchun qulay joy axtarishga undaydi. Ba’zi baliqlar suv havzalarining oqmaydigan joylarini, boshqalari esa suvi oqib turadigan joylarni tanlaydi. O‘tkinchi baliqlardan ba’zilari chuchuk suv havzalaridan dengizga, boshqalari, aksincha, dengizdan chuchuk suv havzalariga ko‘chadi. Ayrim o‘tkinchi baliqlar, masalan, Uzoq Sharq losossimonlaridan keta va bukri baliq uvildiriq tashlash uchun Amur daryosining irmoqlariga o‘tadi. Ugor balig‘i Yevropa daryolaridan minglab kilometr uzoqda joylashgan Atlantika okeanining Sargass dengiziga borib tuxum qo‘yadi. Baliq go‘shti va ikrasi xushta’m taom hisoblanadi. Ayniqsa, osetrsimonlar va losossimonlar go‘shti va ikrasi qadrlanadi. Jahon bo‘yicha har yili 50 mln tonnaga yaqin baliq ovlanadi. Baliqlarning asosiy qismi dengizlardan ovlanadi. Baliq ovlash uchun maxsus kemalar – traulerlardan foydalaniladi. Baliqchilik sanoati chiqindilaridan chorva mollari uchun baliq uni, qishloq xo‘jaligi uchun o‘g‘it ishlab chiqariladi. Baliq moyi farmatsevtikada vitaminli dori hisoblanadi. O‘zbekistonda baliqlar ichki suv havzalaridan ovlanadi. Zog‘ora, oq amur, oqcha, xumbosh, oq sla, ilonbosh asosiy ovlanadigan baliqlar hisoblanadi. Tabiiy sharoitda baliqlar uvildirig‘i va chavoqlari ko‘plab nobud bo‘ladi. Shuning uchun baliqlar maxsus zavodlarda urchitilib, tabiiy suv havzalariga qo‘yib yuboriladi. Baliqlarni boshqa suv havzalariga ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Uzoq Sharq daryolaridan respublikamizdagi suv havzalariga oq amur, xumbosh, ilonbosh kabi baliqlar olib kelib, iqlimlashtirilgan. Baliqlarning kelib chiqishi. Baliqlarning qadimgi ajdodlari lan - setnikka o‘xshash sodda tuzilgan xordalilar bo‘lgan. Tarixiy rivojlanish davomida dastlabki xordalilardan juft suzgich qanotli hayvonlar paydo bo‘lgan. Ular yirtqich hayot kechirishgan. O‘lja axtarib faol hayot kechirishi natijasida ularning nerv sistemasi va sezgi organlari rivojlana borib yo‘l bilan baliqlar kelib chiqqan. Qizil Kitobga kiritilgan baliqlar. 2009-yilda chop etilgan "Qizil Kitob"ga baliqlarning 17 turi kiritilgan. Ular: 1.Orol bahrisi (baqra) 2.Sirdaryo kurakburuni (filbuyin) 3.Amudaryo kichik kurakburuni (toshbaqra) 4.Amudaryo katta kurakburuni 5.Qorako'z (oq sazan) 6.Toshkent yuzasuzari 7.Cho'rtansifat oqqayroq (kalbaliq, cho'rtanmarka) 8.Orol mo’ylabdori ( suzanbaliq) 9.Turkiston mo’ylabdori (shimbaliq) 10.Parrak (nashtarkanot) kukbo’yini (kukuktura) 12.Orol tikanagi 13.Turkiston laqqachasi 14.Orol sulaymonbalig’i 15.Amudaryo gulbalig’i 16.Orol sanchari (tikanbaliq, itbaliq) 17.Chotqol shaytonbalig’i (toshbuqasi) 18.Turkiston shaytonbalig’i (toshbukasi) . Orol sulaymonbalig'i (Salmo trutta aralensis Berg, 1908) soni har doim kam bo'lgan. 30-yillarda Orol dengizida yiliga 10 dona atrofida ovlangan. Oxirgi marta 1937-yili tutilgan. Hozirga kelib yer yuzida qirilib ketgan. Orol bahrisi va Orol mo’ylabdori oxirgi 20 yil davomida Toshkent va Farg'ona hududida umuman uchratilinmagan. Quyidagi Orol dengizida yashagan turlar hozirda bu yerda umuman yo'q bo'lib ketgan. Hozirgi kunda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on, Norin va Uychi tumanlarida Norin daryosi bo‘ylarida (forel, osetr va boshqalar) noyob baliq turlarini yetishtirish maqsadida 251 gektar maydonda baliqchilik xo‘jaliklari tashkil etilishi taklif qilingan. Download 15.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling